Ey bani Isroil avlodlari, sizlarga avvallari inʼom etgan neʼmatimni esga olinglar. Menga bergan ahdga vafo qilinglar, shunda Men ham sizga bergan ahdga vafo qilaman. Hamda yolg‘iz Mendangina qoʻrqinglar.
Siz qidirgan و ف ي masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 66 ta oyat mavjud.
va tuting, men ham tutay, bajarishlaridir, o'lgan(lar), vafot etgan, to'la beriladi, to'la beriladi, va to'la berilib, sening joningni olaman, (Alloh) to'la beradi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey bani Isroil avlodlari, sizlarga avvallari inʼom etgan neʼmatimni esga olinglar. Menga bergan ahdga vafo qilinglar, shunda Men ham sizga bergan ahdga vafo qilaman. Hamda yolg‘iz Mendangina qoʻrqinglar.
Ey bani Isroil avlodlari, sizlarga avvallari inʼom etgan neʼmatimni esga olinglar. Menga bergan ahdga vafo qilinglar, shunda Men ham sizga bergan ahdga vafo qilaman. Hamda yolg‘iz Mendangina qoʻrqinglar.
Yaxshilik ibodatlarda taraf tortishib yuzingizni sharq yoki g‘arb tomonga burishingizdan iborat emas. Balki yaxshilikning belgisi, Allohga, oxirat kuniga, maloikalarga, kitoblarga, payg‘ambarlarga iymon keltirgan hamda oʻzi u molni yaxshi koʻrishiga qaramay, mol-dunyosidan qarindoshlariga, yetim-esirlarga, miskinlarga, musofirlarga, tilanchilarga va qul ozod qilish uchun beradigan, namozni toʻliq ado etib, zakotni berib yuradigan kimsalarda namoyondir. Shuningdek, yana yaxshilikning namunasi ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar, mashaqqatli va dardli kunlarda hamda jangu jadaldagi qiyinchilik onlarida sabr-toqat qiluvchi kimsalarda bilinadi. Ana shunday kimsalar iymonda sodiq boʻlganlar va aynan oʻshalar Allohdan qoʻrquvchi taqvodorlardir.
Sizlardan vafot etib, orqalarida juftlarini qoldirganlarning beva ayollari toʻrt oy-u oʻn kun oʻzlarini kuzatib, idda saqlab oʻtiradilar. Agarda idda muddatlari oxiriga yetsa, oʻzlarining keyingi hayotlari haqida yaxshilik istab qilgan ishlarida sizlarga gunoh yoʻqdir. Alloh qilayotgan barcha ishlaringizdan xabardordir.
Sizlardan vafot etayotib, orqalarida ayollarni qoldirayotgan kimsalar xotinlariga bir yilgacha erining uyidan chiqarilmagan holda hayot kechirib, taʼminlanishlari uchun vasiyat qoldirib ketsinlar. Agar ular oʻz roziliklari bilan uydan chiqib ketib, oʻzlarining keyingi hayotlari haqida yaxshilik istab qilgan ishlarida sizlarga gunoh yoʻqdir. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Ey Rasulim, ularning hidoyat topishlari sizning zimmangizda emasdir. Yaxshilikdan nimaiki ehson qilgan boʻlsangizlar, oʻzingiz uchundir. Zero, qilayotgan ehsonlaringizni, faqat Allohning yuzini istab qilasizlar. Qilgan har bir yaxshiligingizning mukofoti oxiratda sizlarga toʻliq qaytariladi va nohaqlikka uchramaysizlar.
Hammangiz unda Allohga qaytariladigan qiyomat kunidan qoʻrqingar. Soʻngra u yerda har bir jonga qilgan ishi uchun toʻliq jazo yoki mukofot beriladi va ularga nohaqlik qilinmaydi.
Haq ekanligiga unda hech qanday shubha boʻlmagan qiyomat kunida ularni toʻplaganimizda va hech bir nafsga zulm qilinmay qilgan ishiga yarasha toʻliq jazo va mukofot berilganda, hollari qanday kechar ekan?!
Oʻshanda Alloh Isoga: “Ey Iso, seni ular emas, albatta, Oʻzim istagan vaqtda seni vafot ettiruvchi va Oʻz huzurimga koʻtarib oluvchiman. Hamda kufr keltirganlarning yomonligidan seni xalos qilib, senga qilingan turli boʻhtonlardan tozalovchiman. To qiyomat kunigacha senga ergashgan haqiqiy moʻminlarni kofirlardan ustun qilaman. Keyin esa barchangizning qaytishingiz Mening huzurimgadir. Ana oʻshanda sizlar dunyoda tortishib, ixtilof qilgan narsalar borasida oʻrtangizda hakam boʻlib, hukm qilaman”, – dedi.
Biroq iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalarga esa, Alloh ajr-mukofotlarini toʻliq qilib beradi. Alloh zolimlarni sevmaydi.
Yoʻq, agarda kim bergan ahdiga vafo qilsa va taqvo qilsa, shunda, albatta, Alloh taqvodorlarni sevadir.
Hech bir payg‘ambar oʻljaga xiyonat qilishi mumkin emas. Kimki oʻljaga xiyonat qilsa, qiyomat kuni oʻsha xiyonati bilan birga huzurimizga keladi. Soʻngra har nafs egasi qilgan ishiga yarasha zulm qilinmagan holda mukofot yoki jazosini toʻliq oladi.
Har bir jon oʻlimni totib koʻruvchidir. Qiyomat kunida, albatta, mukofotlaringizni toʻlig‘icha olasiz. Kimki doʻzaxdan uzoqlashtirilib, jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutuqqa erishibdi. Dunyo hayoti esa yolg‘onchi bir zavqdan iboratdir.
Ey Robbimiz, haqiqatan, ham biz “Robbingizga iymon keltiring!” deb iymonga chorlayotgan daʼvatchi payg‘ambarning nidosini eshitdik va darhol iymon keltirdik. Ey Robbimiz, bizning gunohlarimizni kechirgin, yomonliklarimizni oʻchirgin hamda solih va yaxshi bandalaring qatorida jonimizni olgin.
Ayollaringizdan fohishalik qilganlarga oʻzlaringizdan toʻrtta erkakni ular ustiga guvoh keltiring. Agar ular shunga guvohlik bersalar, to ularga oʻlim yetguncha yoki Alloh bir yoʻl koʻrsatguncha ularni uylarida ushlab turinglar.
Musulmonlar bilan Makkadan Madinaga koʻchib oʻtmay, kofirlar bilan qolib nafslariga zulm qilganlarning jonlarini olayotgan farishtalar: “Hijrat paytida nima holda edingizlar?” – deb aytadilar. Ular. “Yer yuzida ojizu notavon edik”, – deb javob beradilar. Shunda ular: “Nima, yoki unda boshqa yerlarga hijrat qilishingiz uchun Allohning Yeri keng emasmidi?” – deydilar. Itoatsizliklari tufayli ularning boradigan joylari jahannamdir. Jahannam naqadar yomon borar joydir.
Alloh iymon keltirgan va ezgu amallarni qilgan kimsalarga mukofotlarini toʻliq qilib beradi hamda Oʻz lutfidan neʼmatlarni yanada ziyoda qiladi. Ammo qul boʻlishdan or qilib, takabburlik qilganlarni esa qattiq azob bilan jazolaydi. Oʻzlari uchun Allohdan boshqa doʻst ham va azobdan qutqaruvchi yordamchi ham topa olmaydilar.
Ey iymon keltirganlar, qilingan ahdlarga vafo qilinglar. Keyinida tilovat qilib beriladigan hayvonlardan tashqari, barcha chorva mollari sizlarga halol qilindi. Ehromda boʻlgan paytingizda esa sizlarga ov qilishni halol deb bilish mumkin emas. Albatta, Alloh Oʻzi xohlaganicha hukm qiladi.
Men ularga faqat Oʻzing menga amr qilganlaringni aytdim. U esa, “Robbim va Robbingiz boʻlgan Allohga ibodat qilinglar”, – deganim edi. Ularning orasida boʻlgan onlarimda qilayotgan ishlarida ularga guvoh boʻlib turdim. Meni huzuringga olganingda Sen Oʻzing ularning ustidan kuzatuvchi boʻlding. Sen barcha boʻlib oʻtgan narsalarga guvohdirsan.
U tunlari sizlarni vafot ettirib uxlatadigan va kunduzlari nimalar qilganingizni biladigan Zotdir. Soʻngra belgilangan umr muddati ado qilinishi uchun sizlarni undan yana tiriltirib uyg‘otadi. Oxirida qaytishingiz yana Uning huzurigadir. Keyin sizlarga bu dunyoda qilgan amallaringizning xabarini beradi.