U munofiqlarning misoli xuddi tunda olov yoqqan odamga oʻxshaydi. Olov endi uning atrofini yorita boshlagach, Alloh birdan oʻtni oʻchirib, yorug‘ligini ketkazadi. Shundan soʻng ularni zulmatlarda hech narsani koʻrolmaydigan holatga tashlab qoʻyadi.
Siz qidirgan و ق د masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 11 ta oyat mavjud.
yoqadigan, uning yoqilg'isi, yoqilg'isidir, yoqsalar, yoq(ib erit)gan ma'danlardan ham, yoqiladi, olov yoq, yoqasiz, uning yoqilg'isi esa, yondirilgan yoqilg'i
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
U munofiqlarning misoli xuddi tunda olov yoqqan odamga oʻxshaydi. Olov endi uning atrofini yorita boshlagach, Alloh birdan oʻtni oʻchirib, yorug‘ligini ketkazadi. Shundan soʻng ularni zulmatlarda hech narsani koʻrolmaydigan holatga tashlab qoʻyadi.
Bordi-yu qilolmasangiz, shundoq ham hech qachon qilolmaysizlar-da, u holda doʻzax olovidan qoʻrqinglar. Doʻzaxning yoqilg‘isi odamlar va toshlardan yasalgan butlar bilan toʻla boʻlib, kofirlar uchun tayyorlab qoʻyilgandir.
Shubhasiz, kufr keltirganlarning mol-dunyolari, bola-chaqalari Allohning azobidan hargiz qutqarib qololmaydi. Ana oʻsha kufr keltirgan kimsalar doʻzaxning yoqilg‘ilaridir.
Yahudiylar: “Allohning qoʻli bog‘langandir”, – dedilar. Baxillik qilganlari tufayli oʻzlarining qoʻllari bog‘liq boʻlib qolar va bu aytgan soʻzlari sababli laʼnatlanadilar. Aksincha, Allohning ikki qoʻli ochiqdir. Oʻzi qanday istasa shunday beraveradi. Robbingizdan sizga nozil qilingan Qurʼon ulardan koʻpchiligining tug‘yon va kufrini yanada orttiradi. Ularning oralariga qiyomat kunigacha adovat va nafrat oʻtini solib qoʻyganmiz. Qachonki ular sizlarga qarshi urush olovini yoqsalar, Alloh uni darhol soʻndirib qoʻyadi. Yer yuzida buzg‘unchilik qilishga harakat qiladilar. Alloh fasod tarqatuvchilarni sevmaydi.
Alloh taolo osmondan suv yog‘dirgach, vodiylarda oʻz miqdoricha sel oqib toshadi. Shunda sel oʻz ustiga chiqib qolgan koʻpiklarni ham koʻtarib keladi. Odamlar zeb-ziynat yoki asbob-uskuna yasash uchun toblab yoqadigan olovlardan ham shunga oʻxshash koʻpik va chiqindi paydo boʻladi. Alloh haq bilan botilni mana shunday misol bilan bayon qiladi. Ammo koʻpik oʻz-oʻzidan yoʻq boʻlib ketadi. Odamlarga foyda beradigan narsa esa yerda qoladi. Alloh ibratli misollarni ana shu tarzda keltiradi.
Alloh osmonlar va Yerning nuridir. Uning borliqda aks etgan nurining misoli xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq esa bir shisha ichida, u shisha goʻyo bir durdan boʻlgan yulduzga oʻxshaydi. U chiroq sharqiy ham g‘arbiy ham boʻlmagan koinotning qoq markazidagi muborak zaytun daraxtining yog‘idan yoqiladi. Uning yog‘i musaffo boʻlganidan, garchi unga olov tegmasa ham atrofni yoritib yuborgudek boʻladi. Agar olov tegib ketsa nur ustiga aʼlo nur boʻladi. Alloh xohlagan odamni Oʻz nuriga hidoyat qiladi. Alloh odamlar ibrat olishi uchun mana shunday misollarni keltiradi. Alloh barcha narsani bilib turuvchidir.
Firʼavn: “Ey odamlar, men sizlar uchun oʻzimdan boshqa biror iloh borligini bilmayman. Bas, Ey Homon, men uchun loyni pishirib, g‘isht quy va bir baland qasr bino qil, shoyadki, men qasr ustiga chiqib Musoning ilohini koʻrsam. Men uni aniq yolg‘onchilardan deb oʻylayman”, – dedi.
U sizlar uchun yashil daraxtdan olov paydo qilib bergan Zotdir. Bas, sizlar uning oʻtinidan olov yoqasizlar.
Ey iymon keltirganlar, oʻzlaringizni va oila aʼzolaringizni yoqilg‘isi odamlar va toshlar boʻlgan doʻzaxdan saqlanglar. U yerda qattiqqoʻl va darg‘azab, Alloh buyurgan narsaga osiylik qilmaydigan, faqat buyurilgan ishni qiladigan farishtalar turadilar.
Qaysiki, u yoqilg‘ili koʻp olov edi.
U yoqib qoʻyilgan Allohning bir olovidir.