104:1
Kishilar orqasidan g‘iybat qiluvchi, oldida masxara qiluvchi har kimsaning holiga voy boʻlsin!
Makkada nozil bo'lgan.
30-juz,104-sura,9 oyatdan iboratRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Kishilar orqasidan g‘iybat qiluvchi, oldida masxara qiluvchi har kimsaning holiga voy boʻlsin!
U mol-dunyoni yig‘ib, uni sanab turar edi.
Topgan moli uni dunyoda abadiy qoldiradi deb oʻylab yurar edi.
Yoʻq! Qasamki, albatta, u chilparchin qiluvchi hutamaga tashlanadi!
Ey inson, chilparchin qiluvchi hutama nima ekanligini senga nima bildirdi?!
U yoqib qoʻyilgan Allohning bir olovidir.
U olov badanlarni teshib oʻtib yuraklarga qadar yetadi.
Albatta, u olov ularning ustidan qoplab olgandir.
Oʻzlari uzun ustunlarda bog‘langan boʻladilar.