99:1
Qachonki, Yer oʻzining dahshatli zilzilasi bilan larzaga kelganda,
Madinada nozil bo'lgan.
30-juz,99-sura,8 oyatdan iboratRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Qachonki, Yer oʻzining dahshatli zilzilasi bilan larzaga kelganda,
Yer oʻz qaʼridagi yuklarini yuzaga chiqarib tashlaganida,
Inson dahshatga tushib: “Unga nima boʻldi ekan?” – deb qolganida,
Ana oʻsha kunda Yer oʻz xabarlarini aytib beradi.
Robbingiz unga vahiy qilib, soʻzlashga buyurgani sababli oʻz xabarlarini aytadi.
Oʻsha kunda odamlar, ularga qilib oʻtgan amallarini koʻrsatilishi uchun alohida-alohida boʻlib chiqib keladilar.
Bas, kimki dunyoda zarra miqdorida yaxshilik qilgan boʻlsa, qiyomat kuni uni koʻradi.
Kimki zarra miqdorida yomonlik qilgan boʻlsa, uni ham koʻradi.