Vaqtiki, qiyomat qoim voqe boʻlganda.
Voqea surasi
Makkada nozil bo'lgan.
27-juz,56-sura,96 oyatdan iboratMakkada nozil bo'lgan.
27-juz,56-sura,96 oyatdan iboratRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Vaqtiki, qiyomat qoim voqe boʻlganda.
Uning voqe boʻlishini yolg‘onga chiqaruvchi yoʻqdir.
Qiyomat odamlarni ostin-ustun etuvchidir.
Qachonki yer qattiq larzaga keltirilganda.
Tog‘lar maydalanib toʻzilganda.
Bas, tog‘lar tarqalgan chang-toʻzonga aylangan boʻladi.
Sizlar esa uch toifa boʻlasizlar.
Bas, u uch toifaning birinchisi oʻng tomon egalaridir. Oʻng tomon egalari boʻlmoq qanday saodatdir!
Ikkinchi toifa chap tomon egalaridir. Chap tomon egalari boʻlmoq qanday baxtsizlikdir!
Uchinchi toifa yaxshi amallarda oʻzib ketgan zotlardir.
Aynan oʻshalar neʼmat bog‘larida Allohga yaqin boʻlgan zotlardir.
Noz-neʼmat bog‘larida boʻladilar.
Oʻzib ketganlar avvalgi ummatlardan koʻpchilikdir.
Muhammad ummatlaridan boʻlgan keyingilar esa ozchilikdir.
Ular oltindan toʻqilgan soʻrilarda oʻtiradilar.
Yastangan hollarida bir-birlariga roʻbaroʻ boʻlib oʻtiradilar.
Atroflarida esa mangu yosh yigitlar aylanib yuradilar.
Oqar chashmadan olingan sharobli qadahlar, koʻzalar va kosalar bilan.
U maylardan ularning boshlari ham og‘rimaydi, mast ham boʻlmaydilar.
Yana oʻzlari xohlagan mevalardan yeydilar.
Ishtahalari tusagan qush goʻshtlari bilan ham aylanib turadilar.
Yana jannat ahli uchun koʻzlari katta va tiniq hurlar ham bordir.
Ular xuddi yashirilgan dur kabidirlar.
Bu ularga dunyoda qilib oʻtgan amallarining mukofotidir.
Jannat ahllari u yerda behuda va gunoh soʻzlarni eshitmaydilar,
Faqat “Salom-salom”, degan soʻzini eshitadilar.
Oʻng tomon egalari – oʻng tomon egalari boʻlmoq qanday saodatdir!
Ular tikansiz butazorlarda boʻladilar.
Mevalari tizilgan bananzorlarda boʻladilar.
Yoyilgan soya ostida oʻtiradilar.
Oqizib qoʻyilgan suv boʻyida boʻladilar.
Koʻplab mevalar orasidadirlar.
Mevalar tuganmas va yeyishdan man qilinmagandir.
Shuningdek, ular baland toʻshalgan koʻrpachalar ustidadirlar.
Biz u hurlarni dafʼatan maxsus paydo qildik.
Keyin ularni bokira qizlar qildik.
Ular husnda jozibali va yoshda tengqurdirlar.
Mana bular oʻng tomon egalari boʻlgan jannat ahli uchundir.
Oʻng tomon egalari avvalgi ummatlardan koʻpchilikni tashkil qiladi.
Keyingilaridan ham koʻpchilik jannat ahli boʻladi.
Chap tomon egalari – chap tomon egalari boʻlmoq qanday baxtsizlikdir!
Ular Samum shamoli va qaynoq suv ichida boʻladilar.
Qop-qora tutun soyasi ostida boʻladilar.
U sovuq ham emas yoqimli ham emasdir.
Shubhasiz, ular bundan oldin dunyoda maishatparast edilar.
Buning ustiga katta gunoh qilishda oyoq tirab turar edilar.
Avvalgi ota-bobolarimiz ham tiriladilarmi?!
Ey Muhammad, ularga: “Albatta, avvalgilar ham, keyingilar ham qayta tiriladilar”, – deb ayting.
Maʼlum kundagi belgilangan vaqtda, albatta, barchalari toʻplanuvchidirlar.
Soʻngra siz, ey adashganlar va qayta tirilishni yolg‘onga chiqaruvchilar!
Albatta, jahannamdagi zaqqum daraxtidan yeguvchilar,
Undan qorinlarni toʻldiruvchidirlar.
Keyin uning ustiga qaynoq suvdan ichuvchilar.
Ichganda ham tashna tuyalar kabi ichuvchidirlar.
Mana shu jazo kunidagi ularning “ziyofat”idir.
Ey insonlar, sizlarni axir Biz yaratdik-ku! Bas, yana qayta yarata olishimizga ishonmaysizlarmi?!
Sizlar xotinlaringiz bachadoniga toʻkadigan maniy haqida oʻylab koʻrdingizmi?
Uni sizlar inson qilib yaratasizlarmi yoki Biz yaratuvchimizmi?!
Sizlarning orangizdagi oʻlimni ham Biz belgilab qoʻyganmiz. Bizdan aslo oʻzib ketilmaydi.
Biz oʻrningizga sizlarga oʻxshaganlarni almashtirib qoʻyishga hamda sizlarni oʻzlaringiz bilmaydigan holatda qayta paydo qilishga ham qodirmiz.
Sizlar ilk bor qanday paydo boʻlganingizni bildingiz-ku! Bas, undan eslatma olmaysizlarmi?!
Sizlar ekayotgan ekinlaringiz haqida oʻylab koʻrdingizmi?!
Uni sizlar undirasizlarmi yoki Biz undiruvchimizmi?!
Agar Biz xohlasak, uni quruq choʻp qilib qoʻygan boʻlar edik, sizlar esa ajablanib qolavergan boʻlar edingiz.
“Bizlar ziyon koʻruvchilarmiz”, – der edingiz.
Balki, bizlar rizqimizdan mahrumdirmiz”, – deb nadomatda qolar edingiz.
Oʻzingiz ichayotgan suvni oʻylab koʻrdingizmi?!
Uni yomg‘irli bulutlardan sizlar tushirdingizmi yoki Biz yog‘diruvchimizmi?!
Agar Biz xohlasak, uni ichilmaydigan shoʻr qilib qoʻygan boʻlar edik. Bas, shukr qilmaysizlarmi?!
Oʻzingiz yoqayotgan olovni oʻylab koʻrdingizmi?!
Uning daraxtini sizlar paydo qildingizmi yoki Biz paydo qiluvchimizmi?!
Biz uni jahannam haqida bir eslatma va yoʻlovchilar uchun foydalanadigan narsa qilib qoʻydik.
Bas, Ey Muhammad, ulug‘ Robbingiz nomini poklab tasbeh ayting.
Yulduzlarning manzillari bilan qasamyod qilaman.
Agar bilsangizlar, albatta bu buyuk qasamdir.
Albatta, u Alloh tomonidan nozil boʻlgan Qurʼoni Karimdir.
U Lavh ul-Mahfuzdagi saqlangan kitobdadir.
Bu Qurʼonni faqat tahoratli, pok kishilargina ushlaydilar.
U olamlar Robbisi tomonidan nozil qilingandir.
Bas, sizlar shu soʻzga beparvolik qilyapsizlarmi?!
Qurʼonni yolg‘onga chiqarishingizni oʻz rizqingiz qilib olyapsizlarmi?!
Bas, qachonki, kishining joni halqumga yetganida,
Holbuki, oʻsha vaqtda sizlar qarab turgan boʻlasizlar.
Biz esa unga sizlardan koʻra yaqinroqmiz, lekin sizlar buni koʻrmaysizlar.
Bas, qani endi, sizlar qiyomatda jazolanmaydigan boʻlsangizlar,
Qani, rostgoʻy boʻlsangizlaru, oʻsha jonni qaytara olsangizlar!
Bas, ammo oʻsha vafot etgan kimsa Allohga yaqinlardan boʻlsa,
Uning uchun rohat, rayhon xidlari va neʼmatlanish jannati bordir.
Endi, agar u oʻng tomon egalaridan boʻlsa,
Bas, ey saodatli banda, senga oʻng tomon egalaridan salom boʻlsin!
Lekin u dinni yolg‘onga chiqaruvchi adashganlardan boʻlsa,
Bas, unga qaynoq suvdan iborat “ziyofat” boʻladi.
Yana doʻzaxning toblashi ham bordir.
Albatta, bu zikr qilingan narsalar ayni haqiqatning oʻzidir.
Bas, ulug‘ Robbingizning nomi bilan tasbeh ayting!
Yana ular: “Bizlar oʻlib tuproq va suyaklarga aylangach, rostdan ham qayta tiriltiriluvchimizmi?!” – der edilar.