Quyosh va uning ziyosiga qasam boʻlsin.
Shams surasi
Makkada nozil bo'lgan.
30-juz,91-sura,15 oyatdan iboratMakkada nozil bo'lgan.
30-juz,91-sura,15 oyatdan iboratRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Quyosh va uning ziyosiga qasam boʻlsin.
U quyoshning ortidan kelgan oyga qasam boʻlsin.
U quyoshni olamga ravshan koʻrsatgan kunduzga qasam boʻlsin.
U quyoshni zulmati bilan oʻragan tunga qasam boʻlsin.
Osmonga va uning bino qilinishiga qasam boʻlsin.
Yerga va uni yoyib qoʻyilishiga qasam boʻlsin.
Nafsga va uning bekam-koʻst qilinishiga qasam boʻlsin.
Nafsga fisq-fujurini ham, taqvosini ham ilhom qildi.
Haqiqatan, uni iymon bilan poklagan kishi najot topdi.
Lekin u nafsni gunoh bilan koʻmib, bulg‘agan kimsa esa noumid boʻldi.
Samud qabilasi haddan oshgani tufayli payg‘ambarlarini yolg‘onchiga chiqardi.
Qaysiki, ularning eng badbaxti tuyani soʻyish uchun shoshilib turdi.
Allohning payg‘ambari Solih ularga: “Allohning tuyasini soʻyishdan va uni sug‘orishga toʻsiq boʻlishdan saqlaninglar!” – dedi.
Alloh oʻz ishining oqibatidan qoʻrqmaydi.
Bas, ular payg‘ambarni yolg‘onchi qilib, u tuyani soʻyib yubordilar. Bas, Robbilari ularning gunohlari sababli ustilariga qirg‘in yuborib, uni barchalariga barobar qildi.