1.Quyosh va uning ziyosiga qasam boʻlsin.
Shams surasi
Makkada nozil bo'lgan.
30-juz,91-sura,15 oyatdan iborat2.U quyoshning ortidan kelgan oyga qasam boʻlsin.
3.U quyoshni olamga ravshan koʻrsatgan kunduzga qasam boʻlsin.
4.U quyoshni zulmati bilan oʻragan tunga qasam boʻlsin.
5.Osmonga va uning bino qilinishiga qasam boʻlsin.
6.Yerga va uni yoyib qoʻyilishiga qasam boʻlsin.
7.Nafsga va uning bekam-koʻst qilinishiga qasam boʻlsin.
8.Nafsga fisq-fujurini ham, taqvosini ham ilhom qildi.
9.Haqiqatan, uni iymon bilan poklagan kishi najot topdi.
10.Lekin u nafsni gunoh bilan koʻmib, bulg‘agan kimsa esa noumid boʻldi.
11.Samud qabilasi haddan oshgani tufayli payg‘ambarlarini yolg‘onchiga chiqardi.
12.Qaysiki, ularning eng badbaxti tuyani soʻyish uchun shoshilib turdi.
13.Allohning payg‘ambari Solih ularga: “Allohning tuyasini soʻyishdan va uni sug‘orishga toʻsiq boʻlishdan saqlaninglar!” – dedi.
14.Bas, ular payg‘ambarni yolg‘onchi qilib, u tuyani soʻyib yubordilar. Bas, Robbilari ularning gunohlari sababli ustilariga qirg‘in yuborib, uni barchalariga barobar qildi.
15.Alloh oʻz ishining oqibatidan qoʻrqmaydi.

