1.Ey Muhammad, butun borliqni yaratgan Robbingiz nomi bilan oʻqing!
Alaq surasi
Makkada nozil bo'lgan.
30-juz,96-sura,19 oyatdan iborat2.U insonni laxta qondan yaratdi.
3.Oʻqing! Robbingiz esa eng karamli Zotdir.
4.U insonga qalam bilan yozishni oʻrgatgan Zotdir.
5.U insonga bilmagan narsalarini oʻrgatdi.
6.Albatta, inson tug‘yonga ketadi.
7.Bunga sabab oʻzini boy deb sanashidir.
8.Ey inson, albatta, qaytishing Robbing huzurigadir.
9.Ey inson, namozdan toʻsayotgan kimsani koʻrdingmi?
10.Bandani namoz oʻqiyotganida?!
11.Ayting-chi, agar u namoz oʻquvchi oʻzi toʻg‘ri yoʻlda boʻlsa.
12.Yoki oʻzgalarni Allohdan qoʻrqishga buyursa?!
13.Ayting-chi, agar u namozdan toʻsuvchi kimsa haqni inkor qilsa va u iymon keltirishdan yuz oʻgirsa.
14.Albatta, Alloh uning bu qilmishlarini koʻrib turishini bilmaydimi?!
15.Yoʻq! Qasam boʻlsinki, agar u bu yoʻlidan qaytmasa, albatta, Biz uning peshona sochidan tutamiz.
16.Oʻsha yolg‘onchi, xatokor kimsaning peshona sochidan tutib jahannamga tashlaymiz!
17.Bas, u oʻzining jamoasini yordamga chaqiraversin!
18.Biz esa azob farishtalarini chaqiramiz!
19.Yoʻq! Ey Muhammad, siz unga itoat qilmang va yolg‘iz Allohga sajda qilib, Unga yaqin boʻling!

