1447 yil 17 zulhijja2026 yil 3 iyun, chorshanba

Fotiha surasi

Makkada nozil bo'lgan.

1-juz,1-sura,7 oyatdan iborat

1. Rahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.

2. Barcha hamd va sano olamlarning Robbisi boʻlgan Alloh taologa xosdir.

3. Alloh taolo dunyoda barcha qullariga mehribon boʻlgan – Rahmon, oxiratda esa moʻminlarga marhamatli boʻlgan – Rahim Zotdir.

4. U qiyomatda yaxshilikka mukofot, yomonlikka jazo beriladigan kunning Egasidir.

5. Biz faqat Sengagina ibodat qilamiz va doimo Sendangina madad soʻraymiz.

6. Ey Alloh, bizlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlagin.

7. U shunday yoʻldirki, uni solih bandalaringga inʼom etgansan. Bu toʻg‘ri yoʻl haddan oshganlari uchun g‘azabga duchor boʻlganlarning va shirk keltirib adashganlarniki ham emas.