1.Alif, Lom, Mim.
Rum surasi
Makkada nozil bo'lgan.
21-juz,30-sura,60 oyatdan iborat2.Rumliklar forslarga qarshi mag‘lub boʻldi.
3.Yerning eng quyi joyida mag‘lub boʻldilar. Lekin ular bu mag‘lubiyatlaridan keyin albatta, g‘alaba qiladilar.
4.Sanoqli yillar ichida g‘alaba qozonadilar. Undan oldin ham, keyin ham barcha ish Allohnikidir. G‘alaba qilingan kunda moʻminlar shod boʻladilar.
5.Allohning yordami bilan bu g‘alabaga erishiladi. Alloh xohlagan kishiga nusrat beradi. Albatta, U izzati ulug‘ – Aziz va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
6.Bu Allohning haq vaʼdasidir. Alloh vaʼdasiga aslo xilof qilmaydi. Lekin odamlarning aksariyati buni bilmaydilar.
7.Ular oxiratdan bexabar boʻlgan hollarida, faqat dunyo hayotining tashqi koʻrinishini biladilar, , xolos.
8.Axir, ular oʻz ichlarida Alloh osmonlar va Yerni hamda ular orasidagi barcha narsani faqat haq hikmat va qiyomatgacha belgilangan muddat bilan yaratganini tafakkur qilib koʻrmadilarmi?! Darhaqiqat, odamlarning koʻpchiligi qayta tirilib Robbilariga roʻbaroʻ boʻlishni inkor qiluvchidirlar.
9.Axir, ular yer yuzida sayr qilib, oʻzlaridan avvalgi payg‘ambarlarni inkor qilgan va iymonsiz ketgan kimsalarning oqibatlari qanday boʻlganini koʻrsalar boʻlmaydimi?! Ular bu Makka kofirlaridan koʻra quvvatliroq boʻlgan va oʻz yerlarini bular obod qilganidan koʻra koʻproq ishlov berib, obod qilgan edilar-ku! Ularga ham oʻz payg‘ambarlari hujjatlar keltirganlar, lekin ular payg‘ambarlarni yolg‘onga chiqarishgan. Bas, Alloh ularga zulm qiluvchi boʻlmadi, lekin haq yoʻldan yurmay ular oʻzlariga zulm qiluvchi boʻldilar.
10.Keyin oxiratda Allohning oyatlarini yolg‘on deyish va ularning ustidan kulish bilan oʻzlariga yomonlik qilgan kimsalarning oqibati yanada yomonroq boʻldi.
11.Alloh avval boshda Oʻzi yaratib, keyin bu yaratishni qiyomatda takrorlaydi. Soʻngra hisob-kitob uchun Unga qaytarilasizlar.
12.Qiyomat boʻladigan kunda jinoyatchilar bari noumid boʻladilar.
13.U kunda ular uchun but-sanamlari tomonidan oqlovchilar boʻlmaydi va ular but-sanamlarini inkor qiladilar.
14.Qiyomat qoim boʻladigan oʻsha kunda moʻminlar bilan kofirlar bir-birlaridan ajraladilar.
15.Bas, ammo iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar jannat bog‘larida shodlanadilar.
16.Ammo kufr keltirgan kimsalar, oyatlarimizni hamda oxiratga duch kelishni inkor qilgan kimsalar esa, ular doimiy azobga hozir qilingandirlar.
17.Bas, tunga kirish paytingizda ham, tongga kirish paytingizda ham Allohga tasbeh aytinglar.
18.Osmonlar va Yerdagi barcha hamd, faqat Ungadir. Oqshomda ham, peshin paytiga kirishingizda ham Unga tasbeh aytinglar.
19.Alloh oʻlikdan tirikni chiqaradi, tirikdan oʻlikni chiqaradi va yerni esa oʻlganidan keyin bahorda yomg‘ir yog‘dirib yana qayta tiriltiradi. Sizlar ham qiyomat kunida qabrlaringizdan shu tarzda chiqarilasizlar.
20.Uning alomatlaridan biri – Alloh sizlarning otangiz Odamni avval tuproqdan yaratgani, soʻngra sizlar basharga aylanib, yer yuziga tarqalishingizdir.
21.Yana Uning alomatlaridan biri – sizlar sokinlik topishingiz uchun oʻzlaringizdan juftlar yaratishi va oʻrtalaringizda muhabbat va mehr paydo qilishidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavm uchun ibratlar bordir.
22.Uning boshqa dalillaridan yana biri – osmonlar va Yerni yaratishi va tillaringiz va ranglaringizning turli boʻlishidir. Albatta, bunda barcha olamlar uchun alomatlar bordir.
23.Uning belgilaridan yana biri – kechasi va kunduzi uxlashlaringiz hamda kunduzlari Uning fazlidan istashingizdir. Albatta, bunda haqni eshitadigan qavm uchun ibratlar bordir.
24.Yana Uning belgilaridan biri – sizlarga momaqaldiroqdan qoʻrqqan va yomg‘ir yog‘ishidan umidvor boʻlgan holingizda chaqmoqni koʻrsatishi va osmondan suv yog‘dirib, u bilan yerni suvsizlikdan oʻlganidan soʻng tiriltirishidir. Albatta, bunda aql yurgizadigan qavm uchun dalillar bordir.
25.Uning belgilaridan yana biri – osmon va Yer Uning amri bilan fazoda ustunsiz muallaq turishidir. Soʻngra qiyomatda U sizlarni qabrda yotgan yerlaringizdan bir bor chaqirishi bilan barchangiz birdan tirilib chiqasizlar.
26.Osmonlar va Yerdagi barcha jonzotlar Unikidir. Hammasi Unga boʻyin eguvchidir.
27.U ilk bor borliqni yaratib, soʻngra qiyomat kuni Oʻzi uni yana qayta yaratadigan Zotdir. U Zotga bularni qilish juda osondir. Osmonlar va Yerdagi eng oliy sifat Unikidir. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
28.Alloh sizlarga oʻzingizdan bir misol keltirdi. Sizlar uchun qoʻllaringiz egallagan qullaringizdan Biz sizlarga rizq qilib bergan mol-mulkka sherik boʻlib oluvchilar bormidirki, sizlar unda mol-mulkingizni tasarruf qilishda qullaringiz bilan barobar boʻlsangiz. Axir siz ular haqida ham oʻz haqingizda qoʻrqqaningizdek qoʻrqasizmi?! Aql yuritadigan qavmlar uchun oyatlarni ana shunday batafsil bayon qilamiz.
29.Aksincha, zulm qilgan kimsalar hech qanday ilmsiz havoyi nafslariga ergashdilar. Bas, Alloh yoʻldan ozdirgan kimsani kim ham hidoyat qila oladi?! Ular uchun oxiratda yordam beruvchilar ham boʻlmaydi.
30.Bas, ey Muhammad, yuzingizni doimo toʻg‘ri boʻlgan Islom dinida tuting. Allohning insonlarni uning ustida yaratgan tabiiy xilqatini saqlanglar. Allohning yaratgan maxluqotlarida oʻzgartirish yoʻqdir. Eng toʻg‘ri din shudir! Lekin odamlarning aksariyati buni bilmaydilar.
31.Unga oʻzingizni topshirgan hollaringizda dinini mahkam tutinglar va Undan qoʻrqinglar hamda namozni mukammal ado etinglar, mushriklardan boʻlmanglar.
32.Dinlarini boʻlib yuborib, turli firqalarga ajralgan mushrik kimsalardan boʻlmang. Har bir firqa oʻz oldilaridagi narsa bilan xursanddirlar.
33.Qachonki, odamlarga biror ziyon yetsa, darhol Robbilariga qaytib, Unga iltijo qiladilar, soʻngra qachonki, Alloh ularga Oʻz tomonidan boʻlgan marhamatni tottirib qoʻysa, birdan ulardan bir guruhi Robbilariga shirk keltira boshlaydilar.
34.Ular Biz ato etgan neʼmatlarga noshukrlik qilishda davom etaversinlar. Bas, ey mushriklar, bu oʻtkinchi dunyo zavqidan foydalanib qolinglar. Bas, yaqinda barcha haqiqatni bilib olasizlar!
35.Yoki Biz osmondan ularning Allohga shirk keltirishlarini toʻg‘ri deb soʻzlaydigan biror dalil nozil qildikmi?!
36.Qachonki, Biz odamlarga huzurimizdan biror marhamat tottirsak ular bundan xursand boʻladilar. Agar oʻz qoʻllari bilan qi
37.Alloh xohlagan kishilarning rizqini keng qilishi va xohlaganining rizqini tor qilishini koʻrmadilarmi?! Albatta, bunda iymon keltiruvchi qavmlar uchun ibratlar bordir!
38.Bas, qarindosh, miskinlar va musofir haqini xayru-ehson qilish bilan ado qiling. Ana shu Allohning roziligini istaydiganlar uchun yaxshi amaldir. Aynan mana shunday odamlar oxiratda najot topuvchidirlar.
39.Odamlarning mol-mulki ichida ziyoda boʻlib qaytishi uchun bergan ribolaringiz, Alloh nazdida hech narsani ziyoda qilmaydi. Aksincha, Allohning roziligini istab bergan zakotingizning ajri koʻpaytirilib beriladi. Bas, aynan oʻshalar ajrlarini koʻpaytiruvchilardir!
40.Alloh avval sizlarni yaratgan, soʻngra sizlarni turli neʼmatlar bilan rizqlantirgan, soʻngra ajalingiz yetgach vafot ettiradigan, keyin qiyomatda yana qayta tiriltiradigan Zotdir! Sizlar sig‘inayotgan sheriklaringiz ichida bulardan birortasini qila oladigani bor-mi?! Alloh ularning keltirayotgan shirklaridan pok va oliydir.
41.Odamlarning oʻz qoʻllari bilan qilgan yomon ishlari tufayli quruqlik va dengizda har xil buzg‘unchiliklar oʻrtaga chiqdi. Bu ularning oʻz qilmishlaridan tavba qilib qaytishlari uchun qilgan baʼzi yomon ishlarining jazosini ularga tottirish uchundir.
42.Ey Muhammad, ularga: “Yer yuzida sayr qilinglar, bas, oldingilarning oqibati qanday yomon boʻlganiga nazar solinglar. Ularning aksariyati mushriklardan edi”, – deb ayting.
43.Alloh tomonidan qaytarilishi mumkin boʻlmaydigan qiyomat kuni kelmasdan oldin yuzingizni toʻg‘ri din boʻlgan Islomga tuting. Oʻsha kunda moʻminlar bilan kofirlar boʻlinib ketadilar.
44.Kimki Allohga kufr keltirsa, bas, uning kufri oʻzining zararigadir. Kimki solih amallar qilgan boʻlsa, bas, oʻzlari uchun jannatdan joy tayyorlayotgan boʻladilar.
45.Bu ajrlar Allohga iymon keltirib, solih amallarni qilganlarni Oʻz fazlidan mukofatlashi uchundir. Shubhasiz, U kofirlarni sevmaydi.
46.Sizlarga Oʻz rahmatidan bahramand qilishi uchun hamda Uning fazlidan rizq talab qilishingiz uchun shamollarni yomg‘irdan xushxabar beruvchi qilib yuborishi va amri bilan dengizda kemalarning suzib yurishi, Allohning qudratiga dalolat qiladigan belgilaridan biridir.
47.Ey Muhammad, Biz sizdan oldin ham payg‘ambarlarni oʻz qavmlariga yuborganmiz. Bas, elchilarimiz ularga aniq hujjatlarni keltirganlar. Jinoyat qilganlardan esa intiqom olganmiz. Moʻminlarga g‘alaba berish Bizning zimmamizdagi haq boʻlgan.
48.Alloh shamollarni yuborib, bulutlarni qoʻzg‘atadigan Zotdir. Bas, u bulutlarni osmonda xohlaganicha yoyadi keyin uni boʻlak-boʻlak qilgach, uni orasidan yomg‘ir sizib chiqishini koʻrasiz. Bas, qachonki u yomg‘irni bandalaridan xohlagan kishisiga yetkazganda, ular birdan xursand boʻlib ketadilar.
49.Holbuki ular ustlariga yomg‘ir yog‘dirilishidan oldin mutlaqo umidsiz edilar.
50.Allohning rahmat yomg‘iri izlariga nazar soling. U suvsiz qaqrab yotgan yerni oʻlganidan keyin qanday qilib tiriltiradi! Albatta, ana shu Zot oʻliklarni ham tiriltiruvchidir va U barcha narsaga qodirdir.
51.Agarda Biz bulutlarni yuborsak-da, ular ekinlarini suvsizlikdan sarg‘aygan holda koʻrsalar, shundan keyin ham baribir noshukrchilik qilaverardilar.
52.Ey Rasulim, aniqki, siz oʻliklarga soʻzingizni anglata olmaysiz, ortlariga burilib ketayotgan karlarga ham daʼvatni eshittira olmaysiz.
53.Yana siz qalb koʻzi koʻrlarni oʻz zalolatlaridan qaytarib, hidoyat yoʻliga soluvchi emassiz. Siz faqat bizning oyatlarimizga iymon keltiradigan kishilargagina oʻz soʻzlaringizni eshittira olasiz. Bas, ana oʻshalar musulmonlardir.
54.Alloh shunday Zotdirki, sizlarni avval zaif goʻdak holida yartdi. Soʻngra zaiflikdan keyin quvvat paydo qildi. Kuch-quvvatli qilgandan keyin yana zaiflik va qarilikni paydo qildi. Alloh xolagan narsani yaratadi. U barcha narsani bilib turuvchi – Aʼlim va har narsaga kuchi yetuvchi Qodir Zotdir.
55.Qiyomat soati qoim boʻladigan kunda jinoyatchi kimsalar dunyo hayotida bir soatdan ortiq turmaganlariga doir qasam ichadilar. Ular dunyoda ham mana shunday haqdan yuz oʻgiruvchi edilar.
56.Shunda oʻzlariga Alloh tomonidan ilm va iymon berilgan zotlar: “Aniqki, sizlar Allohning Lavh ul-Mahfuzda yozib qoʻyganidek, tirilish kunigacha turdinglar. Bas, endi mana bu tirilish kunidir. Lekin sizlar buni haq ekanini bilmas edinglar”, – deydilar.
57.Ana oʻsha kunda zulm qilgan kimsalarga uzrlari foyda bermaydi va ulardan Alloh rozi boʻladigan amallarga qaytish ham talab qilinmaydi.
58.Biz ushbu Qurʼonda odamlar uchun har turli misollarni keltirdik. Ey Muhammad, qasam boʻlsinki, agar siz, ularga oʻzlari talab qilgan moʻʼjizani keltirsangiz ham, albatta, kufr keltirgan kimsalar: “Sizlar, albatta, yolg‘onchisizlar”, – deydilar.
59.Alloh haqiqatni bilmaydigan kimsalarning dillarini ana shunday qilib tamg‘alab qoʻyadi.
60.Bas, ey Muhammad, ularning ozorlariga sabr qiling. Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir. Oxiratga ishonmaydigan kimsalar sizni sust deb hisoblamasinlar.

