1.Anjir va zaytunga qasam boʻlsin.

2.Siyno tog‘i bilan qasam boʻlsin.

3.Mana shu tinch-osoyishta Makka shahriga qasam boʻlsin.

4.Haqiqatan, Biz insonni eng goʻzal tuzilishda yaratdik.

5.Soʻngra qarigan sari, uni asfala sofilinga qaytardik.

6.Faqat, iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga bitmas-tuganmas ajr bordir.

7.Bas, ey inson! Shundan keyin jazo kunini yolg‘onga chiqarishga seni nima majbur etmoqda?!

8.Axir, Alloh oʻsha kunda hukm qiluvchilarning eng adolatlisi emasmi?!