1.Aniqki, inson uzra qachondir esga olgulik narsa boʻlmagan vaqt kechgan.
Inson surasi
Madinada nozil bo'lgan.
29-juz,76-sura,31 oyatdan iborat2.Darhaqiqat, Biz insonni otalik va onalik suvlaridan aralash bir nutfadan yaratdik. Bas, sinash uchun, uni eshituvchi va koʻruvchi qilib qoʻydik.
3.Darhaqiqat, Biz u insonni xoh u shukr qiluvchi musulmon boʻlsin va xoh noshukr kofir boʻlsin, yoʻlga yoʻlladik.
4.Albatta, Biz kofirlar uchun zanjirlar, kishanlar va alangali olovni tayyorlab qoʻyganmiz.
5.Albatta, yaxshilar jannatda aralashmasi kafur boʻlgan qadahdan may ichadilar.
6.Allohning bandalari ichadigan bu chashmani oʻzlari xohlagan joydan chiqarib oladilar.
7.Ular dunyoda oʻz zimmalariga olgan nazrlarini ado qiladilar va yomonligi keng tarqaladigan kundan qoʻrqadilar.
8.Taomni esa yaxshi koʻrib tursalar ham oʻzlari yemasdan miskin, yetim va asirlarni yediradilar.
9.Ular: “Bizlar sizlarni faqat Allohning roziligi uchun taomlantiramiz. Sizlardan bu ish uchun biror mukofot va minnatdorchilik kutmaymiz”, – dedilar.
10.Bizlar Robbimiz tomonidan boʻladigan, azobdan yuzlar burishib qoluvchi shiddatli bir kundan qoʻrqamiz, – deydilar.
11.Bas, Alloh ularni oʻsha kunning yomonligidan saqlaydi va ularning yuzlariga tarovat, dillariga shodlik baxsh qiladi.
12.Yana sabrlari sababli ularni jannat va egnilariga ipak liboslar bilan mukofotlaydi.
13.Ular u joyda soʻrilarga yastangan hollarida oʻtiradilar. U joyda quyosh haroratini ham, zamharir sovug‘ini ham koʻrmaydilar.
14.Jannat soyalari ularga yaqin va mevalari ham uzishga oson qilib egib qoʻyilgan boʻladi.
15.Ularga kumush idishlarda taomlar va kumushdan yasalgan boʻlsa-da, nafislikda shisha boʻlib ketgan qadahlarda sharoblar aylantirilib turiladi.
16.Shisha boʻlganda ham kumushdan, ularni soqiylar oʻlchab qoʻyganlar.
17.Jannat ahli u yerda aralashmasi zanjabil boʻlgan qadahdan ichiriladilar.
18.U yerdagi buloqning nomi Salsabil deb ataladi.
19.Ularning ustida mangu yosh yigitlar xizmat qilib aylanib turadilar. Ularni koʻrganingizda sochib yuborilgan durlar deb oʻylaysiz.
20.U yerga qaraganingizda, noz-neʼmatlarni va ulkan hukmronlikni koʻrasiz.
21.Ularning ustilarida yashil ipak va shoyi liboslar boʻlib, ular kumush bilakuzuklar bilan bezangan boʻladilar va Robbilari ularni pokiza sharob bilan sug‘oradi.
22.Albatta, bu sizlar uchun mukofotdir. Hamda sizlarning saʼy-harakatlaringiz Alloh nazdida maqbuldir.
23.Ey Muhammad, albatta, Biz sizga bu Qurʼonni boʻlib-boʻlib nozil qildik.
24.Bas, siz Robbingizning hukmiga sabr qiling va ulardan biror gunohkor yo noshukrga itoat qilmang!
25.Ertayu kech Robbingiz ismini zikr qiling!
26.Yana kechaning bir qismida ham Unga sajda qiling va uzun tunda unga tasbeh ayting.
27.Albatta, ana u kofirlar naqd dunyoni yaxshi koʻradilar va og‘ir kunni esa ortlariga tashlaydilar.
28.Biz ularni yaratdik va barcha aʼzolarini mustahkam qildik va agar xohlasak ularni halok qilib, oʻrinlariga oʻxshashlarini keltiramiz.
29.Albatta, bu bir eslatmadir. Bas, kim xohlasa uni qabul qilib, Robbisi tomonga yoʻl oladi.
30.Ey insonlar, xohishlaringiz faqat Alloh xohlasagina boʻladi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
31.U Oʻzi xohlagan kishilarni rahmatiga kiritadi. Zolimlar uchun esa alamli azobni tayyorlab qoʻygandir.

