1447 yil 17 zulhijja|2026 yil 3 iyun, chorshanba
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Rahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
76:1
Aniqki, inson uzra qachondir esga olgulik narsa boʻlmagan vaqt kechgan.
76:2
76:3
Darhaqiqat, Biz u insonni xoh u shukr qiluvchi musulmon boʻlsin va xoh noshukr kofir boʻlsin, yoʻlga yoʻlladik.
76:4
Albatta, Biz kofirlar uchun zanjirlar, kishanlar va alangali olovni tayyorlab qoʻyganmiz.
76:5
Albatta, yaxshilar jannatda aralashmasi kafur boʻlgan qadahdan may ichadilar.
579-sahifa
76:6
76:7
Ular dunyoda oʻz zimmalariga olgan nazrlarini ado qiladilar va yomonligi keng tarqaladigan kundan qoʻrqadilar.
76:8
Taomni esa yaxshi koʻrib tursalar ham oʻzlari yemasdan miskin, yetim va asirlarni yediradilar.
76:9
76:10
Bizlar Robbimiz tomonidan boʻladigan, azobdan yuzlar burishib qoluvchi shiddatli bir kundan qoʻrqamiz, – deydilar.
76:11
76:12
Yana sabrlari sababli ularni jannat va egnilariga ipak liboslar bilan mukofotlaydi.
76:13
Ular u joyda soʻrilarga yastangan hollarida oʻtiradilar. U joyda quyosh haroratini ham, zamharir sovug‘ini ham koʻrmaydilar.
76:14
Jannat soyalari ularga yaqin va mevalari ham uzishga oson qilib egib qoʻyilgan boʻladi.
76:15
Ularga kumush idishlarda taomlar va kumushdan yasalgan boʻlsa-da, nafislikda shisha boʻlib ketgan qadahlarda sharoblar aylantirilib turiladi.
76:16
Shisha boʻlganda ham kumushdan, ularni soqiylar oʻlchab qoʻyganlar.
76:17
Jannat ahli u yerda aralashmasi zanjabil boʻlgan qadahdan ichiriladilar.
76:18
U yerdagi buloqning nomi Salsabil deb ataladi.
76:19
76:20
U yerga qaraganingizda, noz-neʼmatlarni va ulkan hukmronlikni koʻrasiz.
76:21
76:22
76:23
Ey Muhammad, albatta, Biz sizga bu Qurʼonni boʻlib-boʻlib nozil qildik.
76:24
76:25
Ertayu kech Robbingiz ismini zikr qiling!
580-sahifa
76:26
Yana kechaning bir qismida ham Unga sajda qiling va uzun tunda unga tasbeh ayting.
76:27
76:28
76:29
76:30
76:31
سَميعًا
eshituvchi
Darhaqiqat, Biz insonni otalik va onalik suvlaridan aralash bir nutfadan yaratdik. Bas, sinash uchun, uni eshituvchi va koʻruvchi qilib qoʻydik.
oqitib
Allohning bandalari ichadigan bu chashmani oʻzlari xohlagan joydan chiqarib oladilar.
وَلَا شُكُورًا
va na tashakkur
Ular: “Bizlar sizlarni faqat Allohning roziligi uchun taomlantiramiz. Sizlardan bu ish uchun biror mukofot va minnatdorchilik kutmaymiz”, – dedilar.
وَسُرُورًا
va sevinch
Bas, Alloh ularni oʻsha kunning yomonligidan saqlaydi va ularning yuzlariga tarovat, dillariga shodlik baxsh qiladi.
لُؤْلُؤًا
dur
Ularning ustida mangu yosh yigitlar xizmat qilib aylanib turadilar. Ularni koʻrganingizda sochib yuborilgan durlar deb oʻylaysiz.
مِنْ فِضَّةٍ
kumushdan
Ularning ustilarida yashil ipak va shoyi liboslar boʻlib, ular kumush bilakuzuklar bilan bezangan boʻladilar va Robbilari ularni pokiza sharob bilan sug‘oradi.
مَشْكُورًا
maqbul
Albatta, bu sizlar uchun mukofotdir. Hamda sizlarning saʼy-harakatlaringiz Alloh nazdida maqbuldir.
كَفُورًا
kofirga
Bas, siz Robbingizning hukmiga sabr qiling va ulardan biror gunohkor yo noshukrga itoat qilmang!
ثَقيلًا
og’ir
Albatta, ana u kofirlar naqd dunyoni yaxshi koʻradilar va og‘ir kunni esa ortlariga tashlaydilar.
اَمْثَالَهُمْ
o’xshashlarini
Biz ularni yaratdik va barcha aʼzolarini mustahkam qildik va agar xohlasak ularni halok qilib, oʻrinlariga oʻxshashlarini keltiramiz.
سَبيلًا
yo’l
Albatta, bu bir eslatmadir. Bas, kim xohlasa uni qabul qilib, Robbisi tomonga yoʻl oladi.
حَكيمًا
hikmatli
Ey insonlar, xohishlaringiz faqat Alloh xohlasagina boʻladi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
اَليمًا
alamli
U Oʻzi xohlagan kishilarni rahmatiga kiritadi. Zolimlar uchun esa alamli azobni tayyorlab qoʻygandir.