﷽
TasnimTasnim
123456789101112
Al-Qur'an Al-Karim
وَمِزَاجُهُ مِنْ تَسْنِيمٍ1448 yil 7 safar|2026 yil 21 iyul, seshanba
Asosiy sahifaSuralarMasdar-o'zakE'rob-ul Qur'onAl-MufradotQur'ondan qidirishBiz haqimizda
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114

Suralar

1

Fotiha

7 oyat

الفاتحة
2

Baqara

286 oyat

البقرة
3

Oli Imron

200 oyat

آل عمران
4

Niso

176 oyat

النساء
5

Moida

120 oyat

المائدة
6

An'om

165 oyat

الأنعام
7

A'rof

206 oyat

الأعراف
8

Anfol

75 oyat

الأنفال
9

Tavba

129 oyat

التوبة
10

Yunus

109 oyat

يونس
11

Hud

123 oyat

هود
12

Yusuf

111 oyat

يوسف
13

Ra'd

43 oyat

الرعد
14

Ibrohim

52 oyat

إبراهيم
15

Hijr

99 oyat

الحجر
16

Nahl

128 oyat

النحل
17

Isro

111 oyat

الإسراء
18

Kahf

110 oyat

الكهف
19

Maryam

98 oyat

مريم
20

Toho

135 oyat

طه
21

Anbiyo

112 oyat

الأنبياء
22

Haj

78 oyat

الحج
23

Mu'minun

118 oyat

المؤمنون
24

Nur

64 oyat

النور
25

Furqon

77 oyat

الفرقان
26

Shu'aro

227 oyat

الشعراء
27

Naml

93 oyat

النمل
28

Qosos

88 oyat

القصص
29

Ankabut

69 oyat

العنكبوت
30

Rum

60 oyat

الروم
31

Luqmon

34 oyat

لقمان
32

Sajda

30 oyat

السجدة
33

Ahzob

73 oyat

الأحزاب
34

Saba'

54 oyat

سبأ
35

Fotir

45 oyat

فاطر
36

Yosin

83 oyat

يس
37

Soffat

182 oyat

الصافات
38

Sod

88 oyat

ص
39

Zumar

75 oyat

الزمر
40

G'ofir

85 oyat

غافر
41

Fussilat

54 oyat

فصلت
42

Shuro

53 oyat

الشورى
43

Zuxruf

89 oyat

الزخرف
44

Duxon

59 oyat

الدخان
45

Josiya

37 oyat

الجاثية
46

Ahqof

35 oyat

الأحقاف
47

Muhammad

38 oyat

محمد
48

Fath

29 oyat

الفتح
49

Hujurot

18 oyat

الحجرات
50

Qof

45 oyat

ق
51

Zoriyot

60 oyat

الذاريات
52

Tur

49 oyat

الطور
53

Najm

62 oyat

النجم
54

Qamar

55 oyat

القمر
55

Ar-Rohman

78 oyat

الرحمن
56

Voqea

96 oyat

الواقعة
57

Hadid

29 oyat

الحديد
58

Mujodala

22 oyat

المجادلة
59

Hashr

24 oyat

الحشر
60

Mumtahana

13 oyat

الممتحنة
61

Sof

14 oyat

الصف
62

Jumu'a

11 oyat

الجمعة
63

Munofiqun

11 oyat

المنافقون
64

Tag'obun

18 oyat

التغابن
65

Taloq

12 oyat

الطلاق
66

Tahrim

12 oyat

التحريم
67

Mulk

30 oyat

الملك
68

Qalam

52 oyat

القلم
69

Haqqo

52 oyat

الحاقة
70

Ma'orij

44 oyat

المعارج
71

Nuh

28 oyat

نوح
72

Jin

28 oyat

الجن
73

Muzzammil

20 oyat

المزمل
74

Muddassir

56 oyat

المدثر
75

Qiyomat

40 oyat

القيامة
76

Inson

31 oyat

الإنسان
77

Mursalot

50 oyat

المرسلات
78

Naba'

40 oyat

النبأ
79

Noziot

46 oyat

النازعات
80

Abasa

42 oyat

عبس
81

Takvir

29 oyat

التكوير
82

Infitor

19 oyat

الانفطار
83

Mutoffifun

36 oyat

المطففين
84

Inshiqoq

25 oyat

الانشقاق
85

Buruj

22 oyat

البروج
86

Toriq

17 oyat

الطارق
87

A'laa

19 oyat

الأعلى
88

G'oshiya

26 oyat

الغاشية
89

Fajr

30 oyat

الفجر
90

Balad

20 oyat

البلد
91

Shams

15 oyat

الشمس
92

Layl

21 oyat

الليل
93

Zuho

11 oyat

الضحى
94

Sharh

8 oyat

الشرح
95

Tin

8 oyat

التين
96

Alaq

19 oyat

العلق
97

Qadr

5 oyat

القدر
98

Bayyina

8 oyat

البينة
99

Zalzala

8 oyat

الزلزلة
100

Odiyot

11 oyat

العاديات
101

Qori'a

11 oyat

القارعة
102

Takosur

8 oyat

التكاثر
103

Asr

3 oyat

العصر
104

Humaza

9 oyat

الهمزة
105

Fil

5 oyat

الفيل
106

Quraysh

4 oyat

قريش
107

Mo'un

7 oyat

الماعون
108

Kavsar

3 oyat

الكوثر
109

Kafirun

6 oyat

الكافرون
110

Nasr

3 oyat

النصر
111

Masad

5 oyat

المسد
112

Ixlos

4 oyat

الإخلاص
113

Falaq

5 oyat

الفلق
114

Nos

6 oyat

الناس
Qur'oni KarimTarjimaMa'nolariTafsir
Qur'oni KarimTarjimaMa'nolariTafsir

Niso surasi

Madinada nozil bo'lgan.

4-juz,4-sura,176 oyatdan iborat
←

Oldingi sura

3. Oli Imron

آل عمران
المائدة

Keyingi sura

5. Moida

→
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ

Rahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.

4:1

Ey odamlar, sizlarni bir jon, yaʼni Odamdan yaratgan va undan esa uning jufti Havvoni yaratib, ikkovlaridan koʻplab erkagu ayollar tarqatib qoʻygan Robbingizdan qoʻrqinglar. Uning nomi bilan bir-biringizdan talab istakda boʻladiganingiz Allohdan va qarindoshlik aloqalarini uzishdan qoʻrqinglar. Albatta, Alloh ustingizdan kuzatib turuvchidir.

4:2
4:3
4:4
4:5
4:6
78-sahifa
4:7
4:8
4:9
4:10
4:11
79-sahifa
4:12
4:13
4:14
80-sahifa
4:15
4:16
4:17
4:18
4:19
81-sahifa
4:20
4:21
4:22
4:23
82-sahifa
4:24
4:25
4:26
83-sahifa
4:27
4:28

Alloh sizlarga yengillik boʻlishini xohlaydi. Chunki inson zaif qilib yaratilgandir.

4:29
4:30
4:31
4:32
4:33
84-sahifa
4:34
4:35
4:36
4:37
85-sahifa
4:38
4:39
4:40
4:41
4:42
4:43
4:44
86-sahifa
4:45
4:46
4:47
4:48
4:49
4:50
4:51
87-sahifa
4:52
4:53
4:54
4:55
4:56
4:57
4:58
4:59
88-sahifa
4:60
4:61
4:62
4:63
4:64
4:65
89-sahifa
4:66
4:67

Shunda Biz ularga Oʻz huzurimizdan ulkan mukofot bergan boʻlar edik.

4:68

Hamda ularni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilgan boʻlar edik.

4:69
4:70

Bular Alloh tomonidan boʻlgan fazlu karamdir. Allohning ilmi har narsani bilish uchun yetarlidir.

4:71
4:72
4:73
4:74
90-sahifa
4:75
4:76
4:77
4:78
4:79
91-sahifa
4:80
4:81
4:82
4:83
4:84
4:85
4:86
92-sahifa
4:87
4:88
4:89
4:90
4:91
93-sahifa
4:92
4:93
4:94
94-sahifa
4:95
4:96
4:97
4:98
4:99
4:100
4:101
95-sahifa
4:102
4:103
4:104
4:105
96-sahifa
4:106
4:107
4:108
4:109
4:110
4:111
4:112
4:113
97-sahifa
4:114
4:115
4:116
4:117
4:118

Alloh u shaytonni rahmatidan haydab laʼnatladi. Shayton esa: “Albatta, qullaringdan ularni yoʻldan ozdirib, tegishli ulushimni olaman”, – dedi.

4:119
4:120

Shayton ularga quruq vaʼdalar beradi va oʻtkinchi dunyoning xomxayollariga g‘arq qiladi. Aslida esa shaytonning ularga vaʼda qilayotgani, faqat yolg‘ondan iboratdir.

4:121

Shaytonga boʻysungan ana shunday kimsalarning borar yeri jahannamdir. Undan qutulib qoladigan bir joy topa olmaydilar.

98-sahifa
4:122
4:123
4:124
4:125
4:126
4:127
99-sahifa
4:128
4:129
4:130
4:131
4:132
4:133
4:134
100-sahifa
4:135
4:136
4:137
4:138

Ey Muhammad, munofiqlarga oxiratda, albatta, alamli azob borligi haqida ularga bashorat berib qoʻying.

4:139
4:140
101-sahifa
4:141
4:142
4:143
4:144
4:145
4:146
4:147
102-sahifa
4:148
4:149
4:150
4:151

Ana shunday kimsalar haqiqiy kofirlardir. Kofirlarga esa xor qiluvchi azobni tayyorlab qoʻyganmiz.

4:152
4:153
4:154
103-sahifa
4:155
4:156

Ular inkor qilib va pokiza Maryam shaʼniga og‘ir boʻhton gapni aytganlari uchun ham laʼnatlangandirlar.

4:157
4:158
4:159
4:160
4:161
4:162
104-sahifa
4:163
4:164
4:165
4:166
4:167
4:168
4:169
4:170
105-sahifa
4:171
4:172
4:173
4:174
4:175
106-sahifa
4:176

Sizlarga omonat qilingan yetimlarning mollarini ular voyaga yetgach qaytarib beringlar. Siz uchun harom boʻlgan yetim molini oʻz haqingiz boʻlgan halolga almashtirib olmanglar. Ularning mollarini oʻz mollaringizga qoʻshib yemanglar. Albatta, bu ish katta gunohdir.

Agar yetim qizlarga uylanib, ularga adolat qila olmaslikdan qoʻrqsangiz, u holda sizlar uchun nikohi halol boʻlgan ayollardan ikkitami, uchtami, toʻrttami, nikohlab uylanaveringlar. Bordi-yu agar ular orasida ham adolat qila olmaslikdan qoʻrqsangiz, unda bir ayolga uylaning yoki qoʻl ostingizda mulk boʻlgan choʻrilar bilan kifoyalaning. Mana shu yoʻl jabr qilmasligingiz uchun yaqinroq yoʻldir.

مِنْهُ
undan

Ayollarga mahrlarini chin koʻngildan chiqarib beringlar. Agar sizlarga undan oʻzlari istab biror narsani qaytib bersalar, bas, uni bemalol, huzur bilan yeyaveringlar.

قِيَامًا
tayanch

Alloh yetimlar moli ustida sizlarni nazoratchi qilgan, hayot tayanchi boʻlgan mollaringizni aqli norasolarga berib qoʻymang. Balki u mollardan ularni yedirib ichiring hamda ularga yaxshi soʻzlar bilan muomala qilib gapiring.

مِنْهُمْ
ulardan

Yetimlarni to nikohlanish yoshiga yetgunlaricha imtihon qilib, tekshirib turinglar. Voyaga yetganliklarini sezsangiz, darhol omonatdagi mollarini oʻzlariga qaytaringlar. Mulklarini isrof qilib va ulg‘ayib qolmasinlar deb shoshma-shosharlik bilan yeb qoʻymanglar. Kimki badavlat boʻlsa, yetim haqini yeyishdan tiyilsin. Agarda kim kambag‘al boʻlsa, yaxshilik bilan meʼyorida yesin. Mollarini oʻzlariga qaytarganingizda ularga guvoh keltiringlar. Hisob soʻrab olishda Allohning Oʻzi kifoyadir.

nasiba (bor)

Erkaklar uchun ota-onalari va qarindoshlari qoldirib ketgan merosdan nasiba bordir. Shuningdek, ayollar uchun ham ota-onalari va qarindoshlari qoldirib ketgan merosdan nasiba bordir. Ulardan kam yoki koʻp bu farz qilingan ulushlardir.

فَارْزُقُوهُمْ
bas ularga ulashing

Meros taqsimlanayotgan vaqtda agar u yerda merosxoʻr boʻlmagan qarindoshlar, yetimlar va kambag‘allar hozir boʻlsa, ularga ham ushbu merosdan biron narsa bering va ularga koʻngil ochadigan shirin soʻzlarni ayting.

خَافُوا
qo’rqdilar

Oʻzlari zaifhol farzandlarni orqalarida qoldirib, ularning kelajagidan qanday qoʻrqsalar, yetimlar haqida ham shunday qoʻrqsinlar. Allohdan qoʻrqinglar va doimo toʻg‘ri soʻzni aytinglar.

يَأْكُلُونَ
yeydilar

Yetimlarning mollarini zulm yoʻli bilan yeydigan kimsalar, shubhasiz, qorinlarida olov yegan boʻladilar va albatta, oxiratda doʻzaxda yonadilar.

فَاِنْ كُنَّ
agar bo’lsalar

Alloh farzandlaringizga meros borasida bir oʻg‘il uchun ikki qiz ulushi miqdoricha meros berishni amr qiladi. Agar merosxoʻrlar ikkidan ortiq ayol boʻlsalar, ularga marhum qoldirganning uchdan ikkisi tegadi. Bordi-yu yakka qiz boʻlsa, unga merosning yarmi tegadi. Agar marhumning farzandi boʻlsa, ota-onasining har biriga qoldirgan merosning oltidan biri tegadi. Bordi-yu farzandi boʻlmay, faqat ota-onasi merosxoʻr boʻladigan boʻlsa, unda onasiga uchdan bir ulush tegadi. Agar marhumning aka-ukalari boʻlsa, onasiga oltidan bir ulush tegadi. Bu taqsimotlar marhum qilgan vasiyat va uning qarzlari ado qilingandan keyin ijro etiladi. Otalaringiz va bolalaringizdan qaysi birlari sizga manfaati eng yaqinroq ekanini bilmaysizlar. Bular Alloh tarafidan sizlarga qilingan farzdir. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.

ular uchun

Agar xotinlaringizning farzandi boʻlmasa ular qoldirgan merosdan yarmi sizlarga tegadi. Bordi-yu ularning farzandlari boʻlsa, sizlarga ular qoldirgan merosdan toʻrtdan bir ulush tegadi. Bu taqsimotlar u marhumalarning qilgan vasiyati yoki qarzi adosidan keyin ijro etiladi. Agar farzandlaringiz boʻlmasa u xotinlarga sizlar qoldirgan merosning toʻrtdan bir ulushi tegadi. Bordi-yu farzandingiz boʻlsa, ularga siz qoldirgan merosning sakkizdan bir ulushi tegadi. Bu taqsimotlar sizlar qilgan vasiyat yoki qarz adosidan keyin ijro etiladi. Agar marhum erkak yoki ayol kimsasiz, yaʼni ota-onasi ham, farzandlari ham boʻlmay, bitta aka yoki uka yoxud opa yoki singlisi qolgan boʻlsa, ularning ikkovidan har biriga oltidan bir hissa tegadi. Agar ular bundan koʻp boʻlsalar, ular merosning uchdan biriga sherik boʻladilar. Bu taqsimotlar merosxoʻrlarga zarar bermaydigan holda, qilingan vasiyat va qarzlar ado etilgandan keyin Allohning amriga binoan ijro qilinadi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va bandalariga marhamatli boʻlgan – Halim Zotdir.

يُدْخِلْهُ
uni kirgizadi

Mana shu Allohning belgilab qoʻygan hududlaridir. Kim Alloh va uning Rasuliga itoat qilsa, uni tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlarga kiritadi. Ular u yerda abadiy qoluvchilardir. Mana bu katta yutuqdir.

نَارًا
otashga

Kim Alloh va Uning Rasuliga osiylik qilsa va Uning belgilab qoʻygan hadlaridan oshsa, uni u yerda mangu qoladigan doʻzaxga kiritadi. Hamda uning uchun u yerda xor qiluvchi azob bordir.

to’rt (nafar)

Ayollaringizdan fohishalik qilganlarga oʻzlaringizdan toʻrtta erkakni ular ustiga guvoh keltiring. Agar ular shunga guvohlik bersalar, to ularga oʻlim yetguncha yoki Alloh bir yoʻl koʻrsatguncha ularni uylarida ushlab turinglar.

Fohishalik qilganlarning ikkoviga ham aziyat berib taʼzirini beringlar. Agar ular tavba qilib, oʻzlarini oʻnglasalar u holda ularga tegmanglar. Shubhasiz, Alloh koʻplab tavbalarni qabul qiluvchi – Tavvob va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.

ثُمَّ
keyin

Albatta, Allohning tavbalarni qabul qilishi, faqat bironta yomonlikni bilmasdan qilib qoʻyib, orqasidan darhol tavba qilgan kimsalar uchundir. Alloh ana oʻshalarning tavbasini qabul qiladi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.

حَضَرَ
hozir bo’ldi

Gunoh ishlarni doimiy qilib yurgan va birontasiga oʻlim oni kelgach, “endi tavba qildim”, – deydigan hamda kofir holida oʻlib ketadigan kimsalarning tavbalari qabul qilinmaydi. Ana oʻshalarga oxiratda alamli azob tayyorlab qoʻyganmiz.

Ey iymon keltirganlar, sizlarga ayollarni majburiy tarzda meros qilib olish halol boʻlmaydi. Guvohlar bilan isbotlangan buzuqlik qilmaganlari holda ularga bergan mahringizdan bir qismini qaytarib olish uchun ularni zoʻrlik bilan ushlab toʻsib turmanglar. Ular bilan chiroyli hayot kechiringlar. Agar ularni yoqtirmasangiz, shuni bilingki, balkim yomon koʻrgan narsangizda Alloh unda sizlar uchun koʻpgina yaxshilik paydo qilar.

ularning biriga

Agar bir xotinni qoʻyib oʻrniga boshqa xotin olmoqchi boʻlsangiz, ularning biriga uyum-uyum molni mahr qilib bergan boʻlsangiz ham, undan biron narsani qaytarib olmanglar. Uni tuhmat bilan, ochiq-oydin gunoh qilib, qaytarib olasizlarmi?

مِنْكُمْ
sizlardan

Axir, bir-biringiz bilan qovushgan boʻlsangiz va u xotinlar sizlardan qatʼiy soʻz olgan boʻlsalar, qaysi yuz bilan uni qaytarib olasizlar?!

قَدْ
darhaqiqat

Otalaringiz avval nikohlariga olgan ayollarni nikohingizga olmanglar. Magaram, oldin boʻlib oʻtgan boʻlsa, u kechiriladi. Albatta, u buzuq, jirkanch va juda ham yomon yoʻldir.

Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emishgan opa-singillaringiz, qaynonalaringiz, oʻzlari bilan jinsiy aloqada boʻlgan xotinlaringizning avvalgi erlaridan boʻlgan va hozirda sizning tarbiyangizda boʻlgan oʻgay qizlaringizga uylanish harom qilindi. Biroq ularning onalari bilan hali jinsiy aloqada boʻlmay turib taloq qilgan boʻlsangiz, avvalgi erlaridan tug‘ilgan qizlariga uylanishingizda sizlarga gunoh yoʻqdir. Shuningdek, yana pushtingizdan boʻlgan oʻg‘illaringizning xotinlari va opa-singilni birga qoʻshib nikohga olishingiz harom qilindi. Magaram, oldin boʻlib oʻtgan boʻlsa, u kechiriladi. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.

kitobi

Shuningdek, sizning qoʻlingizda urushda asirga tushib mulk boʻlgan joriyalardan tashqari, eri boʻlgan ayollarni ham nikohingizga olish harom qilindi. Bu sizlarga Allohning yozgan hukmlaridir. Mana shu zikr qilinganlardan boshqa ayollarga oriyatli boʻlib, zinokor boʻlmagan holingizda mollaringizdan mahr berib ularni nikohga olishni istashingiz sizlar uchun halol qilindi. Shunday ekan, agar nikohingizga olib ulardan foydalangan boʻlsangiz, belgilangan mahrlarini beringiz. Belgilangan mahrdan keyin oʻzaro kelishsangiz, hamda xotin oʻz mahridan voz kechsa u holda sizlar uchun gunoh yoʻqdir. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.

فَمِنْ مَا مَلَكَتْ اَيْمَانُكُمْ
bas qo’llaringiz ega bo’lganlardan

Agar sizlardan kimda-kim hur moʻmina ayollarni nikohiga olishga moddiy imkon topmasa unda, qoʻl ostingizdagi moʻmina joriyalarga uylaninglar. Alloh iymonlaringizni eng yaxshi biluvchi Zotdir. Zero, sizlar bir-biringizdan tarqagandirsizlar. U joriyalardan or-nomusli, fohishalik qilmaydigan va yashirincha jazman tutmaydiganlariga egalarining ruxsati bilan mahrlarini yaxshilik bilan berib nikohingizga olaveringlar. Bordi-yu ular nikohlangandan keyin fohishalik qilsalar, ularga hur ayollarga beriladigan jazoning yarmi tatbiq qilinadi. Bu joriyalarga uylanish xotinsizlikdan mashaqqat chekadigan kimsalar uchundir. Agarda uylanmay qiyinchiliklarga sabr qilsangiz, bu siz uchun yaxshidir. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.

مِنْ قَبْلِكُمْ
sizdan oldingilarni

Alloh sizlarga shariat hukmlarini ochiq oydin bayon qilishni, sizlarni avvalgi haq yoʻlda yashab oʻtgan kimsalarning yoʻllariga boshlashni va sizning xatolaringizni kechirishni xohlaydi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.

ergashadilar

Alloh sizning tavbalaringizni qabul qilishni istaydi. Biroq shahvoniy hislarga ergashadigan kimsalar esa sizni butunlay notoʻg‘ri yoʻlga og‘ib ketishingizni xohlaydilar.

Ey iymon keltirganlar! Tijorat qilib, rozilik bilan topgan mol-mulklaringizdan tashqarisini orangizda nohaq yoʻllar bilan yemanglar. Shuningdek, bir-biringizni oʻldirmanglar. Albatta, Alloh sizlarga mehribon boʻlgan – Rahim Zotdir.

نَارًا
otashga

Kimki bu yomon ishlarni adovat va zulm qilgan holda amalga oshirsa, yaqinda uni doʻzaxga kiritib toblaymiz. Albatta, bu ishlar Allohga osondir.

سَيِّـَٔاتِكُمْ
yomonliklaringizni

Agar sizlarga man qilingan katta gunohlardan tiyilsangiz, kichik gunohlaringizni oʻchiramiz. Hamda sizlarni ulug‘ maqom boʻlgan jannatga kiritamiz.

لِلرِّجَالِ
erkaklar uchun

Agar Alloh baʼzi birovingizni biringizdan biror bir neʼmat bilan ustun qilib qoʻygan boʻlsa, sizlar unga koʻz tikib, hasadgoʻylik bilan orzu qilmanglar. Erkaklar uchun oʻzlari qilgan kasbu korlaridan bir nasiba bordir. Ayollar uchun ham oʻzlari qilgan kasbu korlaridan bir nasiba bordir. Shunday ekan, Allohning fazlu karamidan umidvor boʻlib soʻranglar. Shubhasiz, Alloh har bir narsani bilib turuvchi Zotdir.

Har bir kimsa uchun ota-ona va qarindoshlar qoldirib ketgan merosdan ulush oluvchi merosxoʻrlar qilib qoʻyganmiz. Meros borasida ahdu paymon qilgan kimsalaringizga ham oʻz hissalarini beringlar. Albatta, Alloh har bir narsaga guvoh boʻlib turgan Zotdir.

ba’zilarini

Erkaklar ayollar ustidan rahbardirlar. Buning sababi Alloh baʼzilarini baʼzilaridan maʼlum xususiyatga koʻra afzal qilib yaratishi hamda erkaklar ishlab topgan mol-mulklaridan oʻz oilalari uchun sarf-xarajat qilib turishlaridir. Soliha ayollar esa itoatkor boʻlganlaridir. Hamda Alloh ayollarning haqini qanday muhofaza qilgan boʻlsa, ular ham erlari yonlarida boʻlmaganida mol-mulklarini, sir-asrorlarini va oʻz iffatlarini shunday himoya qiluvchilardir. Agarda u xotinlarning isyon qilib sizga bosh koʻtarishlaridan qoʻrqsangiz, oldin ularga chiroyli nasihat qilinglar. Nasihat kor qilmasa ularni yotoqlarda yolg‘iz tark qilib, ulardan uzoq turinglar. Bordi-yu unda ham boʻlmasa, u holda sekingina uringlar. Biroq sizga itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa bahona qidirib, yoʻl axtarmanglar. Albatta, Alloh eng ustun boʻlgan – Aʼliy va barchadan ulug‘ boʻlgan – Kabir Zotdir.

مِنْ اَهْلِهَا
ahlidan

Agar u er-xotinlarning oralari buzilib ketishidan qoʻrqsangiz, unda er tarafidan bir hakam, ayol tarafidan bir hakam tayinlab yuboring. Agar ikki taraf ham sulh qilishni istasa, Alloh ikkovi orasiga ittifoqlikni soladi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.

Yolg‘iz Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar. Ota-onalarga yaxshilik qilinglar. Hamda qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, yaqin va uzoq qoʻshnilarga, yaqin doʻstingizga, musofirlarga va qoʻl ostingizdagi xizmatkorlarga ham yaxshilik qilinglar. Alloh takabbur va maqtanchoq boʻlgan kimsalarni sevmaydi.

اٰتٰيهُمُ
ularga berdi

Unday kimsalar esa oʻzlari baxillik qiladilar va insonlarni ham baxillik qilishga buyuradilar. Alloh ularga Oʻz fazlidan bergan lutfu inoyatlarni baxillik qilib yashiradilar. Biz esa bunday kofirlarga xor qiluvchi azobni tayyorlab qoʻyganmiz.

Allohga

Yana shunday kimsalar ham borki, aslida Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmaganlari holda insonlar koʻrsin, deb riyokorlik bilan mollaridan xayru sadaqa qiladilar. Bas, kimga shayton doʻst boʻlsa, bilib qoʻysinki, u eng yomon ulfatdir.

وَاَنْفَقُوا
va ehson qildilar

Aksincha, ular Allohga, oxirat kuniga iymon keltirib, Alloh rizq qilib bergan narsalardan ehson qilganlarida ularga nima zarar boʻlardi?! Zero, Alloh ularning qilayotgan amallarini bilib turuvchi Zot edi.

يُضَاعِفْهَا
uni orttiradi

Albatta, Alloh hech kimga bir zarra miqdoricha ham zulm qilmaydi. Agar zarracha yaxshilik qilingan boʻlsa, uning savobini bir necha barobar koʻpaytiradi. Hamda Oʻz huzuridan ulug‘ ajr-mukofot ato etadi.

عَلٰى هٰٓؤُلَآءِ
anavilarga

Ey Rasulim, qiyomat kunida har bir ummatdan oʻzlarining payg‘ambarlarini guvoh keltirib, sizni esa ularga qarshi shohid qilganimizda u gunohkorlarning ahvoli qanday boʻlarkin?!

بِهِمُ
ular bilan

Kufr keltirganlar hamda Rasulga osiy boʻlganlar qiyomat kunida gunohlari tufayli yer bilan bir boʻlib ketishni istab qoladilar. Hamda Allohdan hech bir soʻzni yashira olmaydilar.

تَعْلَمُوا
bilasizlar

Ey iymon keltirganlar, mast holatda ekanligingizda, nima deb aytayotganingizni oʻzingiz tushunmaguningizgacha, namozga yaqinlashmanglar. Hamda yoʻlovchi boʻlmay turib, junub holingizda ham, to g‘usl qilmaguningizcha namozga yaqinlashmanglar. Agar bemor yo safarda boʻlib yoki sizlardan biringiz hojatxonadan qaytib, yoxud ayollarga yaqinlik qilgandan keyin suv topa olmasangiz, u holda toza tuproq jinsidan boʻlgan narsalar niyat qilib, tayammum qilinglar. U tuproq bilan yuzlaringiz va qoʻllaringizga surtib mash tortinglar. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – Aʼfuv va G‘ofur Zotdir.

Ey Muhammad, Tavrot kitobidan nasiba berilgan kimsalarning hidoyat oʻrniga zalolatni sotib olishlarini va sizlarni ham toʻg‘ri yoʻldan adashishingizni istayotganlarni koʻrmadingizmi?

va kifoya qildi

Holbuki, Alloh dushmanlaringiz kim ekanini juda yaxshi biluvchi Zotdir. Sizga Allohning Oʻzi yetarli doʻst va Allohning Oʻzi yetarli yordamchidir.

Yahudiy boʻlgan kimsalar orasida kalimalarni oʻz oʻrnidan oʻzgartirib aytadiganlari ham bor. Ular atayin tillarini burib va dinga taʼna qilgan holda: “Qulog‘imiz bilan eshitdik va lekin qalbdan itoat qilmadik, eshit, ey soʻzlari eshitilmay qolgur va mazax qilib “roino”, – der edilar. Agarda ular bu gap oʻrniga: “Eshitdik va itoat qildik, eshiting va bizga ham nazar qiling”, – deganlarida oʻzlari uchun yaxshi hamda eng toʻg‘risi shu boʻlar edi. Lekin Alloh ularni kufrlari sababli laʼnatlagan. U yahudiylardan, faqat kam qismigina iymon keltiradi xolos.

Ey kitob berilgan yahudiy va nasroniylar, qilingan itoatsizlik tufayli yuzlarni tekislab, ularni chappa qilib yuborishimizdan yoki “shanba kuni egalari”ni qanday laʼnatlagan boʻlsak sizlarni ham shunday laʼnatga duchor qilishimizdan oldin sizdagi Tavrotni tasdiqlovchi qilib nozil qilganimiz Qurʼonga iymon keltiringlar. Allohning amri, shubhasiz, amalga oshadi.

دُونَ ذٰلِكَ
shundan boshqa

Albatta, Alloh Oʻziga biron narsaning sherik qilinib shirk keltirilganni kechirmaydi. Ammo bundan boshqa gunohni qilgan kimsani agar Oʻzi istasa, mag‘firat qilishi mumkin. Kimda-kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, u katta gunoh toʻqib chiqargandir.

وَلَا يُظْلَمُونَ
va zulm qilinmaydilar

Oʻzlarini goʻyoki oqlab pok qilayotgan kimsalarni koʻrmaysizmi? Unday emas, balki Alloh Oʻzi xohlagan bandasini gunohlardan tozalab poklaydi. Hech kimga qilchalik ham zulm qilinmaydi.

اِثْمًا
gunoh

Ey Rasulim, ularning Allohga nisbatan qanday yolg‘on toʻqishlarini koʻring. Bu ochiq oydin gunoh ularning jazolanishi uchun kifoyadir.

Ey Muhammad, Tavrot kitobidan nasiba berilgan kimsalarning but va shaytonlarga sig‘inib, kofirlarga qarata: “Bularga sig‘inish iymonlilardan koʻra toʻg‘riroq yoʻldir”, – deb aytayotganlarini koʻrmaysizmi?!

Alloh

Ey Rasulim, mana shu soʻzlarni aytgan kimsalarni Alloh laʼnatlagandir. Alloh kimni laʼnatlagan boʻlsa, unga azobdan qutqaruvchi hech qanday yordamchini topa olmaysiz.

نَقيرًا
donchalik

Yoki ularga mol-mulkdan ulkan nasiba berilgan deb oʻyladilarmi? Bordi-yu berilgan taqdirda ham ular baxilliklari tufayli insonlarga zig‘ircha ham undan bermagan boʻlardilar.

اٰتَيْنَآ
berdik

Yoki ular Alloh Oʻz fazlidan bergan neʼmatlarni koʻrolmay odamlarga hasad qilyaptilarmi? Darhaqiqat, Biz oldin ham Ibrohimning sulolasiga kitob, hikmat bergan va ulkan hukmronlikni ham ato etgan edik-ku!

عَنْهُ
undan

Ularning orasidan unga iymon keltirganlari ham, undan yuz oʻgirganlari ham boʻldi. Ularning isyonlari uchun qattiq otashli jahannam yetarlidir.

نَضِجَتْ
pishdi

Albatta, oyatlarimizni inkor qilib, kufr keltirgan kimsalarni yaqinda doʻzaxga kiritamiz. Azobni qayta-qayta totishlari uchun terilari kuyib pishgach, yana uning oʻrniga boshqa terini almashtirib turamiz. Shubhasiz, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi – Hakim Zotdir.

Iymon keltirgan va ezgu amallarni qilgan kimsalarni esa abadiy qolinadigan va tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlarga kirgizamiz. Hamda ular uchun u yerda pokiza juftlar boʻlgan va rohatbaxsh quyuq soyali makonlarga kiritamiz.

حَكَمْتُمْ
hakamlik qildingiz

Albatta, Alloh omonatni oʻz egalariga topshirishingizni va odamlar oʻrtasida hukm qilgan paytingizda adolat bilan hukm chiqarishga buyuradi. Darhaqiqat, Alloh sizlarga qanday ham yaxshi nasihat qilmoqda. Albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.

Ey iymon keltirganlar, Allohga itoat qilinglar. Hamda Payg‘ambarga va oʻzlaringizdan boʻlgan ahli iymon ishboshchi rahnamolarga ham itoat qilinglar. Agarda biror narsa haqida tortishib qolsangiz, uning yechimini Allohga va Rasulga qaytaringlar. Agarda Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan boʻlsangiz, shu yoʻlni tutinglar. Ana shunday qilishingiz xayrli va chiroyli natijadir.

senga

Ey Muhammad, oʻzlarini sizga nozil qilingan Qurʼonga hamda sizdan avvalgi tushirilgan kitoblarga iymon keltirgan deb iddao qilayotgan kimsalarni koʻrmaysizmi? Ular shaytoniy fitnalar bilan muhokama qilishni istaydilar. Vaholanki, ular unga itoat qilmaslikka buyurilgan edilar. Shayton esa ularni tamoman uzoq zalolatga yetaklashni istaydi.

Ey Rasulim, qachonki ularga: “Alloh nozil qilgan kitob hukmiga va payg‘ambar chaqirig‘iga kelinglar”, – deyilsa, munofiqlarning sizdan butunlay yuz oʻgirib ketishlarini koʻrasiz.

جَآؤُكَ
senga keldilar

Oʻz qoʻllari bilan qilgan gunoh ishlari tufayli ularga biror musibat yetgandan keyin sizning oldingizga kelib: “Biz, faqat ezgulikni va orani yaxshilashni istagan edik”, – deb, Alloh nomi bilan qasam ichishlari qanday hol boʻldi?

عَنْهُمْ
ulardan

Ey Rasulim, Alloh ana shunday kimsalarning dillaridagi g‘arazni biladi. Siz ularning qilgan ishlaridan yuz oʻgiring. Shunda ham ularga pandu nasihat qilib, nafslariga taʼsir qiladigan yetuk soʻzlarni ayting.

Biz har bir payg‘ambarni, faqat Allohning izni bilan unga itoat qilinishi uchun yuborganmiz. Agar ular xatolari tufayli oʻzlariga zulm qilgan paytlarida oldingizga kelib, Allohdan mag‘firat soʻraganlarida hamda Rasul ham ular uchun mag‘firat soʻraganida edi, albatta, Allohning koʻplab tavbalarni qabul qiluvchi – Tavvob va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zot ekanini topar edilar.

Yoʻq, Robbingga qasam boʻlsinki, ular oʻz oralarida chiqqan kelishmovchiliklarga sizni hakam qilib, keyin nafslarida siz chiqargan hukmga eʼtiroz qilmay, butunlay taslim boʻlmagunlaricha, hargiz moʻmin boʻla olmaydilar.

yoki

Agar biz ularga: “Oʻzlaringizni oʻldiring yoki yurtingizdan chiqib keting”, – deb amr qilganimizda edi, ulardan, faqat ozgina qismi bu buyruqni bajargan boʻlardi. Koshki, ular aytilgan nasihatlarga amal qilsalar edi, oʻzlari uchun yaxshiroq va iymonlari uchun oʻta mustahkam ish boʻlar edi.

اَنْعَمَ
ne’mat berdi

Kimki Allohga va Rasulga itoat qilsa, ana oʻshalar qiyomat kunida Alloh ularga ulug‘ neʼmatlar bergan anbiyolar, hech qachon haq yoʻldan ayrilmagan siddiqlar, shahidlar va yaxshi amallarni qilgan solih zotlar bilan birga hamroh boʻladilar. Ana ular hamrohlikda naqadar goʻzal boʻlganlardir.

انْفِرُوا
qo’zg’aling

Ey iymon keltirganlar, dushmanga nisbatan sergak boʻlib, ehtiyot chorangizni koʻringlar. Vaziyatga qarab boʻlinmalarga boʻlingan holda yoki hammangiz yoppasiga baravar jangga chiqinglar.

قَدْ
darhaqiqat

Albatta, sizning oralaringizda sustkashlik qilib jangdan qoladigan munofiq kimsalar ham bor. Bordi-yu sizlarga urushda biror bir musibat yetsa: “Alloh menga yaxshilik qilgan ekan, yaxshiyamki ular bilan jangda boʻlmadim. Aks holda, oʻlib ketardim”, – deydi.

بَيْنَكُمْ
orangizda

Mabodo Allohdan inʼom yetib, urushda zafar quchib qolsangiz, xuddi siz va uning orasida oldin hech qanday yaqinlik boʻlmagan begona odamdek: “Qani, endi men ham ular bilan birga jangda boʻlganimda, ulkan yutuq va oʻljalarga erishar edim”, – deb aytadilar.

وَمَنْ
va kimki

Dunyo hayotining oʻtkinchi manfaatlari evaziga oxirat saodatini sotib oladigan kimsalar Alloh yoʻlida jang qilsinlar. Kimda-kim Alloh yoʻlida jang qilib, oʻldirilsa yoki g‘alaba qozonsa, yaqinda, albatta, unga ulkan mukofot beramiz.

va ayollardan

Ey ahli iymon, sizlarga nima boʻldiki, Alloh yoʻlida erkaklar, ayollar va bolalardan ojiz qolganlarni qutqarish uchun jang qilmayapsizlar? Axir u chorasiz kimsalar: “Ey Robbimiz, bizlarni aholisi zolim boʻlgan bu shahardan chiqargin. Bizlarga Oʻz tomoningdan bir doʻst va Oʻz huzuringdan bizlarga yordam beruvchilarni ato qilgin”, – deb aytmoqdalar.

Iymon keltirgan moʻminlar Alloh yoʻlida jang qiladilar. Kofirlar esa shayton yoʻlida jang qiladilar. Bas, sizlar shaytonning doʻstlariga qarshi jang qilinglar. Shubhasiz, shaytonning makru hiylasi zaifdir.

Ey Rasulim, ularga: “Hozircha urush qilishdan tiyilib, namozlarni ado etinglar va zakot beringlar”, – deb ayitilgan kimsalarning holatini koʻrmadingizmi? Vaqti kelib ularga jang farz qilingach, birdaniga ular orasidagi bir qism jamoa odamlardan xuddi Allohdan qoʻrqqandek hatto yanada qattiq qoʻrquv bilan choʻchiy boshladilar. Hamda ular: “Ey Robbimiz, nega bizlarga jangni farz qilding? Uni bizlarga yaqin bir muddatga ortga surib tursang boʻlmasmidi?” – dedilar. Ey Rasulim, ularga: “Oʻtkinchi dunyoning lazzati ozginadir. Allohdan qoʻrqqanlar uchun esa oxirat hayoti afzaldir. Sizlarga qilchalik ham zulm qilinmaydi”, – deb ayting.

مُشَيَّدَةٍ
mustahkam

Qaerda boʻlsangiz ham oʻlim sizlarni topadi, hatto mustahkam qalʼalar ichida boʻlsangiz ham oʻlasizlar. Agar munofiqlarga biror bir yaxshilik yetib qolsa: “Bu Allohning huzuridandir”, – deb aytadilar. Bordi-yu ularga bir yomonlik yetib kelsa: “Bu sizning yuzingizdandir”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Hammasi Alloh taolo tomonidandir”, – deb ayting. Anavi qavmlarga nima boʻldiki, gap uqishni bilmaydilar?!

فَمِنْ نَفْسِكَ
bas nafsingdan

Ey odam bolasi, senga nimaiki yaxshilik yetsa, bilki u Allohdandir. Shuningdek, nimaiki yomonlik yetsa, bilki, u oʻz nafsingdandir. Ey Muhammad, Biz sizni insonlarga payg‘ambar qilib yubordik. Bunga Allohning Oʻzi yetarli guvohdir.

va kimki

Kimki payg‘ambarga itoat etsa, darhaqiqat, u Allohga itoat etibdi. Kimda-kim itoatdan yuz oʻgirsa, Rasulim, sizni ular ustidan qoʻriqchi qilib yubormaganmiz.

مِنْهُمْ
ulardan

Munofiqlar: “Xoʻp, itoat qilamiz”, – deydilar. Biroq sizning oldingizdan chiqqach, ulardan boʻlgan bir toifa aytgan gaplaringizdan boshqasini qilishga kechalari til biriktiradilar. Bilib qoʻysinlar, Alloh ularning kechalari xufyona til biriktirib yurganlarini yozib qoʻymoqda. Bas, ey Rasulim, ulardan yuz oʻgiring va Allohga suyanib tavakkul qiling. Vakillikka Allohning Oʻzi kifoya qiladi.

لَوَجَدُوا
topardilar

Qurʼonning haqligi xususida teran fikr yuritmaydilarmi?! Agar Qurʼon Allohdan oʻzganing tomonidan kelgan boʻlganda, unda koʻp qarama-qarshiliklarni topgan boʻlar edilar.

بِه
uni

Agar u munofiqlarga jang maydonlaridan tinchlik yoki xatarga doir biror bir xabar yetib kelgudek boʻlsa, bemaslahat uni darhol tarqatib yuboradilar. Agarda uni avval Payg‘ambarga va oʻzlaridan boʻlgan amirlarga yetkazganlarida edi, u xabarning asl negizini anglamoqchi boʻlgan kimsalar ulardan soʻrab bilib olar edilar. Agar sizlarga Allohning fazli va marhamati boʻlmaganida ayrim oz kishilardan tashqari koʻpchilik shaytonga ergashib ketgan boʻlar edingiz.

عَسَى
shoyad

Ey Rasulim, Alloh yoʻlida jang qiling. Siz, faqat oʻzingiz uchun masʼuldirsiz. Moʻminlarni ham Alloh yoʻlida jang qilishga tashviq qiling. Shoyad, shunda Alloh kufr keltirganlarning kuchini tortib olsa. Albatta, Allohning kuchi juda ortiq va azobi oʻta shiddatlidir.

مِنْهَا
undan

Kimki chiroyli yordam bilan insonlarga koʻmak bersa, unga u yordami sababidan nasibasi boʻladi. Agar kim yomonlik yoʻlida yordam berib, odamlarni himoya qilsa, unga ham qilganiga yarasha ulushi boʻladi. Alloh hamma narsaga kuchi yetadigan Zotdir.

رُدُّوهَا
uni qaytaringlar

Qachonki sizlarga bir salom iborasi bilan salom berilsa, sizlar undan ham chiroyliroq tarzda salomiga alik olinglar, juda boʻlmaganda oʻsha iborani salom berganga qaytaringlar. Albatta, Alloh har bir narsani hisobga olib turuvchi Zotdir.

kuniga

Allohdan oʻzga hech qanday iloh yoʻqdir, faqatgina Uning Oʻzi bordir. U sizlarni barchangizni hech shak-shubhasiz, boʻladigan qiyomat kunida toʻplaydi. Kim ham Allohdan koʻra toʻg‘risoʻzroqdir?!

كَسَبُوا
kasb qildilar

Ey moʻminlar, sizlarga nima boʻldiki, munofiqlar haqida ikki toifaga boʻlinib oldingiz. Axir, Alloh ularni qilmishlari tufayli yana eski hollariga qaytarib qoʻygan-ku! Endi sizlar Alloh Oʻzi adashtirgan kimsalarni toʻg‘ri yoʻlga solmoqchimisizlar? Bilib qoʻyinglar, agar Alloh kimni haq yoʻldan adashtirgan boʻlsa, unga sira oʻnglanishi uchun yoʻl topa olmaysiz.

فَلَا تَتَّخِذُوا
bas tutmanglar

Ular oʻzlari kufr keltirganlaridek sizlarni ham kofir boʻlib, oʻzlari bilan barobar zalolatda boʻlishingizni istaydilar. Ular to iymonga kelib, Alloh yoʻlida Makkadan Madinaga koʻchib oʻtmagunlaricha ulardan hech birini doʻst qilib olmanglar. Bordi-yu yana Islomdan yuz oʻgirsalar u holda ularni qaerda uchratsangiz, tutib oʻldiringlar. U kofirlardan oʻzingizga doʻst va yordamchi qilib olmanglar.

اَوْ
yoki

Biroq u munofiqlar sizlar bilan orangizda tinchlik bitimi boʻlgan boshqa qavmga borib qoʻshilsalar yoki siz bilan ham oʻz qabilalari bilan ham jang qilaverib yuraklari siqilgan kimsalar sulh istab yana sizning yoningizga qaytib kelsalar, ularga tegmanglar. Agar Alloh xohlaganida edi ularni ustingizdan bosqinchi hukmron qilib qoʻyardi shunda ular sizlar bilan jang qilgan boʻlar edilar. Agarda sizlarga urush qilishdan tiyilib, sizlar bilan jang qilmasalar hamda tinchlik muzokarasini oʻrtaga tashlasalar u holda Alloh ularga qarshi jang qilish uchun sizlarga yoʻl bermaydi.

Shuningdek, yaqinda sizlardan ham oʻz qavmlaridan ham havfdan omonda qolishni xohlaydigan boshqa munofiqlarni koʻrasizlar. Qachonki ular fitna-fasod yoʻliga burilsalar, darhol unga oʻzlarini otadilar. Agarda sizlardan uzoqlashmasalar va tinchlik bitimini oʻrtaga tashlamay sizlar bilan urush qilishdan qoʻllarini tiymasalar u holda ularni ushlab olinglar va qaerda uchratsangiz ham tutib oʻldiraveringlar. Bu hukmlarni mana shunday kimsalarga qarshi jang qilishingiz uchun sizlarga ochiq oydin dalil qilib qoʻydik.

va kimki

Moʻmin boshqa bir moʻminni, faqat xato tufayli yanglishib oʻldirib qoʻyishi mumkin. Kimda-kim moʻminni yanglishib oʻldirib qoʻysa, uning zimmasiga bir moʻmin qulni ozod qilish hamda marhumning oilasiga taqdim qilingan bir xun toʻlab berishi lozim boʻladi. Biroq marhumning oilasi xun haqini sadaqa qilib kechib yuborsagina toʻlamasa boʻladi. Agar bilmasdan oʻldirib qoʻyilgan odam moʻmin boʻlib, sizlarga dushman boʻlgan qavm orasida yashaydigan boʻlsa, u holda bir moʻmin qulni ozod qilish kerak boʻladi. Bordi-yu bilmasdan oʻldirib qoʻyilgan odam sizlar va ular orasida bitim tuzilgan qavmdan boʻlsa, oʻldirilganning oilasiga ham xun toʻlab berish, ham bir moʻmin qulni ozod qilish lozim boʻladi. Agarda qul ozod qilishga imkon topmasa, unda Allohdan mag‘firat boʻlishi uchun ikki oy uzluksiz roʻza tutadi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.

فيهَا
unda

Ammo kimda-kim bir moʻminni qasddan oʻldiradigan boʻlsa, uning jazosi u yerda mangu qolinadigan jahannamdir. Shuningdek, Alloh unga g‘azab qiladi va uni laʼnatlaydi. Unday qotilga Alloh katta azob tayyorlab qoʻygandir.

Ey iymon keltirganlar, Alloh yoʻlida jihod qilish uchun safarga otlanganingizda kofir va musulmonni farqini yaxshi bilib ajratib olinglar. Dunyo hayotining oʻtkinchi manfaatini koʻzlab, oʻlja olish maqsadida sizlarga salom bergan kishiga ishonmay: “Sen moʻmin emassan!” – deb aytmanglar. Zero, Allohning huzurida behisob g‘animatlar bordir. Axir oʻzingiz ham avvallari iymoningizni yashirib, xuddi shunday yashar edingiz. Shundan keyin Alloh sizlarga neʼmat ato etib mamnun qildi. Shunday ekan, aniq va puxta qilib ish tutinglar. Albatta, Alloh barcha qilayotgan ishlaringizdan xabardor boʻlgan Zotdir.

في سَبيلِ اللّٰهِ
Alloh yo’lida

Moʻminlardan uzrsiz boʻla turib jangga chiqmay uylarida oʻtirganlar va Alloh yoʻlida mollari va jonlari bilan jang qilgan mujohidlar teng boʻlmaydilar. Alloh mollari va jonlari bilan jang qilgan mujohidlarni jangga chiqmay oʻtirib olgan kimsalarga nisbatan bir daraja yuqori qildi. Hammasiga ham Alloh chiroyli mukofotlar vaʼda qilgan. Shuningdek, Alloh mujohidlarni jangga chiqolmay oʻtirib qolganlardan koʻra katta mukofotlar bilan siylab afzal qildi.

رَحيمًا
marhamatli

Ularga Alloh tarafidan ulug‘ martabalar, mag‘firat va rahmat bordir. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.

فيمَ
nima holda

Musulmonlar bilan Makkadan Madinaga koʻchib oʻtmay, kofirlar bilan qolib nafslariga zulm qilganlarning jonlarini olayotgan farishtalar: “Hijrat paytida nima holda edingizlar?” – deb aytadilar. Ular. “Yer yuzida ojizu notavon edik”, – deb javob beradilar. Shunda ular: “Nima, yoki unda boshqa yerlarga hijrat qilishingiz uchun Allohning Yeri keng emasmidi?” – deydilar. Itoatsizliklari tufayli ularning boradigan joylari jahannamdir. Jahannam naqadar yomon borar joydir.

Lekin chindan ham hech narsaga kuchi yetmagan va Makkadan Madinaga koʻchib oʻtish uchun yoʻl topolmagan chorasiz erkaklar, ayollar va bolalar bundan mustasnodir.

عَفُوًّا
afv etuvchi

Alloh shoyad, ana shunday kimsalarni kechirsa, chunki Alloh gunohlarni kechiruvchi – Aʼfuv va G‘ofur Zotdir.

وَسَعَةً
va kenglik

Kim Alloh yoʻlida hijrat qilsa, qaerga borsa ham, Yer yuzida koʻplab boshpana va moʻl-koʻlchilik topadi. Kimki uyidan Alloh va Uning Rasuli yoʻliga niyat qilib muhojir boʻlib chiqsa-yu, keyin bu yoʻlda unga ajali yetsa, albatta, uning mukofoti Allohning zimmasiga tushgandir. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.

مِنَ الصَّلٰوةِ
namozdan

Yer yuzi boʻylab safarga chiqqan paytingizda kofir kimsalarning sizga fitna qilib hujum boshlab qolishlaridan qoʻrqsangiz, namozni qisqartirib, qasr qilib oʻqishingizda sizlar uchun hech qanday gunoh boʻlmaydi. Shubhasiz, kofirlar sizlarga qarshi ochiq-oydin dushmandirlar.

bas tursin

Ey Rasulim, jang safarida ekanligingizda ularning orasida boʻlib namoz oʻqib bermoqchi boʻlsangiz, ulardan bir jamoat siz bilan birga namozga tursinlar hamda yonlariga qurol aslahalarini ham olsinlar. Sajda qilib bir rakat oʻqib boʻlishgach esa orqangizga oʻtib olib sizlarni qoʻriqlab tursinlar. Keyin namozlarini oʻqimagan boshqa jamoat kelib siz bilan birga namoz oʻqisinlar. Ular ham ehtiyot choralarini koʻrib qurol yaroqlarini yonlariga olsinlar. Kofirlar qurol va ashyolaringizdan g‘aflatda boʻlib, ularni qarovsiz qoldirgan paytingizda ustingizga birdan hamla qilib qolishni oʻylab yuradilar. Agarda yog‘ingarchilikdan aziyat chekib qiynalayotgan yoki xasta boʻlsangizlar, qurol yaroqlaringizni yechib qoʻyishingizda sizlarga gunoh yoʻqdir. Shunda ham baribir ehtiyot chorangizni koʻrib qoʻyinglar. Alloh, albatta, kofirlar uchun xor qiluvchi azobni tayyorlab qoʻygandir.

وَعَلٰى جُنُوبِكُمْ
va yonbosh hollaringizda

Namozni ado etib boʻlgach, oyoqda turgan holda boʻlasizmi, oʻtirgan boʻlasizmi yoki yonboshlab yotgan boʻlasizmi doimo Allohni zikr qilinglar. Dushman xavfidan omon boʻlgan paytingizda namozni toʻla-toʻkis ado etinglar. Chunki namoz iymon keltirganlar zimmasida vaqti belgilab qoʻyilgan farz amalidir.

Dushman qavmning ketidan quvib borishda boʻsh kelmang. Agar sizlar janglarda qiynalib alam chekayotgan boʻlsangizlar, ular ham xuddi sizlar qiynalgandek azob chekmoqdalar. Biroq sizlar Allohdan ular umid qilmagan jannat va shahidlikni umid qilmoqdasizlar. Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.

النَّاسِ
odamlarning

Ey Rasulim, shubhasiz, sizga bu kitobni odamlar orasida Alloh sizga koʻrsatganiga muvofiq adolat bilan hukm qilishingiz uchun haq qilib nozil qildik. Siz xoin kimsalarning tarafini oluvchi boʻlmang.

marhamatli

Allohdan mag‘firat qilishini tilang. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.

كَانَ
bo’ldi

Jinoyat qilib oʻzlariga ham boshqalarga ham xiyonat qiladigan kimsalarning yonini olmang. Shubhasiz, Alloh xiyonatkor va gunohkor kimsalarni sevmaydi.

يُبَيِّتُونَ
kechalari til biriktiradilar

Ular qilmishlarini odamlardan yashira oladilar, biroq Allohdan yashira olmaydilar. Alloh rozi boʻlmagan bahslar xususida kechalari xufyona til biriktirayotganlarida har narsani eshitib turuvchi Alloh ular bilan birga edi. Alloh ularning qilayotgan barcha amallarini bilib, qamrab oluvchi Zotdir.

يُجَادِلُ
yonini oladi

Siz shunday insonlarsizki, bu oʻtkinchi dunyo hayotida ularning yonini oldingiz. Endi qiyomat kunida kim ularni Allohning azobidan himoya qilib yonlarini oladi. Yoki kim ularga vakil boʻladi?

يَسْتَغْفِرِ
istig’for aytadi

Kimda-kim bir yomon ishni qilsa yoki oʻz nafsiga zulm qilsa, keyin pushaymon boʻlib Allohdan mag‘firat tilasa, Allohning gunohlarni kechiruvchi va mehribon Zot ekanini koʻradi.

اللّٰهُ
Alloh

Har kimki biror bir gunoh ishni amalga oshirsa, shubhasiz, uni oʻzining zarari uchun qilgan boʻladi. Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.

بِه
uni

Agarda kimda-kim bir xato yoki og‘ir gunoh ishga qoʻl urib, uni begunoh odam ustiga otsa chindan ham boʻhton va aniq bir gunohni gardaniga olgan boʻladi.

مِنْهُمْ
ulardan

Ey Muhammad, agar sizga Allohning fazli va marhamati boʻlmaganda edi, ulardan bir toifa sizni yoʻldan urib adashtirishga harakat qilardi. Lekin ular faqat oʻzlarini adashtiradilar hamda sizga hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. Chunki Alloh sizga ilohiy kitobni va hikmatni tushirdi. Shuningdek, sizga bilmagan narsalaringizni oʻrgatdi. Darhaqiqat, Allohning sizga qilgan lutfi karami ulug‘dir.

sadaqaga

Ularning maxfiy tarzda pichirlab qilgan koʻplab suhbatlarida xayr yoʻqdir. Lekin kimki muhtojlarga sadaqa berish, ezgulik qilish va odamlar orasini isloh qilishga buyurib bunday suhbatlarda boʻlsagina, yaxshilik qilgan boʻladi. Kimda-kim Alloh rizosini tilagan holda shu ishlarni qilsa, yaqinda unga ulkan mukofot beramiz.

Unga hidoyat yoʻli ochiq-oydin boʻlgandan keyin kimki Payg‘ambar amriga qarshi chiqsa hamda moʻminlarning tutgan haq yoʻlidan boshqa yoʻlga ergashsa, Biz uni yuz oʻgirib ketgan yoʻli sari burib qoʻyamiz. Oxiratda esa uni jahannamga tiqamiz. Jahannam naqadar yomon borar manzildir!

دُونَ ذٰلِكَ
shundan boshqani

Albatta, Alloh Oʻziga biron narsaning sherik qilinib shirk keltirilganni kechirmaydi. Ammo bundan boshqa gunohni qilgan kimsani agar Oʻzi istasa mag‘firat qilishi mumkin. Kimda-kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, u hidoyatdan uzoq boʻlgan zalolat yoʻlida adashibdi.

Mushriklar Allohni qoʻyib, Undan Oʻzga ayolga oid nomlar berilgan butlarga duo qilar va osiy boʻlgan shaytonga sig‘inar edilar.

Hamda shayton: “Albatta, ularni toʻg‘ri yoʻldan ozdiraman, oʻtkinchi dunyoning xomxayollariga g‘arq qilaman. Ularga buyurganimda menga ergashganlar botil eʼtiqodlariga ishonib, hayvonlarning quloqlarini kesadilar hamda ularga amr qilsam Allohning yaratganlarini asl qiyofasidan boshqasiga oʻzgartiradilar”, – deb aytgan. Kimki Allohni qoʻyib shaytonni oʻziga doʻst deb tutsa, shubhasiz, u ochiq-oydin zararga duchor boʻlgandir.

oqib turadi

Shuningdek, iymon keltirgan va ezgu amallarni qilgan kimsalarni esa abadiy qolinadigan va tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlarga kirgizamiz. Allohning vaʼdasi haqdir. Allohdan ham soʻzi toʻg‘riroq boʻlgan kim bor?!

سُوٓءًا
yomonlik

Bu oxirat mukofotlari sizlarning orzu havaslaringiz va ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylarning xomxayollari bilan boʻlmaydi. Kimki yomon amal qilsa, oʻsha yomonligi bilan jazolanadi. Hamda oʻziga Allohdan boshqa bir doʻst ham, yordamchi ham topa olmaydi.

مُؤْمِنٌ
mo’min

Erkakmi ayolmi moʻmin boʻlaturib, ezgu ishlarni qilgan ana shu kimsalarga zarracha zulm qilinmasdan jannatga kiradilar.

وَهُوَ
va u

Chiroyli ishlarni qiluvchi kimsa boʻlib, oʻzini Allohga taslim qilgan va Ibrohimning hanif diniga ergashgan kishidan ham toʻg‘ri dinda boʻlgan kim bor?

بِكُلِّ شَيْءٍ
har narsani

Osmonlar va Yer yuzidagi barcha mulk Allohga oiddir. Alloh har bir narsani bilib qamrab oluvchi Zotdir.

Ey Rasulim, sizdan xotinlarning hukmlari haqida fatvo soʻraydilar. Fatvo soʻrayotganlarga: “Ular haqida Alloh sizlarga qoʻlingizdagi kitobda tilovat qilib berilgan oyatlar orqali fatvo bermoqda. Qurʼonda yetim qizlar xususida ularga farz qilib qoʻyilgan mahrlarini bermasdan nikohga olishni koʻzlashingiz haromligini hamda qaramoqsiz qolgan ojiz bolalar va yetimlarning haqlarida adolatda boʻlishingiz borasida aytib oʻtilgan”, – deb ayting. Yaxshi amallardan boʻlgan nima ishni qilayotgan boʻlsangiz, Alloh, albatta, uni bilib turuvchi Zotdir.

yuz o’girish

Agar xotin eri tomonidan xushkoʻrmaslikni sezsa yoki voz kechib ketishidan qoʻrqsa, ikkovi oʻrtalarini kelishib, isloh qilib olishlarida ularga gunoh boʻlmaydi. Kelishib olish ajrashib ketgandan koʻra yaxshiroqdir. Chunki nafslarda ziqnalik qilish hissi joylashtirilgandir. Agar xotinlaringizga chiroyli muomalada boʻlsangiz va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh barcha qilayotgan ishlaringizdan xabardor Zotdir.

Harchand qattiq xohlasangiz ham, xotinlaringiz orasida adolat qilishga qurbingiz yetmaydi. Demak, yoqtirganingizga tamoman berilib ketmanglar, unda suymaganingizni oʻrtada osilib qolgan muallaq ayolga oʻxshatib qoʻyasizlar. Agar oʻzingizni oʻnglab Allohdan qoʻrqsangizlar, bilingki, albatta, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.

وَاسِعًا
keng

Bordi-yu er-xotin bir-biriga toʻg‘ri kelmay ajrashib ketsalar ham, Alloh Oʻz fazlidan ikkoviga ham rizq berib taʼminlab qoʻyadi. Alloh marhamati keng boʻlgan – Vosiʼ va hikmat egasi – Hakim Zotdir.

الَّذينَ اُوتُوا الْكِتَابَ
kitob berilgan kimsalarga

Osmonlar va Yer yuzidagi barcha mulk Allohnikidir. Sizlardan avvalgi kitob berilgan kimsalarga ham, sizlarga ham, Allohdan qoʻrqinglar, deb buyurganmiz. Agarda iymon keltirmay, kufr yoʻlida ketsangizlar, bilib qoʻyinki, osmonu Yerdagi barcha narsa Allohnikidir. Shubhasiz, Alloh hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘ani va maqtovga sazovor – Hamid Zotdir.

وَكيلًا
vakil (bo’lib)

Osmonlar va Yer yuzidagi barcha mulk Allohnikidir. Alloh har ishda vakil boʻlib kifoya qildi.

اللّٰهُ
Alloh

Agar Alloh xohlasa edi, ey insonlar, sizlarni yoʻq qilib, oʻrningizga boshqalarni yaratib keltirardi. Alloh bularni qilishga qodir Zotdir.

ثَوَابُ
savobi

Kimki bu dunyo mukofotini istasa, bilib qoʻysinki, Allohning huzurida bu dunyoning ham, oxiratning ham mukofoti bordir. Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.

Allohga

Ey iymon keltirganlar, adolat bilan sobit turib garchi oʻzingiz, ota-onangiz va yaqinlaringiz ziddiga boʻlsa ham, Alloh uchun toʻg‘ri guvohlik beruvchi boʻlinglar. Guvohlik berilgan kimsa boy boʻladimi yoki kambag‘al boʻladimi, bilib qoʻying, Alloh ularning holatini bilishda sizdan koʻra yaqinroqdir. Nafsingizga berilib adolatsizlik qilmanglar. Agarda haqiqatni yashirib tilingizni bursangizlar, yoki guvohlikdan yuz oʻgirsangizlar, shubhasiz, Alloh barcha qilayotgan ishlaringizdan xabardor Zotdir.

Ey iymon keltirganlar, Allohga, uning payg‘ambariga hamda shu payg‘ambariga nozil qilgan Qurʼon kitobiga va oldin nozil qilgan kitoblarga iymon keltiringlar. Kimki Allohni, farishtalarini, kitoblarini, payg‘ambarlarini va oxirat kuniga inkor qilib, kufr keltirsa, shubhasiz, u hidoyatdan uzoq boʻlgan zalolat yoʻlida adashibdi.

كَفَرُوا
kufr keltirdilar

Boshida iymon keltirib, keyin kufr keltirgan, soʻngra yana iymonga kelib, orqasidan yana kufrga qaytgan va keyin kufrlarini yanada orttirgan kimsalarni Alloh mag‘firat ham qilmaydi va toʻg‘ri yoʻlga ham solmaydi.

Ular moʻminlarni qoʻyib kofirlarni doʻst tutadilar. Yoki munofiqlar kofirlar yonida izzat umid qiladilarmi? Yoʻq, albatta, barcha izzat va qudrat Alloh taolonikidir.

يُكْفَرُ
inkor qilinadi

Darhaqiqat, Alloh sizlarga: “Agarda Allohning oyatlari inkor qilinayotgani va u bilan hazil qilinayotganini eshitib qolsangiz, bunday gapdan tiyilib to boshqa suhbatga shoʻng‘imagunlaricha, ular bilan birga oʻtirmanglar. Bordi-yu bu holatda ular bilan oʻtirishda davom etsangiz, u holda sizlar ham ular kabi gunohkor boʻlasizlar”, – deb kitobida nozil qilgan. Shubhasiz, Alloh barcha munofiq va kofirlarni jahannamda toʻplab jam qiluvchidir.

Allohdan

Munofiq kimsalar sizlarni doimo kuzatib oʻtiradilar. Agarda sizlarga jangda Allohdan g‘alaba nasib boʻlsa, ular: “Biz sizlar bilar birga emasmidik?” – deydilar. Bordi-yu g‘alaba qilish nasibasi kofirlar uchun boʻlib qolganda: “Tepangizda turib, sizlarni moʻminlardan himoya qilmadikmi?” – deb aytadilar. Alloh endi qiyomat kunida oʻrtangizda hakamlik qiladi. Hamda Alloh kofirlar uchun moʻminlarga qarshi aslo yoʻl bermaydi.

قَامُوٓا
turdilar

Haqiqatan, munofiqlar Allohni aldamoqchi boʻladilar. Alloh esa ularning aldovlariga qarshi jazo bilan javob beradi. Qachonki namoz oʻqishga tursalar, dangasalik bilan riyo qilgan holda odamlar koʻrsin deb turadilar va Allohni juda kam zikr qiladilar.

وَمَنْ
va kimki

Ular kufr va iymon orasida sarsonu sargardondirlar. Na bular tomonda va na ular tomondadirlar. Alloh agar kimni toʻg‘ri yoʻldan adashtirsa, u kimsa uchun aslo qutulish yoʻlini topolmaysiz.

Ey iymon keltirganlar, moʻminlarni qoʻyib, kofirlarni doʻst tutmanglar. Bu ishni qilib, qiyomat kunida Alloh uchun oʻzingizga qarshi aniq hujjat hosil qilmoqchimisiz?

نَصيرًا
yordamchi

Albatta, munofiqlar doʻzaxdagi eng pastki tabaqada boʻladilar. Ularga yordam beradigan hech kimni topa olmaysiz.

دينَهُمْ
dinlarini

Lekin yomonliklardan tavba qilgan, oʻzlarini oʻnglab tuzatgan, Allohga mahkam bog‘lanib, dinlarida xolis boʻlgan ana shunday kimsalar moʻminlar bilan birgadirlar.

Agarda shukr qilib, iymon keltirsangiz, unda Alloh sizlarni azoblab nima qiladi? Zero, Alloh shukr qiluvchilarga mukofot beruvchi – Shokir va hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.

kim

Alloh yomon soʻzlarni har joyda oshkora aytilishini sevmaydi. Mazlum kishining oshkora nola qilishi esa bundan mustasnodir. Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.

فَاِنَّ
bas albatta

Agar bir yaxshilikni oshkora qilsangiz yoki uni yashirincha qilsangiz yoxud yomonlikni kechirib yuborsangiz, bilib qoʻyinglar, Alloh ham gunohlarni kechiruvchi – Aʼfuv va har narsaga kuchi yetadigan – Qodir Zotdir.

Albatta, shunday kimsalar borki, ular Allohni va payg‘ambarlarini inkor qiladilar. Alloh va payg‘ambari oʻrtasida ayirmachilik qilishni xohlaydilar. Hamda ular: “Baʼzi payg‘ambarlarga ishonamiz, ayrimlariga esa ishonmaymiz”, – deb iymon va kufr orasida yoʻl tutishni xohlaydilar.

اُولٰٓئِكَ
ana ular

Allohga va payg‘ambarlariga iymon keltirgan, ulardan birortasining orasini ajratmay ishonadigan ana shunday kimsalarning mukofotlarini yaqinda, albatta, soʻngra bekam-koʻst qilib beradi. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.

فَقَدْ
darhaqiqat

Ey Rasulim, sizdan ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar samodan bir kitob tushirib berishingizni talab qilmoqdalar. Darhaqiqat, Muso payg‘ambardan ham bundan kattarog‘ini soʻrab: “Bizlarga Allohni ochiq-oydin koʻrsat”, – deb aytishgan edi. Shunda bu zolimliklari tufayli ularni chaqmoq urgan edi. Soʻngra ularga aniq hujjatlar kelganidan keyin ham bir buzoqni iloh qilib olishdi. Bularga qaramay, ularni yana kechirdik va Musoga ochiq dalillar berdik.

الْبَابَ
eshikdan

Ahdlariga sodiq qolishlari uchun tepalarida Tur tog‘ini muallaq koʻtarib turdik. Ularga: “Shahar darvozasidan sajda qilgan holda kiringlar”, – dedik. Hamda ularga: “Shanba kunida hurmatni joyiga keltiring va haddingizdan oshmanglar”, – deb aytdik. Shu tariqa ulardan qattiq ahdu paymon oldik.

va o’ldirishlari

Ahdlarini buzganlari, Allohning oyatlarini inkor qilganlari, anbiyolarni nohaqdan oʻldirganlari va “Daʼvatga quloq tutmaymiz, chunki qalblarimiz qulflangan”, – degan soʻzlari tufayli laʼnatga duchor boʻldilar. Yoʻq, unday emas, aslida Alloh kufrlari tufayli ularning qalblarini muhrlab qoʻygandir. Shunday ekan, ichlaridan, faqat ozchilik iymon keltiradi xolos.

رَسُولَ
payg’ambari

Hamda Allohning payg‘ambari boʻlgan Maryam oʻg‘li Iso Masihni, albatta, biz oʻldirdik deb aytgan asossiz gaplari tufayli jazoladik. Holbuki, uni oʻldirmadilar ham, xochga ham osmadilar, faqat ularning koʻziga osiy bir odam oʻxshatib qoʻyildi. Aslida Iso payg‘ambar mavzusida talashib yurgan kimsalar u haqida oʻzlari ham gumon ichida qolgandirlar. Ularda bu ishning haqiqati borasida hech qanday bir ilm yoʻq boʻlib, faqatgina gumonlarga ergashadilar. Uni oʻldirmaganlari aniqdir.

حَكيمًا
hikmatli

Aksincha, Alloh uni Oʻz huzuriga koʻtarib oldi. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.

Ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar oʻlimidan oldin, albatta, unga iymon keltiradilar. Qiyomat kunida esa Iso ularning botil eʼtiqodlariga qarshi guvoh boʻladi.

Yahudiy boʻlgan kimsalarning zulm qilganlari va koʻplab kishilarni Allohning yoʻlidan toʻsganlari tufayli ularga oldin halol qilingan pokiza yeguliklarni harom qilib qoʻydik.

النَّاسِ
odamlarning

Yana boshqa sababi ularning sudxoʻrlik qilib, foiz olishlari edi. Vaholanki Tavrotda ribodan qaytarilgan edilar. Hamda odamlarning mollarini nohaq yoʻl bilan yeganlaridir. Biz ular orasidan kofir boʻlgan kimsalar uchun oxiratda alamli azobni tayyorlab qoʻyganmiz.

اِلَيْكَ
senga

Biroq ularning orasidan ilmda puxta boʻlganlar, sizga nozil qilingan Qurʼonga va sizdan oldingi nozil qilingan kitoblarga iymon keltiradigan moʻminlar hamda namozni toʻla ado etadiganlar, zakotni beradiganlar, Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchilar ham bordir. Ana oʻsha zotlarga ulkan mukofotni beramiz.

va payg’ambarlar

Ey Rasulim, albatta, Biz Nuhga va undan keyingi payg‘ambarlarga vahiy qilganimizdek sizga ham vahiy qildik. Hamda Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub va uning avlodlari, Iso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymon payg‘ambarlarga ham vahiy yuborganmiz. Dovudga esa Zaburni berdik.

Biz sizga ilgari bir qancha payg‘ambarlar haqida qissalarni aytib berdik. Hamda ayrim payg‘ambarlarning qissalarini esa sizga aytib bermadik. Shuningdek, Alloh Muso bilan bevosita gaplashdi.

Rasullar kelib ketgandan keyin odamlarga Allohga qarshi bahona sifatida hujjat boʻlib qolmasligi uchun Rasullarni jannat bilan xushxabar beruvchi va jahannamdan ogohlantiruvchi qilib yubordik. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.

وَالْمَلٰٓئِكَةُ
va farishtalar

Lekin Alloh sizga nozil qilgan Qurʼonga Oʻz ilmi bilan guvohlik beradi. Unga farishtalar ham guvohlik beradilar. Zero, shohid boʻlishga Allohning Oʻzi yetarlidir.

بَعيدًا
uzoq

Shubhasiz, kufr keltirgan va Allohning yoʻlidan toʻsgan kimsalar hidoyatdan uzoq boʻlgan zalolat yoʻlida adashgandirlar.

وَلَا لِيَهْدِيَهُمْ
va ularni hidoyat qilishga ham emas

Shubhasiz, kufr keltirgan va zulm qilgan kimsalarni Alloh afv etmaydi hamda toʻg‘ri yoʻlga boshlamaydi.

ذٰلِكَ
mana bu

Ularni, faqat jahannam yoʻli tomon yetaklaydi va u yerda mangu qoladilar. Bularni qilish Allohga osondir.

Ey odamlar, Payg‘ambar chindan ham sizlarga Robbingizdan haq dinni keltirdi. Iymonga keling, shunda oʻzingiz uchun yaxshi boʻladi. Agarda kufr keltirsangiz, shuni bilingki, osmonlar va Yer yuzidagi barcha mulk, shubhasiz, Allohga oiddir. Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.

Allohga

Ey ahli kitoblar, Iso payg‘ambarni xudo deb diningizda haddingizdan oshib, chuqur ketmanglar. Alloh shaʼniga, faqat haq gapni aytinglar. Maryam oʻg‘li Iso Masih, albatta, Allohning Rasulidir. Hamda u Maryamga tashlagan kalimasi va Oʻzidan kelgan bir ruhdir. Shunday ekan, Alloh va Uning Rasuliga iymon keltiringlar. Xudo uchtadir demanglar. Bu boʻhton gapdan tiyilinglar, shunda oʻzingizga yaxshi boʻladi. Hech shak-shubhasiz, Alloh yakkayu yagona ilohdir. Subhanalloh, Uning bolasi boʻlmaydi, axir, osmonlar va Yer yuzidagi barcha mulk Allohnikidir. Alloh hammasi uchun yetarli vakildir.

Iso Masih ham, Allohga yaqin boʻlgan farishtalar ham Allohga qul boʻlishdan tortinib or qilmaydilar. Kimki Unga qul boʻlishdan or qilib, takabburlik qilsa, bas, yaqinda Alloh barchasini Oʻz huzuriga toʻplaydi.

Alloh iymon keltirgan va ezgu amallarni qilgan kimsalarga mukofotlarini toʻliq qilib beradi hamda Oʻz lutfidan neʼmatlarni yanada ziyoda qiladi. Ammo qul boʻlishdan or qilib, takabburlik qilganlarni esa qattiq azob bilan jazolaydi. Oʻzlari uchun Allohdan boshqa doʻst ham va azobdan qutqaruvchi yordamchi ham topa olmaydilar.

Ey odamlar, darhaqiqat, sizlarga Robbingiz tarafidan aniq dalil keldi. Hamda sizlarga yorqin nur boʻlgan Qurʼonni nozil qildi.

Allohga iymon keltirgan va Uning Oʻziga bog‘langan kimsalarni esa, Oʻz tomonidan boʻlgan rahmat va fazilatga sazovor qiladi. Hamda ularni toʻg‘ri yoʻlga boshlaydi.

bir kishi

Ey Rasulim, bandalarim sizdan yana meros borasida fatvo soʻraydilar. Ularga: “Alloh sizlarga otasi ham, bolasi ham boʻlmagan kimsalarning merosi xususida fatvo bermoqda”, – deb ayting. Agar bolasi boʻlmagan bir odam vafot etsa va orqasidan uning yolg‘iz singlisi qolgan boʻlsa, unda qoldirgan merosning yarmi unikidir. Shuningdek, agar farzandi boʻlmagan singil vafot etsa, u holda uning merosiga akasi ega boʻladi. Bordi-yu singillar ikkita boʻlsa, unda ikkoviga ham akasi qoldirgan merosning uchdan ikkisi tegadi. Agar meros oluvchilar bir qancha aka-uka va opa-singillardan iborat boʻlsa, har bir erkak uchun ikki ayolning hissasi beriladi. Adashib ketmasligingiz uchun Alloh sizlarga bu hukmlarni bayon etmoqda. Alloh barcha boʻlayotgan ishlarni biluvchi Zotdir.