﷽
TasnimTasnim
123456789101112
Al-Qur'an Al-Karim
وَمِزَاجُهُ مِنْ تَسْنِيمٍ1448 yil 7 safar|2026 yil 21 iyul, seshanba
Asosiy sahifaSuralarMasdar-o'zakE'rob-ul Qur'onAl-MufradotQur'ondan qidirishBiz haqimizda
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114

Suralar

1

Fotiha

7 oyat

الفاتحة
2

Baqara

286 oyat

البقرة
3

Oli Imron

200 oyat

آل عمران
4

Niso

176 oyat

النساء
5

Moida

120 oyat

المائدة
6

An'om

165 oyat

الأنعام
7

A'rof

206 oyat

الأعراف
8

Anfol

75 oyat

الأنفال
9

Tavba

129 oyat

التوبة
10

Yunus

109 oyat

يونس
11

Hud

123 oyat

هود
12

Yusuf

111 oyat

يوسف
13

Ra'd

43 oyat

الرعد
14

Ibrohim

52 oyat

إبراهيم
15

Hijr

99 oyat

الحجر
16

Nahl

128 oyat

النحل
17

Isro

111 oyat

الإسراء
18

Kahf

110 oyat

الكهف
19

Maryam

98 oyat

مريم
20

Toho

135 oyat

طه
21

Anbiyo

112 oyat

الأنبياء
22

Haj

78 oyat

الحج
23

Mu'minun

118 oyat

المؤمنون
24

Nur

64 oyat

النور
25

Furqon

77 oyat

الفرقان
26

Shu'aro

227 oyat

الشعراء
27

Naml

93 oyat

النمل
28

Qosos

88 oyat

القصص
29

Ankabut

69 oyat

العنكبوت
30

Rum

60 oyat

الروم
31

Luqmon

34 oyat

لقمان
32

Sajda

30 oyat

السجدة
33

Ahzob

73 oyat

الأحزاب
34

Saba'

54 oyat

سبأ
35

Fotir

45 oyat

فاطر
36

Yosin

83 oyat

يس
37

Soffat

182 oyat

الصافات
38

Sod

88 oyat

ص
39

Zumar

75 oyat

الزمر
40

G'ofir

85 oyat

غافر
41

Fussilat

54 oyat

فصلت
42

Shuro

53 oyat

الشورى
43

Zuxruf

89 oyat

الزخرف
44

Duxon

59 oyat

الدخان
45

Josiya

37 oyat

الجاثية
46

Ahqof

35 oyat

الأحقاف
47

Muhammad

38 oyat

محمد
48

Fath

29 oyat

الفتح
49

Hujurot

18 oyat

الحجرات
50

Qof

45 oyat

ق
51

Zoriyot

60 oyat

الذاريات
52

Tur

49 oyat

الطور
53

Najm

62 oyat

النجم
54

Qamar

55 oyat

القمر
55

Ar-Rohman

78 oyat

الرحمن
56

Voqea

96 oyat

الواقعة
57

Hadid

29 oyat

الحديد
58

Mujodala

22 oyat

المجادلة
59

Hashr

24 oyat

الحشر
60

Mumtahana

13 oyat

الممتحنة
61

Sof

14 oyat

الصف
62

Jumu'a

11 oyat

الجمعة
63

Munofiqun

11 oyat

المنافقون
64

Tag'obun

18 oyat

التغابن
65

Taloq

12 oyat

الطلاق
66

Tahrim

12 oyat

التحريم
67

Mulk

30 oyat

الملك
68

Qalam

52 oyat

القلم
69

Haqqo

52 oyat

الحاقة
70

Ma'orij

44 oyat

المعارج
71

Nuh

28 oyat

نوح
72

Jin

28 oyat

الجن
73

Muzzammil

20 oyat

المزمل
74

Muddassir

56 oyat

المدثر
75

Qiyomat

40 oyat

القيامة
76

Inson

31 oyat

الإنسان
77

Mursalot

50 oyat

المرسلات
78

Naba'

40 oyat

النبأ
79

Noziot

46 oyat

النازعات
80

Abasa

42 oyat

عبس
81

Takvir

29 oyat

التكوير
82

Infitor

19 oyat

الانفطار
83

Mutoffifun

36 oyat

المطففين
84

Inshiqoq

25 oyat

الانشقاق
85

Buruj

22 oyat

البروج
86

Toriq

17 oyat

الطارق
87

A'laa

19 oyat

الأعلى
88

G'oshiya

26 oyat

الغاشية
89

Fajr

30 oyat

الفجر
90

Balad

20 oyat

البلد
91

Shams

15 oyat

الشمس
92

Layl

21 oyat

الليل
93

Zuho

11 oyat

الضحى
94

Sharh

8 oyat

الشرح
95

Tin

8 oyat

التين
96

Alaq

19 oyat

العلق
97

Qadr

5 oyat

القدر
98

Bayyina

8 oyat

البينة
99

Zalzala

8 oyat

الزلزلة
100

Odiyot

11 oyat

العاديات
101

Qori'a

11 oyat

القارعة
102

Takosur

8 oyat

التكاثر
103

Asr

3 oyat

العصر
104

Humaza

9 oyat

الهمزة
105

Fil

5 oyat

الفيل
106

Quraysh

4 oyat

قريش
107

Mo'un

7 oyat

الماعون
108

Kavsar

3 oyat

الكوثر
109

Kafirun

6 oyat

الكافرون
110

Nasr

3 oyat

النصر
111

Masad

5 oyat

المسد
112

Ixlos

4 oyat

الإخلاص
113

Falaq

5 oyat

الفلق
114

Nos

6 oyat

الناس
Qur'oni KarimTarjimaMa'nolariTafsir
Qur'oni KarimTarjimaMa'nolariTafsir

Anbiyo surasi

Makkada nozil bo'lgan.

17-juz,21-sura,112 oyatdan iborat
←

Oldingi sura

20. Toho

طه
الحج

Keyingi sura

22. Haj

→
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ

Rahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.

21:1

Odamlar uchun qiyomat kunidagi hisoblari yaqinlashib qoldi. Ular hanuz g‘aflatda boʻlib, iymondan yuz oʻgiruvchi boʻlgan holdalar.

21:2
21:3
21:4
21:5
21:6

Ulardan oldin Biz halok qilgan biror shahar aholisi iymon keltirmagan edi. Endi, ular iymon keltirarmidilar?!

21:7
21:8

Biz u payg‘ambarlarni taom yemaydigan bir jasad qilmadik ular ham insonlardek yeb-ichadilar. Hamda ular abadiy hayot kechiruvchi ham emas edilar.

21:9
21:10

Darhaqiqat, sizlarga kitobni nozil qildik. Unda sizlarning ibratli zikringiz bor. Axir, aql ishlatmaysizlarmi?!

323-sahifa
21:11
21:12

Bas, qachonki, azobimiz kelishini his qilishganda, ular birdaniga u joydan qochib qolmoqchi boʻlar edilar.

21:13
21:14

Ular bir-birlariga: “Eh, holimizga voy boʻlsin! Darhaqiqat, bizlar zolimlardan boʻlgan edik”, – dedilar.

21:15

Bas, Biz ularni oʻt-oʻlan kabi oʻrilgan, oʻtin kabi oʻchib halok boʻlgan holga keltirgunimizcha ularning ana oʻsha dod-faryodlari davom etdi.

21:16

Biz osmon va Yerni hamda ularning orasidagilarni oʻynab bekorga yaratmaganmiz.

21:17
21:18
21:19
21:20

Farishtalar tunu kun toʻxtamasdan Allohga tasbeh aytadilar.

21:21

Yoki mushriklar yerdan oʻzlariga oʻliklarni tiriltira oladigan soxta ilohlarni yasab oldilarmi?!

21:22
21:23

Alloh Oʻzi qiladigan biror narsasidan soʻralmaydi, aksincha, u bandalar qilgan ishlaridan soʻraladilar.

21:24
324-sahifa
21:25
21:26
21:27

Farishtalar Undan oldin biror soʻz aytmaydilar. Ular Allohning amri bilan ish qiladilar.

21:28
21:29
21:30
21:31
21:32

Osmonni qattiq muhofaza qilingan tom qilib qoʻydik. Lekin ular Allohning oyatlaridan yuz oʻgiruvchilardir.

21:33
21:34
21:35
325-sahifa
21:36
21:37

Inson shoshqaloq tabiatda yaratilgan. Yaqinda sizlarga vaʼda qilgan alomatlarimni koʻrsataman. Bas, Meni bu borada shoshiltirmanglar.

21:38

Ular: “Agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻladi?” – deydilar.

21:39
21:40
21:41
21:42
21:43
21:44
326-sahifa
21:45
21:46
21:47
21:48
21:49

Ular Robbilaridan g‘oyibona qoʻrqadilar va qiyomat soatidan ham titrab turuvchidirlar.

21:50

Bu Qurʼon Biz nozil qilgan muborak eslatmadir. Hali sizlar uni inkor qiluvchimisizlar?!

21:51
21:52
21:53

Ular Ibrohimga: “Ota-bobolarimizni ularga sig‘ingan holda topganmiz”, – dedilar.

21:54

Ibrohim: “Haqiqatan, sizlar ham, ota-bobolaringiz ham ochiq-oydin zalolatda boʻlgansizlar”, – dedi.

21:55

Ular yana Ibrohimga: “Bizga haq narsani keltirdingmi yoki sen oʻyin qiluvchilardanmisan?” – dedilar.

21:56
21:57

Alloh nomiga qasamki, sizlar bu yerdan ortingizga qarab ketganingizdan keyin butlaringizga bir nayrang qilaman.

327-sahifa
21:58
21:59

Ular qaytib kelib: “Bizning ilohlarimizni kim bunday qildi? Kim boʻlsa ham u zolimlardan ekan”, – dedilar.

21:60

Ularning ayrimlari: “Butlarni ayblab gapirib yuradigan bir yigitni eshitdik, uni Ibrohim deyishardi”, – dedilar.

21:61

Shunda ularning kattalari: “Uni odamlarning oldiga olib kelinglar shoyad, ular Ibrohimning ishlariga guvoh boʻlishar”, – dedilar.

21:62

Ibrohimni olib kelishgach unga: “Ey Ibrohim, ilohlarimizni sen shunday qildingmi?” deb soʻradilar.

21:63

Ibrohim ularga: “Yoʻq, bu ishni ularning mana bu kattalari qildi. Qani, agar gapira olsalar ulardan soʻrab koʻringlar-chi!” – dedi.

21:64

Shunda mushriklar biroz oʻzlariga kelib bir-birlariga: “Sizlar oʻzingiz zolimsizlar”, – dedilar.

21:65

Soʻngra, yana boshlari aylanib: “Axir sen ularning gapirmasliklarini yaxshi bilasanku!” – deyishdi.

21:66
21:67

Sizlarga ham, Allohni qoʻyib sig‘inayotgan butlaringizga ham suf boʻlsin. Hali ham aql ishlatmaysizlarmi?!

21:68

Keyin zolim podshoh Namrud boshchiligidagi mushriklar: “Agar Ibrohimga qarshi biror ish qiluvchi boʻlsangiz, uni olovda yoqib yuboringlar! Bu ishni qilish bilan ilohlaringizga yordam qilinglar!” – dedilar.

21:69

Biz: “Ey olov, Ibrohim uchun salqin va omonlik boʻlgin!” dedik.

21:70

Ular Ibrohimga makr qilmoqchi boʻldilar. Biz esa ularning oʻzlarini koʻproq ziyon koʻruvchi qilib qoʻydik.

21:71

Unga va Lut payg‘ambarga najot berib, ularni barcha olamlar uchun muborak qilgan Shom zaminiga yubordik.

21:72
328-sahifa
21:73
21:74
21:75

Biz uni oʻz rahmatimiz ichiga kiritdik. Haqiqatan, u solih kishilardan edi.

21:76
21:77
21:78
21:79
21:80
21:81
329-sahifa
21:82
21:83
21:84
21:85

Ismoil, Idris va Zulkifl nomli payg‘ambarlarni eslang. Barchalari sabr qiluvchi bandalardan edi.

21:86

Biz ularni oʻz rahmatimiz ichiga kiritdik. Darhaqiqat, ular solih zotlardandir.

21:87
21:88
21:89
21:90
330-sahifa
21:91
21:92
21:93

Odamlar esa ishlarini oralarida boʻlib yubordilar. Qiyomat kuni barchalari Bizning huzurimizga qaytuvchidirlar.

21:94
21:95

Biz halok qilgan qishloq ahllarining dunyo hayotiga qaytib kelishlari mumkin emas.

21:96
21:97
21:98
21:99
21:100

Ular uchun u yerda, faqat ingrash bordir. Ular u yerda faryoddan boshqa hech narsani eshitmaydilar.

21:101
331-sahifa
21:102

Ular oʻsha doʻzaxning shivirlashini ham eshitmaydilar. Ular nafslari ishtaha qilgan neʼmatlar ichida mangu qoluvchilardir.

21:103
21:104
21:105
21:106

Shubhasiz, mana shu Qurʼonda ibodat qiluvchi qavmlar uchun aniq oʻgit bordir.

21:107

Ey Muhammad, Biz sizni barcha olamlarga rahmat qilib yubordik.

21:108
21:109
21:110

Albatta, U soʻzning oshkorasini ham biladi. Shuningdek, sizlar ichingizda nimani berkitayotgan boʻlsangiz ham bilib turadi.

21:111

Jazoning kechiktirilishi sizga berilgan sinovmi yoki maʼlum bir vaqtgacha dunyodan foydalanib qolishmi, buni men ham bilmayman.

21:112
يَلْعَبُونَ
o’ynardilar

Qachonki ularga Robbilaridan biror yangi eslatma kelsa, uni oʻyin qilib tinglaydilar.

اِلَّا
faqatgina

Ularning qalblari esa g‘ofildir. Zolimlar: “Axir bu Muhammad oʻzingizga oʻxshagan bir odam-ku! Koʻrib turib, aldanish uchun bu sehrga quloq tutib kelaverasizlarmi?!” – deya pinhona pichirlashadilar.

السَّميعُ
eshituvchi

Shunda Muhammad ularga: “Robbim osmon va Yerdagi barcha soʻzni biladi. U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va barchasini bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir”, – dedi.

هُوَ
u

Ular: “Muhammad vahiy deb daʼvo qilayotgan soʻzlar, balki, alg‘ov-dalg‘ov tushlardir, balki, uni oʻzi toʻqib olgandir, balki, u shoirdir. Bas, u ham avvalgi yuborilgan payg‘ambarlar kabi bizga biror moʻʼjiza keltirsin!” – dedilar.

اَهْلَ
ahli

Ey Muhammad, Biz sizdan ilgari ham faqat erkaklarni oʻzimiz vahiy qilgan holda payg‘ambar qilib yuborganmiz. Bas, ey Makka ahli, agar bilmaydigan boʻlsangizlar, Tavrot va Injilni biladigan zikr ahlidan soʻranglar.

الْمُسْرِفينَ
isrof qiluvchilarni

Soʻngra ularga bergan vaʼdaga sodiq qolib, Oʻzimiz xohlagan iymonli kishilar bilan birga payg‘ambarlarga najot berganmiz va haddan oshganlarni esa halok qilganmiz.

keyinida

Oldin qanchalab zolim qishloq ahllarini halok qildik va ularning ketidan boshqa qavmlarni paydo qildik.

Shunda farishtalar: “Qochmanglar, maishatga shoʻng‘igan undagi oʻz maskanlaringizga qaytinglar, ehtimol soʻroq qilinasizlar”, – dedilar.

فَاعِلينَ
qiluvchilar

Iymonu, koʻngilxushlik qilishni xohlaganimizda edi, Biz uni Oʻz tomonimizdan qilgan boʻlar edik.

زَاهِقٌ
yo’q bo’luvchi

Yoʻq, Biz unday aybu nuqsondan pokdirmiz va haqni botil ustiga tashlaymiz. Bas, haq uni ezib tashlagach, birdan botil yoʻq boʻlib qoluvchidir. Ey mushriklar, Allohni bunday sifatlayotganingiz uchun sizlarga voy boʻlsin!

عَنْ عِبَادَتِه
unga qullikdan

Osmonlar va Yerdagi barcha narsa Unikidir. Uning huzuridagi zotlar Unga qullik qilishdan kibrlanmaydilar va ibodatda toliqmaydilar.

فَسُبْحَانَ
bas pokdir

Agar Yer va osmonning ikkisida Allohdan oʻzga ilohlar boʻlganida edi, ixtiloflar tufayli ikkalasi ham buzilib ketgan boʻlar edi. Subhanalloh, Arsh Robbisi boʻlgan Alloh ular sifatlayotgan sheriklardan pokdir.

هٰذَا
bu

Yoki mushriklar Undan boshqa soxta ilohlarni qilib oldilarmi?! Ey Rasulim ularga: “Unday boʻlsa, dalilingizni keltiringiz! Mana bu men bilan birga boʻlgan moʻminlarning eslatmasi Qurʼondir va mendan oldingilarning eslatmalari esa Tavrot va Injildir”, – deb ayting. Yoʻq, ularning koʻpchiligi haqiqatni bilmay turib, undan yuz oʻgiruvchilardir.

albatta u

Ey Muhammad, sizdan oldin Biz yuborgan payg‘ambarlarga ham: “Mendan boshqa iloh yoʻq, bas, faqat Menga ibodat qilinglar”, – deb vahiy qilar edik.

مُكْرَمُونَ
ikrom etilganlar

Mushriklar: “Rahmonning farishtalardan bolasi bor”, – deydilar. U esa bundan mutlaqo pokdir! Aksincha, farishtalar aslo Allohning bolalari emas, balki ular azizu mukarram bandalardir.

Alloh bandalarining oldilaridagi va orqalaridagi barcha ishlarini biladi. Ular qiyomat kunida faqat Alloh Oʻzi rozi boʻlgan kishilarga shafoat qiladilar. Unday zotlar Uning qoʻrquvidan titrab turuvchilardir.

نَجْزيهِ
uni jazolaymiz

Ulardan biron kimsa: “Men ham Allohdan oʻzga bir ilohman”,– deb aytsa, bas, uni jahannam bilan jazolaymiz. Biz zolimlarni ana shunday jazolaymiz.

فَفَتَقْنَاهُمَا
bas ularni ochdik

Kufr keltirgan kimsalar osmonlar va Yer avvalda bitishgan holda boʻlganini, keyin Biz u ikkisining orasini yorib yuborganimizni koʻrmadilarmi?! Shuningdek, suvdan barcha tirik narsalarni paydo qildik, hali ham iymon keltirmaydilarmi?!

فِجَاجًا
daralar

Yer kurrasidagi mavjudotlarni tebratib yubormasligi uchun unda ulkan tog‘larni yaratdik. Hamda u yerda odamlar manzillariga toʻg‘ri borishlari uchun keng yoʻllarni paydo qildik.

كُلٌّ
har bir

U kecha va kunduzni, quyosh va oyni yaratgan Zotdir. Barcha sayyoralar falakda doimiy suzib yuradilar.

الْخَالِدُونَ
abadiy qoluvchilar

Ey Muhammad, Biz sizdan avval biror odamzotga hayotida abadiylik bermaganmiz. Nima, siz oʻlsangiz, ular abadiy qoluvchimilar?!

فِتْنَةً
fitna

Har bir jon egasi oʻlimni totuvchidir. Biz sizlarni sabringizni sinash yomonlik bilan ham, shukr qilishingizni bilish uchun yaxshilik bilan ham sinab, imtihon qilamiz. Keyin, albatta, Bizning huzurimizga qaytarilasizlar.

bumi?

Ey Muhammad, qachonki kufr keltirganlar sizni koʻrib qolsalar bir-birlariga: “Ilohlaringizni ayblab tilga oladigan odam shumi?” – deb masxara qiladilar. Vaholanki, ular Rahmonning zikrini inkor qiluvchilardir.

وَلَا عَنْ ظُهُورِهِمْ
va sirtlaridan

Agar kufr keltirgan kimsalar yuzlari va orqalaridan doʻzax olovini toʻsa olmaydigan va ularga qiyomatda hech qanday yordam berilmaydigan dahshatli onni bilganlarida edi, bu gapni aytmagan boʻlar edilar.

Yoʻq, qiyomat toʻsatdan kelib qoladi va ularni lol qilib qoʻyadi. Bas, uni qaytarishga kuchlari yetmaydi va ularga tavba qilish uchun muhlat ham berilmaydi.

Ey Muhammad, aniqki, sizdan oldingi payg‘ambarlar ham masxara qilingan. Natijada, ularning ustidan kulgan kimsalarni esa oʻzlari masxara qilgan narsalari oʻrab azobga soldi.

هُمْ
ular

Ey Muhammad ularga: “Kechasi va kunduzi sizlarni Rahmonning azobidan kim saqlay oladi?!” – deb ayting. Yoʻq, ular Robbilarining zikridan yuz oʻgiruvchilardir.

اَنْفُسِهِمْ
o’zlaridan

Yoki ularda Bizdan boshqa himoya qiladigan “ilohlar” bormi?! Axir u butlarning oʻzlariga yordam berishga ham kuchlari yetmaydiku! Shuningdek, ular Biz tomondan himoya ham qilinmaydilar.

الْعُمُرُ
umr

Aksincha, Biz anavi kofirlarni va ota-bobolarini dunyo matolaridan shunday bahramand qilib qoʻydikki, hatto ularga umr hech tugamaydigandek uzoq boʻlib koʻrindi. Axir, ular kufr dunyosi qisqarib, Biz yerni atrofidan kamaytirib kelayotganimizni koʻrmayaptilarmi?! Yoki ular har narsada ustunmilar?!

duoni

Ey Rasulim, ularga: “Men sizlarni faqat vahiy bilan ogohlantiraman. Lekin qulog‘i maʼnan karlar ogohlantirilayotgan vaqtlarida daʼvatni eshitmaydilar”, – deb ayting.

وَيْلَنَآ
bizlarga vayl bo’lsin

Qasam boʻlsinki, agar ularga Robbingizning azobidan ozgina yetsa, albatta, ular: “Holimizga voy boʻlsin, chindan ham bizlar oʻzimizga zolim ekanmiz”, – deb aytadilar.

شَيْـًٔا
hech narsa

Biz qiyomat kuni uchun adolatli tarozilar qoʻyamiz, bas, biror jonga zarracha zulm qilinmaydi. Agar amallar xardal oʻsimligi donasining og‘irligicha boʻlsa ham, oʻshani keltiramiz! Hisob koʻruvchi sifatida Oʻzimiz kifoya qilamiz.

لِلْمُتَّقينَ
taqvodorlarga

Darhaqiqat, Biz Muso va Horunga haq bilan botilni ayiruvchi Tavrotni taqvodorlar uchun ziyo va eslatma qilib berdik.

عَالِمينَ
biluvchilar

Darhaqiqat, Musodan oldin Ibrohimga toʻg‘ri yoʻlni berdik. Biz uni solih ekanini bilar edik.

الَّتيٓ
shundayki

Oʻshanda Ibrohim otasi va qavmiga qarata: “Sizlar berilib sig‘inadigan bu haykallar nimadir?!” – dedi.

فَطَرَهُنَّ
ularni yaratdi

Ibrohim ularga: “Sizlarning Robbingiz mana bu haykallar emas, balki osmonlar va Yerning Robbidir. U ularni yoʻqdan bor qilgan Zotdir. Men bunga guvohlik beruvchilardanman”, – dedi.

unga

Odamlar ketishgach, Ibrohim butlarni parcha-parcha qilib tashladi. Faqat ularning eng kattasini sindirmay, balki unga murojaat qiladilar deb oʻz holida qoldirdi.

Ibrohim ularga: “Nahotki, Allohni qoʻyib, sizlarga biror foyda ham, zarar ham keltira olmaydigan narsalarga sig‘inasizlarmi?!” – dedi.

صَالِحينَ
solihlar

Biz unga Ishoqni hadya qildik va Yaʼqubni ham nabira qilib qoʻshib berdik hamda barchalarini solih kishilardan qildik.

ishni

Yana ularni Bizning amrimiz bilan odamlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlaydigan rahnamolar qildik. Shuningdek, ularga yaxshi amallar qilishni, namozni toʻliq ado etishni va zakot berishni vahiy qildik. Ular, faqat Bizgagina ibodat qiluvchi boʻldilar.

كَانَتْ
bo’ldi

Lutga esa hikmat va ilm berdik. Uni nopok ishlar qilgan qishloq ahlidan qutqardik. Darhaqiqat, ular yomon fosiqlar qavmi edilar.

وَاَهْلَهُ
va ahlini

Shuningdek, Nuhga ham hikmat va ilm berdik. Oldin u Bizga nido qilganida, uning nidosiga ijobat qildik, keyin oʻzini va ahlini buyuk g‘amdan qutqardik.

Unga oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan qavm ustidan g‘alaba berdik. Darhaqiqat, ular yomon qavm edilar. Bas, ularning barchasini toʻfonda g‘arq qilib yubordik.

فيهِ
unda

Dovud va Sulaymon payg‘ambarlarning ekinzor xususida hukm qilgan paytini eslang. Oʻshanda kechasi u yerga qavmning qoʻylari kirib payhon qilib ketgan edi. Biz ularning chiqargan hukmiga guvoh edik.

مَعَ
bilan

Keyin adolatli hukm chiqarish uchun uni Sulaymonga oʻrgatdik. Har ikkisiga hikmat va ilm berdik. Dovud bilan birga tasbeh aytsin deb tog‘larni va qushlarni boʻysundirib qoʻydik. Bularni Biz qilgan edik.

Dovudga urush shiddatlaringizdan sizlarni himoya qiladigan sovut yasash sanʼatidan taʼlim berdik. Endi, shukr qiluvchilardan boʻlasizmi?!

بَارَكْنَا
muborak qildik

Sulaymonga esa shiddatli shamolni boʻysundirdik. Uning buyrug‘i bilan shamolni Biz ichini muborak qilgan Shom diyoriga esadigan qilib qoʻydik. Biz boʻlayotgan barcha narsalarni biluvchi edik.

boshqa

Yana shayton va jinlardan Sulaymon uchun dengizda g‘avvoslik qiladigan va bundan boshqa qiyin ishlarni ham qila oladiganlarini yaratdik. Yana Biz ularning qilayotgan ishlarini qoʻriqlab turuvchi boʻldik.

وَاَنْتَ
va sen

Ayyubning esa Robbisiga: “Menga kasallikdan musibat yetdi, Oʻzing rahmlilarning eng rahmlisisan”, – deb nido qilgan paytini eslang.

اَهْلَهُ
ahliga

Bas, Biz uning duosini ijobat qilib, undagi zahmatni ketkazdik. Hamda Oʻz huzurimizdan rahmat qilib, ibodat qiluvchilarga eslatma boʻlsin, deb Ayyubga oilasini va ular bilan qoʻshib, yana ularning barobaricha ahlu avlod ato qildik.

فَنَادٰى
bas nido qildi

Zunnun, yaʼni Yunus payg‘ambarning oʻz qavmidan g‘azablangan holda Bizning iznimiz boʻlmasdan qishlog‘idan chiqib ketgan paytida unga qarshi hech narsa qilolmaymiz deb oʻyladi. Biz uni dengizda baliq qorniga tashlaganimizdan keyin qorong‘i zulmatlar ichida: “Sendan oʻzga iloh yoʻqdir. Sen barcha nuqsonlardan poksan. Darhaqiqat, men oʻzimga zulm qiluvchilardan boʻldim”, – deb nido qildi.

Bas, uning duosini qabul qildik va uni g‘amdan xalos qildik. Biz moʻminlarga mana shunday najot beramiz.

وَاَنْتَ
va sen

Zakariyo ham: “Ey Robbim, meni yolg‘iz tashlab qoʻyma menga merosxoʻr farzand ato qil. Sen vorislarning eng yaxshisisan”, – deb nido qildi.

زَوْجَهُ
ayolini

Bas, uning duosini ham mustajob qildik va unga Yahyoni hadya qildik. Hamda juftini tug‘adigan qilib oʻnglab qoʻydik. Darhaqiqat, bu payg‘ambarlar yaxshi ishlarni qilishda shoshilar, umid va qoʻrquv bilan Bizga duo qilar va Bizga itoat qiluvchi zotlar edi.

va uni qildik

Yana nomusini saqlagan ayol Maryamni eslang. Bas, ruhimizdan unga pufladik va u Isoga homilador boʻldi. Hamda uni va oʻg‘lini olamlar uchun ibrat qildik.

فَاعْبُدُونِ
bas menga ibodat qiling

Ey insonlar, sizlarning ushbu ummatingiz aslida bir ummatdir Men esa hammangizning Robbingizman. Bas, faqat Menga ibodat qilinglar.

وَاِنَّا
va albatta biz

Bas, kim moʻmin holida solih amallardan qilsa, uning saʼy-harakati bekorga ketmaydi. Biz, albatta, uning amallarini yozib qoʻyuvchimiz.

يَنْسِلُونَ
shoshilib kеladilar

Nihoyat, qiyomatga yaqin Yaʼjuj va Maʼjuj qavmining toʻg‘oni ochiladi. Ular har bir tepalikdan oqib keladilar.

الَّذينَ
kimsalarki

Haq boʻlgan qiyomat vaʼdasi yaqinlashganda birdan u kufr keltirgan kimsalarning koʻzlari dahshatdan qotib: “Eh holimizga voy boʻlsin, bizlar rostdan ham bundan g‘aflatda edik, aksincha, bizlar zolim ekanmiz”, – deydilar.

لَهَا
u uchun

Ey mushriklar, sizlar ham Allohdan boshqa sig‘inayotgan butlaringiz ham jahannam oʻtinidir. Sizlar unga kiruvchisiz!

خَالِدُونَ
abadiy qoluvchilar

Agar oʻsha maʼbudalar rostdan ham xudolar boʻlganida, doʻzaxga tushmas edingiz. Endi, hammalari u yerda mangu qoluvchidirlar.

عَنْهَا
undan

Albatta, Biz tomondan ular uchun goʻzallik tayyorlab qoʻyilgan kimsalarga kelsak, ular doʻzaxdan uzoq qilinganlardir.

Kofirlarni dahshatga solgan katta qoʻrquv ularni xafa qilmaydi. Ularni farishtalar: “Bu sizlarning vaʼda qilingan baxtli kuningizdir”, – deb kutib oladilar.

بَدَأْنَآ
boshladik

Biz u kunda osmonni xuddi maktub yozilgan sahifani oʻragandek oʻrab, avval qanday yaratgan boʻlsak, uni yana oʻsha holga qaytaramiz. Bu Bizning zimmamizdagi vaʼda boʻlib, albatta, Biz buni qiluvchimiz.

عِبَادِيَ
qullarimga

Haqiqatan, Biz Zikrdan keyin Zabur kitobida: “Albatta, Yer yuziga faqat Mening solih bandalarim merosxoʻr boʻladilar”, – deb yozib qoʻyganmiz.

وَاحِدٌ
bir

Ey Rasulim: “Menga ilohingiz yagona Iloh ekani haqida vahiy qilinmoqda. Bas, endi musulmon boʻlarsizlar?!” – deb ayting.

Bas, agar yuz oʻgirsalar, ularga: “Men sizlarga vahiyni hammaga barobar qilib eshittirdim. Sizlarga vaʼda qilinayotgan qiyomat yaqinmi yo uzoqmi bilmayman”, – deng.

عَلٰى مَا تَصِفُونَ
siz qilayotgan vasflarga

Muhammad: “Ey Robbim, Oʻzing haq bilan hukm chiqar. Robbimiz mehribondir hamda U sizlar qilgan vasflardan yordam soʻraladigan Zotdir”, – dedi.