100:1
Pishqirib chopadigan otlar bilan qasam ichaman.
Makkada nozil bo'lgan.
30-juz,100-sura,11 oyatdan iboratRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Pishqirib chopadigan otlar bilan qasam ichaman.
Chopganda tuyoqlaridan chaqmoq chaqnatadiganlar bilan qasam ichaman.
Sahar paytida yov sari bostirib boradiganlar bilan qasam ichaman.
Bas, oʻshanda ortidan chang qoldiradilar.
Shu chang bilan dushman jamoasining oʻrtasiga yorib kiradilar.
Haqiqatan, inson Robbisi ato qilgan neʼmatlarga noshukrlik qiluvchidir.
Yana shunga oʻzi ham guvohdir.
Yana u mol-dunyo muhabbatiga juda qattiq beriluvchidir.
Axir, u bilmaydimi, qiyomat boʻlib, qabrlarning ichidagi narsalar tashqariga chiqarilganida,
Hamda dillardagi sirlar namoyon qilinganida,
Ana oʻsha kunda albatta, Robbilari ularning qilib oʻtgan ishlaridan xabardor-ku!