1447 yil 17 zulhijja2026 yil 3 iyun, chorshanba

Takosur surasi

Makkada nozil bo'lgan.

30-juz,102-sura,8 oyatdan iborat

1.Ey insonlar, sizlarni mol-dunyo koʻpaytirish Allohga ibodat qilishdan mashg‘ul qildi.

2.Hatto maqbaralaringizning soni koʻpligi bilan faxrlanishgacha bordingiz.

3.Yoʻq! Yaqinda buni oqibatini bilib olasizlar.

4.Yana bir bor yoʻq, yaqinda bilib olasizlar!

5.Yoʻq! Agar dunyoga mukka ketish oqibatini aniq ilm bilan bilganingizda edi unga berilmas edingiz.

6.Qasamki, albatta, sizlar doʻzaxni koʻrasizlar!

7.Yana bir bor qasamki, uni aynan ishonch koʻzi bilan koʻrasizlar!

8.Soʻngra oʻsha kunda, albatta, sizlarga ato etilgan barcha neʼmatlar toʻg‘risida soʻralasizlar!