1447 yil 18 zulhijja2026 yil 4 iyun, payshanba

Buruj surasi

Makkada nozil bo'lgan.

30-juz,85-sura,22 oyatdan iborat

1.Burjlar egasi boʻlgan osmonga qasam boʻlsin.

2.Vaʼda qilingan qiyomat kuniga qasam boʻlsin.

3.Oʻsha kunda guvoh va guvohlik beriluvchiga qasam boʻlsin.

4.Choh egalariga laʼnat boʻlsin!

5.Qaysiki, u yoqilg‘ili koʻp olov edi.

6.Oʻshanda u kofirlar oʻsha chohning ustida oʻtirgan edilar

7.Ular moʻminlarga qilayotgan ishlariga oʻzlari guvoh edilar.

8.Ular moʻminlardan faqat izzatli va maqtalgan Allohga iymon keltirganlari uchungina oʻch oldilar.

9.Osmonlar va Yerning hukmronligi Unikidir va Alloh barcha narsaga guvohdir.

10.Albatta, moʻmin va moʻminalarni fitnaga solib, soʻngra tavba qilmagan kimsalarga jahannam azobi va ular uchun yonish azobi bordir.

11.Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalarga tagidan anhorlar oqib turadigan jannatlar bordir. Bu esa katta yutuqdir.

12.Ey Muhammad, shubhasiz, Robbingizning azobga tutishi qattiqdir.

13.Albatta, Uning Oʻzi boshlaydi va qaytaradi.

14.U moʻminlarga nisbatan kechirimli va doʻstdir.

15.Arsh Egasi va qadri ulug‘dir.

16.Istagan narsasini amalga oshiruvchidir.

17.Ey Muhammad, sizga lashkarlarning xabari keldimi?

18.Firʼavn va Samud lashkarlarining xabari.

19.Yoʻq! Kufr keltirgan kimsalar haqni doimo yolg‘onga chiqarishda oyoq tirab turadilar.

20.Holbuki, Alloh ularning ortidan barcha narsani bilib ihota qilib turuvchidir.

21.Yoʻq! Balki, u ulug‘ Qurʼondir.

22.Uning asl manbai Lavh ul-Mahfuzdadir.