Bas, ey Rasulim, ularning mol-dunyolari ham, farzandlari ham sizni ajablantirmasin. Chunki Alloh oʻshalar sababli dunyo hayotida ularni azoblashni va kofir hollarida jonlari chiqishini xohlaydi.
Siz qidirgan و ل د masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 102 ta oyat mavjud.
va ota-onaga, bola, ota-onaga, ota-ona uchundir, va onalar, bolalarini, otaning, (na) ona, bolasi tufayli, ota
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Bas, ey Rasulim, ularning mol-dunyolari ham, farzandlari ham sizni ajablantirmasin. Chunki Alloh oʻshalar sababli dunyo hayotida ularni azoblashni va kofir hollarida jonlari chiqishini xohlaydi.
Ey munofiqlar, sizlar ham xuddi sizlardan oldingi munofiqlar kabisizlar. Ular sizlardan koʻra quvvati koʻproq, mol-dunyo va bola-chaqalari ham ortiqroq edilar. Bas, nasibalarini yeb mazza qilib foydalandilar. Sizlar ham, oldingilar kabi nasibalaringizdan foydalandingizlar. Hamda g‘aflatga botib ketganlaridek sizlar ham kufrga shoʻng‘ib ketdingiz. Ana u munofiqlarning barcha qilgan amallari dunyo va oxiratda behuda ketgandir. Aynan ular ziyon koʻruvchilardir.
Ularning mol-mulklari va farzandlarining koʻpligi sizni ajablantirmasin. Chunki Alloh ularni bu neʼmatlar bilan bu dunyoda azoblashni va kofir hollarida jonlari chiqishini iroda qiladi, xolos.
G‘ofil kimsalar, “Allohning bolasi bor”, – dedilar. U Zot bunday tuhmatdan mutlaqo munazzah va pokdir. Osmonlar va Yerdagi barcha narsalar Unga xosdir. Sizlarning huzuringizda bu haqda hech qanday dalil yoʻq. Alloh shaʼniga bilmaydigan narsalaringizni gapirasizlarmi?!
Bularni eshitgan Sora: “Voy, oʻlmasam! Men kampir va bu erim esa qari chol boʻlaturib, tug‘amanmi?! Axir, bu juda qiziq narsa-ku!” – deb yubordi.
Misrda uni sotib olgan shahar hokimi Qitfir nomli kishi xotini Zulayhoga: “Unga yaxshilab joy ber, zora bizga foydasi tegsa yoki uni oʻg‘il qilib boqib olsak”, – dedi. Ana shunday qilib, Yusufni tushlarning taʼbirini qilishi uchun Misr yeriga joylashtirdik. Alloh Oʻz ishida g‘olibdir, lekin odamlarning koʻpchiligi buni bilmaydilar.
Ey Robbimiz, hammaning hisob qilinadigan qiyomat kuni meni, ota-onamni va barcha moʻminlarni mag‘firat qilgin.
Robbingiz, faqat Oʻzigagina ibodat qilishlaringizni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr qildi. Ey inson, agar ularning birlari yoki har ikkisi yoningda keksalik yoshiga yetsalar, ularga “uf” demagin va ularni jerkimagin. Ularga doimo chiroyli bir soʻz aytgin.
Ey insonlar, bolalaringizni kambag‘allikdan qoʻrqib oʻldirmanglar. Ularga ham, sizlarga ham Biz rizq beramiz. Ularni oʻldirish, albatta, katta xatodir.
Alloh iblisga: “Ulardan kuching yetgan kimsani vasvasa ovozing bilan qoʻzg‘at, ularning ustiga otliq va piyoda lashkaringni tort, boyliklari va farzandlarida ularga sherik boʻlib haromdan orttirishga unda, ularga istaganingcha yolg‘on vaʼdalar ber”, – dedi. Malʼun shayton ularga faqat yolg‘on narsalarni vaʼda qiladi.
Ey Rasulim: “U farzand tutmagan, Uning mulkida sherigi boʻlmagan va xorlikdan qutqaruvchi doʻstga zor boʻlmagan Allohga hamd boʻlsin”, – deb ayting. Hamda Unga takbir aytib ulug‘lang.
Shuningdek, “Allohning bolasi bor” deganlarni ogohlantirish uchun ham kitobni nozil qildi.
Sen bog‘ingga kirganingda: “Bu Allohning irodasi, kuch-quvvat faqat Alloh bilandir”, – deganingda edi, durust boʻlardi. Agarda sen meni mol-dunyo va bola-chaqa jihatidan oʻzingdan kamroq deb bilsang.
U ota-onasiga mehribon boʻlib, jabr qiluvchi, osiy boʻlmadi.
Unga tug‘ilgan kunida ham, vafot etadigan kunida ham, qayta tiriladigan qiyomat kunida ham salom boʻlsin.
Shuningdek, meni onamga mehribon qildi va meni takabbur, badbaxt qilmadi.
Menga tug‘ilgan kunimda ham, vafot etadigan kunimda ham, qayta tiriladigan kunimda ham salom boʻlgay.
Allohga hech qanday farzand tutish mumkin emasdir. U bunday nuqsondan pokdir. U biror ishni qilishni istasa, faqat unga “Boʻl!” – deydi, bas, oʻsha ish darhol boʻladi.
Ey Muhammad, oyatlarimizga kufr keltirgan va: “Oxiratda, albatta, menga mol-mulk va farzand beriladi”, – degan kimsani koʻrdingizmi?
Mushriklar Allohga tuhmat qilib: “Rahmon bola tutdi”, – dedilar.