Ey Robbimiz, bizni hidoyatga solganingdan keyin qalblarimizni toʻg‘ri yoʻldan og‘dirma va bizlarga huzuringdan rahmat ato et! Shubhasiz, Sen barcha neʼmatlarni beruvchi – Vahhob Zotsan.
Siz qidirgan و ه ب masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 25 ta oyat mavjud.
va ber, ko'p in'om qiluvchisan, ber, va biz hadya qildik, lutf etuvchi, (Iltimos) lutf et, hadya qilay deb, biz in'om qildik, va lutf etdik, va in'om qildik
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey Robbimiz, bizni hidoyatga solganingdan keyin qalblarimizni toʻg‘ri yoʻldan og‘dirma va bizlarga huzuringdan rahmat ato et! Shubhasiz, Sen barcha neʼmatlarni beruvchi – Vahhob Zotsan.
Ey Robbimiz, bizni hidoyatga solganingdan keyin qalblarimizni toʻg‘ri yoʻldan og‘dirma va bizlarga huzuringdan rahmat ato et! Shubhasiz, Sen barcha neʼmatlarni beruvchi – Vahhob Zotsan.
Mana shu yerda Zakariyo Robbiga duo qilib: “Robbim, menga ham Oʻz huzuringdan bir pokiza zurriyot ato ayla! Albatta, Sen duolarni eshituvchisan”, – dedi.
Biz unga Ishoqni va Yaʼqubni ato etdik. Barchalarini hidoyatga yoʻlladik. Ilgari Nuhni ham hidoyatga yoʻllagan edik. Hamda uning zurriyotidan Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso va Horun payg‘ambarlarni ham hidoyat qilgan edik. Ezgu amallarni qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.
Menga keksalikda oʻg‘illarim Ismoil va Ishoqni bergan Allohga hamd boʻlsin. Robbim, shubhasiz, duoni eshituvchidir.
Mening ortimda qoladigan qarindoshlarimning dinga daʼvatni toʻxtatib qoʻyishlaridan qoʻrqaman. Xotinim esa tug‘mas boʻlib qolgan. Endi, Sen Oʻz dargohingdan menga yordamchi boʻlgan bir farzand ber.
Jabroil unga: “Qoʻrqma senga zarar bermayman, men faqat senga bir pokiza oʻg‘il hadya qilish uchun kelgan Robbingdan elchiman, xolos”, – dedi.
Bas, Ibrohim ulardan va Allohdan boshqaga sig‘inayotgan butlaridan chetlangach, Biz unga farzand qilib Ishoqni va nabira qilib Yaʼqubni berdik hamda barchalarini payg‘ambar qildik.
Shuningdek, ularga Oʻz rahmatimizdan neʼmatlar inʼom etdik va ular uchun doimo oliy maqtovlarni qildik.
Biz unga Oʻz rahmatimiz bilan birodari Horunni payg‘ambar qilib berdik.
Biz unga Ishoqni hadya qildik va Yaʼqubni ham nabira qilib qoʻshib berdik hamda barchalarini solih kishilardan qildik.
Bas, uning duosini ham mustajob qildik va unga Yahyoni hadya qildik. Hamda juftini tug‘adigan qilib oʻnglab qoʻydik. Darhaqiqat, bu payg‘ambarlar yaxshi ishlarni qilishda shoshilar, umid va qoʻrquv bilan Bizga duo qilar va Bizga itoat qiluvchi zotlar edi.
Ular: “Ey Robbimiz, juftu halollarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga koʻz quvonchini hadya qil va bizlarni taqvodorlarga yetakchi qil”, – deydilar.
Keyin qilgan ishimdan qoʻrqib sizlardan qochib ketdim. Bas, Robbim menga hikmat berdi va meni payg‘ambarlardan qildi.
Ey Robbim, menga hikmat ato etgin va meni solih bandalaring qatoriga qoʻshgin.
Biz unga oʻg‘li Ishoq va nabirasi Yaʼqubni ato qildik hamda payg‘ambarlikni va samoviy kitoblarni uning zurriyotiga xos qildik va unga shu dunyoda ham ajru mukofotini berdik, albatta, u oxiratda ham solih zotlardandir.
Ey Payg‘ambar, albatta, Biz sizga mahrlarini bergan juftlaringizni, Alloh sizga janglarda oʻlja qilib bergan qoʻl ostingizdagi choʻrilaringizni, siz bilan birga hijrat qilgan amakingizning qizlarini va ammalaringizning qizlarini, tog‘angizning qizlarini va xolalaringizning qizlarini yana har qanday moʻmina ayolni – agar u oʻzini payg‘ambarga tortiq qilsa va payg‘ambar uni mahrsiz oʻz niqohiga olishni istasa, bu ayollarni siz uchun halol qildik. Mahrsiz uylanish barcha moʻminlar uchun emas, xolis siz uchundir. Biz moʻminlarga juftlari va qoʻl ostilaridagi choʻrilari haqida nimani farz qilganimizni aniq bilganmiz. Bu sizga tanglik boʻlmasligi uchundir. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ey Robbim, menga solih farzandlardan ato qilgin.
Yoki ularning oldilarida oʻta izzatli va neʼmatlar beruvchi Robbingizning rahmat xazinalari bor ekanmi?!
Dovudga Sulaymonni ato qildik. Sulaymon naqadar yaxshi bandadir! Haqiqatan, u Alloh rozi boʻladigan yoʻlga butkul qaytuvchidir.