Mana shu qurib qolgan xurmo shoxini oʻzingga silkitgin, u senga yangi xurmo mevalarini toʻkadi.
Siz qidirgan ه ز ز masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 5 ta oyat mavjud.
silkila, titraydi, titrayotganini, (hassaning) titrayotganini
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Mana shu qurib qolgan xurmo shoxini oʻzingga silkitgin, u senga yangi xurmo mevalarini toʻkadi.
Ey insonlar, agar sizlar qayta tirilishdan shubhada boʻlsangizlar, unda qarang, Biz sizlarga Allohning qudratini bayon qilish uchun sizlarning otangiz Odamni tuproqdan, soʻngra Odam naslini maniydan, soʻngra laxta qondan, soʻngra shakllanib bitgan va bitmagan bir parcha goʻshtdan yaratdik. Biz sizlarni xohlaganimizcha muayyan vaqtga bachadonlarda qoldirib, keyin chaqaloq holingizda dunyoga chiqaramiz, soʻngra voyaga yetguningizgacha parvarish qilamiz. Sizlardan goʻdaklik va yoshlikda vafot etadiganlar va yana sizlardan koʻp narsa bilganidan keyin qarib hech narsani bilmay qoladigan darajada nochor umrga yetib keladiganlar ham bor. Yerni suvsiz qaqrab yotgan holda koʻrasiz, agar qachon unga osmondan suv yog‘dirsak, u harakatga kelib koʻpchiydi. Keyin har xil goʻzal oʻsimlik juftlarini undirib chiqaradi.
Ey Muso, asongni tashla. Bas, qachonki, Muso asosining xuddi u ilondek harakat qilayotganini koʻrgach, ortiga qaramay qochdi. Shunda Biz unga: “Ey Muso, qoʻrqmagin! Zero, Mening huzurimda payg‘ambarlar qoʻrqmaydi”, – dedik.
Asongni yerga tashla! Bas, qachonki, Muso uni ilondek qimirlayotganini koʻrgach, orqasiga qaramay qochdi. Unga: “Ey Muso, orqangga qayt va qoʻrqma, albatta, sen xavfdan omonda boʻlgan kishilardansan!” – deyildi.
Uning qudratiga dalolat qiluvchi alomatlaridan biri yerni suvsizlikdan qaqragan holda koʻrishingizdir. Bas, qachonki, Biz uning ustiga osmonda suv yog‘dirsak, u harakatga keladi va oʻsadi. Albatta, oʻsha yerni tiriltirgan Zot oʻliklarni ham tiriltira oluvchidir. Shubhasiz, U har bir narsaga qodirdir.