Biz Qurʼonni eslatma qilish uchun oson qilib qoʻydik. Bas, undan eslatma oluvchi bormi?!
Siz qidirgan هَلْ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 93 ta oyat mavjud.
-mi?, , bormi, endi emasmi?, -mi?, -mi?, -midir?, bormi?, -mi?, bormi?
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Biz Qurʼonni eslatma qilish uchun oson qilib qoʻydik. Bas, undan eslatma oluvchi bormi?!
Biz sizlarning oʻxshashlaringizni avval halok qilgan edik. Bas, ulardan eslatma oluvchi bormi?
Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir.
Ey iymon keltirganlar, sizlarni jahannamning alamli azobidan qutqaradigan bir tijoratga dalolat qilaymi?
U yetti osmonni qavatma-qavat qilib yaratgan Zotdir. Siz Rahmonning yaratishida biror tafovut va nuqsonni koʻrmaysiz. Bas, koʻzingizni yana osmonga qaytarib koʻring-chi, biror kamchilik koʻrarmikansiz?
Bas, ularning ortlaridan biror narsa hayotda qolganini koʻrayapsizmi?!
Aniqki, inson uzra qachondir esga olgulik narsa boʻlmagan vaqt kechgan.
Ey Muhammad, sizga Musoning xabari keldimi?
Bas, unga: “Sening kufrdan poklanishga xohishing bormi?” – deb aytgin.
Kofirlar qilmishlarining jazosini oldilarmi?!
Ey Muhammad, sizga lashkarlarning xabari keldimi?
Ey Muhammad, sizga oʻrab oluvchi qiyomat qissasi yetib keldimi?
Mana shu narsalarda aql egasi uchun yetarli qasam bormi?