Ey Muhammad, sizga oʻrab oluvchi qiyomat qissasi yetib keldimi?
G'oshiya surasi
Makkada nozil bo'lgan.
30-juz,88-sura,26 oyatdan iboratMakkada nozil bo'lgan.
30-juz,88-sura,26 oyatdan iboratRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Ey Muhammad, sizga oʻrab oluvchi qiyomat qissasi yetib keldimi?
U kunda baʼzi yuzlar qoʻrquvchidir.
Qattiq mehnat qiluvchi va toliquvchidir.
Ular oʻta qizigan oʻtga kirib, kuyadilar.
Qaynab turgan buloqdan sug‘oriladilar.
Ularga zaharli tikandan boshqa taom yoʻqdir.
U semirtirmaydi ham, ochlikdan ham xalos qilmaydi.
Boshqa bir yuzlar esa u kunda neʼmatlanuvchidir.
Dunyoda qilgan saʼy-harakatlaridan rozidir.
Ular oliy jannatdadirlar.
U joyda behuda soʻz eshitmaydilar.
U joyda oqar chashma bordir.
U joyda baland soʻrilar bordir.
Tayyorlab qoʻyilgan qadahlar bordir.
Saf-saf qilib tizilgan yostiqlar bor.
Hamma yoqqa toʻshalgan gilamlar bordir.
Axir, ular tuyaning qanday qilib yaratilganiga nazar solmaydilarmi?
Osmonning qanday koʻtarib qoʻyilganiga ham boqmaydilarmi?
Tog‘larning qanday tiklanganini koʻrmaydilarmi?
Yerning qanday tekislab qoʻyilganiga qaramaydilarmi?
Bas, ey Muhammad, eslating! Zotan, siz faqat eslatuvchisiz.
Ularning ustidan hukm oʻtkazuvchi emassiz.
Lekin kimki bu eslatmadan yuz oʻgirib, kufr keltirsa,
U holda, Alloh uni eng katta azob bilan azoblaydi.
Albatta, ularning qaytishlari Bizgadir!
Soʻngra ularni hisob-kitob qilish ham faqat Bizning zimmamizdadir.