Ey odam bolasi, Allohning neʼmati boʻlgan iymonni kufrga almashtirib yuborgan va qavmlarini oʻzi bilan birga halokat diyoriga qulatgan kimsalarni koʻrmadingmi?!
Siz qidirgan ب و ر masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 5 ta oyat mavjud.
halok, halokka loyiq bo'lgan, buziladi, botmaydi, halokka loyiq bo'lgan
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey odam bolasi, Allohning neʼmati boʻlgan iymonni kufrga almashtirib yuborgan va qavmlarini oʻzi bilan birga halokat diyoriga qulatgan kimsalarni koʻrmadingmi?!
Shunda ular: “Ey pok Robbimiz, bizlar uchun Sendan oʻzga doʻstlar tutish mumkin emas edi. Lekin Sen ularni va ota-bobolarini dunyoda turli neʼmatlar bilan bahramand qilib qoʻydinki, hatto ular Seni eslashni ham unutdilar va halokatga uchragan qavm boʻldilar.
Kimki izzat istaydigan boʻlsa, bas, barcha qudrat Allohnikidir. Har bir chiroyli kalima U tomon chiqadi. Solih amalni esa, Alloh Oʻz dargohiga koʻtaradi. Yomonliklar bilan makr qiladiganlar uchun qattiq azob bordir va ularning makrlari behuda ketib, ham halok boʻladi.
Allohning kitobini tilovat qiladigan, namozni toʻliq ado qiladigan va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora ehson qiladigan zotlar aslo kasod boʻlmaydigan tijoratdan umidvor boʻladilar.
Balki sizlar Payg‘ambar va moʻminlar bu safardan oʻz ahli oilalariga aslo qaytib kelmaydilar, deb oʻylagandirsiz. Bu oʻylov dillaringizga chiroyli koʻrsatilib, yomon gumon qildinglar hamda halok boʻluvchi qavm boʻldingiz.