Shubhasiz, payg‘ambarlar va moʻminlardan boʻlgan lashkarlarimiz – ular g‘olibdirlar.
Siz qidirgan ج ن د masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 29 ta oyat mavjud.
qo'shinlar bilan, va askarlariga qarshi, va askarlari bilan, askarlar, askarlar bilan, va askarlari ham, odamlari, askarlari bilan, va askarlari, qo'shinlari
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Shubhasiz, payg‘ambarlar va moʻminlardan boʻlgan lashkarlarimiz – ular g‘olibdirlar.
Ey Muhammad, Makka mushriklari oʻsha yerning oʻzida yengilgan firqalardan iborat qandaydir bir qoʻshindir, xolos.
Ikkiga ayrilgan dengizni ochiq holda qoʻyaver. Ular g‘arq qilinuvchi qoʻshindir.
U iymonlariga yana iymon qoʻshilishi uchun moʻminlarning qalblariga sokinlik tushirgan Zotdir. Osmonlar va Yerning farishtalar va jonzotlardan iborat qoʻshinlari faqat Allohnikidir. Alloh barcha narsani biluvchi va hikmatli Zotdir.
Osmonlar va Yerning farishtalar va jonzotlardan iborat qoʻshinlari faqat Allohnikidir. Alloh hammadan ulug‘ va hikmatli Zotdir.
Bas, Biz uni ham, askarlarini ham ushlab, ularni dengizga otdik. U oʻzining kibru havosi va kufru isyoni sababli har qanday malomatga loyiqdir.
Rahmondan boshqa sizlarga yordam beradigan lashkarlaringiz kim oʻzi?! Kofirlar esa faqat aldanishdalar.
Biz doʻzax sohiblarini qoʻriqchi qilib, faqat farishtalardan qildik va Biz faqat kufrga ketgan kimsalarni sinash uchun ularning sanog‘ini oʻn toʻqqizta qildik. Toki kitob berilgan kimsalar aniq bilsinlar va iymon keltirgan kimsalarning iymonlari yanada ziyoda boʻlsin hamda kitob berilgan kimsalar ham, moʻminlar ham bu xususda shak-shubha qilmasinlar. Yana dillarida munofiqlik illati boʻlgan kimsalar va kofirlar: “Bu misol bilan Alloh nima demoqchi?” – deyishlari uchun shunday qildik. Alloh Oʻzi xohlagan kimsalarni mana shunday yoʻldan ozdirib qoʻyadi va Oʻzi xohlagan kishilarni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi. Robbingizning qoʻshinlari boʻlgan farishtalarning adadi va sifatini yolg‘iz Uning Oʻzi biladi. U jahannam insoniyat uchun bir eslatmadir.
Ey Muhammad, sizga lashkarlarning xabari keldimi?