Agar ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar iymon keltirib Allohdan qoʻrqqanlarida edi, albatta, ularning xatolarini kechirgan va neʼmatlar bilan toʻla jannatga kirgizgan boʻlar edik.
Siz qidirgan ج ن ن masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 201 ta oyat mavjud.
jannatlar, jannatda, jannat, jannatga, bir bog'ga, bir bog'i, va jannatga, va jannatlardir, jannatlarga, jannatni
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Agar ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar iymon keltirib Allohdan qoʻrqqanlarida edi, albatta, ularning xatolarini kechirgan va neʼmatlar bilan toʻla jannatga kirgizgan boʻlar edik.
Alloh bu Maryam oʻg‘li Masihdir, degan kimsalar aniq kofir boʻldilar. Vaholanki, Masih ularga: “Ey bani Isroil avlodlari, mening ham Robbim sizlarning ham Robbingiz boʻlgan Allohga ibodat qilinglar”, – degan edi. Kimki Allohga shirk keltirsa, albatta, Alloh unga jannatni harom qilgandir va joyi doʻzaxdir. Zolimlar uchun azobdan qutqaruvchi yordamchilar yoʻqdir.
Shu aytgan gaplari uchun Alloh ularni tagidan anhorlar oqib turuvchi, u yerda abadiy qolinadigan jannatlar bilan mukofotlaydi. Mana bu yaxshilik qiluvchi muhsin zotlarning mukofotidir.
Shunda Alloh: “Bu kun iymonlariga sodiq qolganlarning rostgoʻyligi foyda beradigan kundir. Ular uchun tagidan anhorlar oqib turuvchi va u yerda abadiy qolinadigan jannatlar bordir. Alloh ulardan rozi va ular ham Allohdan rozi boʻldilar. Mana bu eng katta yutuqdir.
Vaqtiki tun uni qoplaganda bir yulduzni koʻrib: “Balki, mana shu mening Robbimdir”, – dedi. Yulduz botib ketgach, u: “Men botib ketuvchilarni sevmayman”, – dedi.
U osmondan suv yog‘dirib tushirgan Zotdir. Bu suv bilan har turli nabototlarni undirib chiqardik. Bu nabototlardan yashil ekinlarni chiqardik. Bu ekinlardan esa uyum-uyum donlarni chiqaramiz. Xurmo daraxtining novdalaridan esa yerga yaqin boʻlib tegay deb turgan mevali shodalar undirdik. Hamda anvoyi uzum bog‘lari, bir-biriga oʻxshagan va oʻxshamagan turli zaytun va anorlarni chiqaramiz. Ularning sekin-asta yetishayotgan g‘oʻr hosiliga va mevasining pishib yetilishiga bir nazar solinglar. Shubhasiz, mana bularda iymon keltirgan qavmlar uchun alomatlar bordir.
Mushriklar Allohga jinlarni sherik qildilar. Vaholanki, u jinlarni ham Alloh yaratgandir. Hamda nodonlarcha Unga oʻg‘il va qizlarni ham toʻqib oldilar. Subhanalloh, Alloh ular sifatlayotgan narsalardan munazzah va ulug‘ Zotdir.
Ana shunday qilib, har bir payg‘ambarga inson va jinlardan boʻlgan shaytonlarni dushman qilib qoʻydik. Baʼzilari baʼzilarini aldash uchun usti yaltiroq soʻzlar bilan pichirlab vasvasa qiladilar. Agar Robbingiz xohlasa, ular bunday qilolmas edilar. Ularni toʻqiyotgan yolg‘onlari bilan oʻz hollariga tashlab qoʻying.
Alloh qiyomat kunida ularning barchasini toʻplab: “Ey jinlar jamoasi, insonlardan oʻzingizga og‘ganini koʻpaytirdingiz”, – deydi. Shunda ularning insonlardan boʻlgan doʻstlari: “Ey Robbimiz, bizlar oʻtkinchi dunyoda birimiz birimizdan foydalangan edi. Endi esa Oʻzing bizlarga tayin qilgan ajalimizga yetib keldik”, – deydi. Alloh ularga: “Sizlarning joyingiz doʻzax, endi u yerda qolasizlar. Faqat Alloh xohlagani bundan mustasnodir”, – deydi. Albatta, Alloh hikmat egasi – Hakim va hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Ey jinlar va insonlar jamoasi! Sizlarga ichingizdan oyatlarimni soʻzlab beradigan, yoʻliqadigan bu kuningiz haqida sizlarni ogohlantirgan elchilarimiz kelmaganmidi? Ular: “Oʻzimizga qarshi guvohlik beramiz”, – deydilar. Oʻtkinchi dunyo hayoti ularni aldab qoʻydi va kofir ekanliklariga doir oʻzlariga qarshi oʻzlari guvohlik berdilar.
U ishkomlarga koʻtarilib qoʻyiladigan va koʻtarilmay yerda yetishadigan bog‘larni yaratgan Zotdir. Hamda mazasi turli boʻlgan xurmo va ekinlarni, bir-biriga oʻxshaydigan va oʻxshamaydigan zaytun va anorlar daraxtlarini yaratdi. Pishib yetilganda, mevalaridan yenglar va hosil yig‘imi kunida haqini ado etinglar. Isrofgarchilik qilmanglar, albatta, U isrof qiluvchilarni sevmaydi.
Ey Odam, endi sen va jufting Havvo jannatga joylashinglar va u neʼmatlardan xohlagan joyingizdan bemalol tanovul qilaveringlar. Faqat mana bu daraxtga yaqinlashib, undan yeb qoʻymanglar, aks holda, nafsingizga zulm qilganlardan boʻlib qolasizlar.
Shunday qilib, shayton ularni aldov bilan chuv tushirdi. Mazkur daraxtning mevasidan totib koʻrishgach, ularning avrat yerlari koʻrinib ochilib qoldi va uyalganlaridan oʻzlarini jannatning barglari bilan toʻsa boshladilar. Shunda Robbilari ularga: “Sizlarga bu daraxt mevasidan yeyishni taqiqlamaganmidim? Hamda shayton, albatta, ikkovingizga aniq dushmandir demaganmidim?” – deb nido qildi.
Ey Odam bolalari, shayton ota-onangizning avratlarini oʻzlariga koʻrsatib sharmanda qilish uchun ularning liboslarini yechib, jannatdan chiqarganidek, sizlarni ham aldab, fitna qilmasin. Chunki u va uning tarafdorlari sizlar ularni koʻrmaydigan jihatdan koʻrib turadi. Biz shaytonlarni iymon keltirmagan kimsalar uchun doʻst qilib qoʻydik.
Alloh ularga: “Sizlardan oldin oʻtgan jin va insonlardan iborat ummatlar orasida doʻzaxga kiringlar”, – deb aytadi. Har bir ummat doʻzaxga kirganda, dindosh birodarini laʼnatlaydi. Qachonki u yerda barchalari topishishgach, keyingi ummatlar avvalgilari uchun: “Ey Robbimiz, hov anavilar bizlarni yoʻldan adashtirgan edilar, endi ularga doʻzax azobini bir necha barobar bergin”, – deydilar. Shunda Alloh: “Har biringiz uchun bir necha barobar azob beriladi, lekin sizlar buni bilmaysizlar”, – deydi.
Oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan va ulardan yuz oʻgirib takabburlik qilgan kimsalar uchun samo eshiklari ochilmaydi. Toki tuya igna teshigiga kirmaguncha jannatga kira olmaydilar. Biz gunohkorlarni ana shunday jazolaymiz.
Iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan kimsalarni hech qaysi bir jonga kuchi yetmaydigan narsani taklif qilmaymiz. Ana ular jannat egalaridir va u yerda abadiy qoluvchilardir.
Jannat ahllarining dillaridan gina-kuduratlarni olib tashlaymiz. Ularning taglaridan anhorlar oqib turadi. Ular: “Bizlarni bu neʼmatlarga boshlagan Allohga hamdlar boʻlsin. Agar Alloh bizni bularga boshlamaganida, biz yoʻlimizni topa olmas edik. Robbimizning elchilari haqiqatni keltirgan ekanlar. Mana bu sizlarga qilgan yaxshi amallaringiz uchun meros qilib berilgan jannat deb, nido qilinadi.
Jannat ahli doʻzax ahliga qarata: “Robbimiz bizlarga nima vaʼda qilgan boʻlsa, uni chindan ham topdik. Sizlar ham Robbingiz vaʼda qilgan narsaning haqiqat ekanini topdinglarmi?” – deb nido qiladilar. Doʻzax ahli esa: “Ha, toptik”, – deydilar. Keyin oralaridan nido qiluvchi farishta jar solib: “Zolimlarga Allohning laʼnati boʻlsin”, – deydi.
Jannat va jahannam ahllari oʻrtasida bir toʻsiq bordir. Undagi Aʼrof tepasida barcha jannat va jahannam ahllarining siymolaridan tanib oladigan kishilar bordir. Ular jannat ahllariga: “Sizlarga salom boʻlsin”, – deb nido qiladilar. Ular jannatga kirishni qattiq orzu qiladilar, biroq unga kirolmay turadilar.