Jinlardan boʻlgan iblisni esa Odamdan oldin qizigan va tutunsiz olovdan yaratdik.
Siz qidirgan ج ن ن masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 201 ta oyat mavjud.
jannatlar, jannatda, jannat, jannatga, bir bog'ga, bir bog'i, va jannatga, va jannatlardir, jannatlarga, jannatni
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Jinlardan boʻlgan iblisni esa Odamdan oldin qizigan va tutunsiz olovdan yaratdik.
Albatta, Allohdan qoʻrqqan kimsalar bog‘lar va chashmalar ichidadir.
Ular ostidan anhorlar oqib turadigan mangu Adn jannatlariga kiradilar. Ular uchun u yerda xohlagan narsalari bordir. Alloh taqvo qilganlarni ana shunday mukofotlaydi.
Taqvodor kimsalarni gunohlardan pok boʻlgan hollarida, farishtalar jonlarini olayotib: “Sizlarga salom boʻlsin, qilib oʻtgan solih amallaringiz tufayli jannatga kiringlar”, – deydilar.
Ey Rasulim, ularga: “Qasam boʻlsinki, agar insoniyat va jinlar olami ushbu Qurʼonning oʻxshashini keltirish uchun birlashib, agarda bir-birlariga yordamchi boʻlsalar ham uning oʻxshashini keltira olmaydilar”, – deb ayting.
Yoki sening xurmozor, uzumzor bog‘ing boʻlib, uning oʻrtasidan yorib anhorlar chiqarmaguningcha ham, ishonmaymiz.
Aynan ular uchun ostilaridan anhorlar oqib turadigan mangu Adn nomli jannatlar bor boʻlib, ular u yerda oltin bilakuzuklar bilan bezanadilar hamda yupqa va qalin ipakdan yashil liboslar kiyib soʻrilarda suyanib oʻtiradilar. U naqadar yaxshi mukofot va naqadar chiroyli boʻlgan maskan.
Ey Muhammad, ularga ikki kishi haqidagi misolni keltiring. Ulardan biri uchun ikki uzumzor bog‘ qilib bergan edik. U ikki bog‘ni xurmozor bilan oʻrab va oʻrtasini ekinzor qilgan edik.
Oʻsha ikki bog‘ hech narsani qoldirmay hosilini bekam-koʻst berar, ularning oʻrtasidan anhor oqizib qoʻygan edik.
U oʻz nafsiga zulm qilgan holda, bog‘iga kirib: “Bu boyligim hech qachon yoʻq boʻlib ketadi deb oʻylamayman”, – dedi.
Sen bog‘ingga kirganingda: “Bu Allohning irodasi, kuch-quvvat faqat Alloh bilandir”, – deganingda edi, durust boʻlardi. Agarda sen meni mol-dunyo va bola-chaqa jihatidan oʻzingdan kamroq deb bilsang.
Ajab emas, Robbim menga sening bog‘ingdan koʻra yaxshiroq bog‘ ato etar va sening bog‘ingga osmondan ofat yuborar, natijada, u silliq yerga aylanib qolar.
Vaqtiki, farishtalarga Odamga sajda qiling, – deyishimiz bilan barchalari sajda qildilar. Faqat iblis sajda qilmadi. U jinlardan edi. Bas, iblis Robbisining amridan tashqariga chiqdi. Ey Odam bolalari, Meni qoʻyib, u iblisni va zurriyotlarini doʻst qilib olasizlarmi?! Axir ular sizlarga dushman-ku! Allohni qoʻyib va shaytonni doʻst tutish zolimlar uchun qanday yomon almashishdir.
Albatta, iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan zotlar uchun Firdavs jannati manzil boʻladi.
Faqat iymon keltirib, solih amallarni qilgan kishilargina bundan xoli boʻlib jazoga tortilmaydilar. Bas, ular abadiy jannatga kiradilar va ularga hech narsada zulm qilinmaydi.
Ular Rahmonning bandalariga g‘aybdan vaʼda qilgan Adn nomli abadiy qolinadigan jannatlarga kiradilar. Albatta, Uning vaʼdasi oʻz vaqtida keluvchidir.
Bandalarimizdan taqvodor boʻlgan kishilarga Biz meros qilib beradigan jannat mana budir.
Ularga ostidan anhorlar oqadigan, u yerda doimiy qoladigan Adn nomli mangulik jannatlari boʻladi. Bu shirk va kufrdan pok boʻlgan kishilarning mukofotidir.
Biz: “Ey Odam, albatta, bu iblis senga ham, juftingga ham dushmandir. Yana u ikkovingizni jannatdan chiqarib yubormasin, aks holda baxtsiz boʻlib qolasan”, – degan edik.
Bas, Odam bilan Havvo undan yeyishlari bilan ularning avratlari ochilib qoldi va oʻzlarini jannat yaproqlari bilan toʻsa boshladilar. Odam Robbisiga osiy boʻlib, adashdi.