Albatta, Alloh iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni tagidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritadi. Albatta, Alloh nimani xohlasa oʻshani qiladi.
Siz qidirgan ج ن ن masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 201 ta oyat mavjud.
jannatlar, jannatda, jannat, jannatga, bir bog'ga, bir bog'i, va jannatga, va jannatlardir, jannatlarga, jannatni
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Albatta, Alloh iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni tagidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritadi. Albatta, Alloh nimani xohlasa oʻshani qiladi.
Albatta, Alloh iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalarni tagidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritadi. Ular u yerda oltin bilakuzuklar va marvaridlar bilan bezanadilar. U yerdagi kiyimlari esa ipakdan boʻladi.
U kunda hukmronlik yolg‘iz Alloh uchundir. Allohning Oʻzi ular oʻrtasida hukm qiladi. Bas, iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalar neʼmatlanish jannatlaridalar.
Keyin Biz sizlar uchun bu suv bilan xurmo va uzum bog‘larini paydo qildik. Sizlar uchun u bog‘larda koʻp mevalar bor va sizlar ulardan yeysizlar.
U faqat bir telba odamdir. Bas, uni bir oz vaqtgacha kuzatib turinglar.
Yoxud unda telbalik bor, deb aytadilarmi?! Yoʻq, Muhammad ularga haqiqatni keltirdi. Ularning koʻpchiliklari esa, haqiqatni yomon koʻruvchilardir.
Ular yana: “Yoki unga osmondan ehtiyoji uchun xazina tashlansa yoxud uning uchun bir bog‘ boʻlib, undan tanovul qilsa edi”, – deb aytadilar. Zolimlar moʻminlarga qarata: “Sizlar faqat bir sehrlangan kishiga ergashmoqdasiz”, – dedilar.
Agar istasa, sizga shu dunyodayoq ular aytgan narsalardan yaxshirog‘ini, tagidan anhorlar oqib turadigan bog‘larni va siz uchun qasrlar qilib bera oladigan Zot ulug‘dir.
Ey Muhammad, ularga: “Qani, mana shu doʻzax yaxshimi yoki taqvodorlarga mukofot va qaytish joyi boʻlib, ularga vaʼda qilingan abadiylik jannatimi?!” deb ayting.
Jannat ahllari esa u kunda eng yaxshi maskan va eng chiroyli oromgohlarda boʻladilar.
Firʼavn: “Sizlarga yuborilgan bu payg‘ambaringiz, aniq, telbadir”, – dedi.
Bas, firʼavn va unga ergashganlarni bog‘lar va buloqlardan ayirdik.
Yana meni neʼmatlar jannatining vorislaridan qilgin.
U kunda jannat taqvodorlarga yaqinlashtiriladi.
Goʻzal bog‘lar va buloqlar bilan ham madad berdi.
Soʻlim bog‘lar va tiniq buloq ichidami?
Ey Muso, asongni tashla. Bas, qachonki, Muso asosining xuddi u ilondek harakat qilayotganini koʻrgach, ortiga qaramay qochdi. Shunda Biz unga: “Ey Muso, qoʻrqmagin! Zero, Mening huzurimda payg‘ambarlar qoʻrqmaydi”, – dedik.
Sulaymon uchun jin, ins va qushlardan iborat lashkarlari toʻplanib, uning qarshisida tizilgan hollarida turdilar.
Shunda Sulaymonning amridagi kuchli jinlardan boʻlgan ifrit: “Men uni senga oʻrningdan turishingdan oldin keltiraman. Albatta, men bunga qodir va ishonchlidirman”, – dedi.
Asongni yerga tashla! Bas, qachonki, Muso uni ilondek qimirlayotganini koʻrgach, orqasiga qaramay qochdi. Unga: “Ey Muso, orqangga qayt va qoʻrqma, albatta, sen xavfdan omonda boʻlgan kishilardansan!” – deyildi.