Jannat ahllari astarlari qalin ipakdan boʻlgan koʻrpachalar ustida yastangan hollarida oʻtiradilar. U ikki jannat mevalari qoʻl uzatgudek ularga yaqindir.
Siz qidirgan ج ن ن masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 201 ta oyat mavjud.
jannatlar, jannatda, jannat, jannatga, bir bog'ga, bir bog'i, va jannatga, va jannatlardir, jannatlarga, jannatni
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Jannat ahllari astarlari qalin ipakdan boʻlgan koʻrpachalar ustida yastangan hollarida oʻtiradilar. U ikki jannat mevalari qoʻl uzatgudek ularga yaqindir.
U jannatlarda koʻzlarini begonalardan tiyuvchi hur qizlar bor boʻlib, ularga ilgari ins ham jin ham tegmagan.
U ikki jannatdan pastroqda yana ikki bog‘ bordir.
Ularga ilgari ins ham jin ham tegmagandir.
Noz-neʼmat bog‘larida boʻladilar.
Uning uchun rohat, rayhon xidlari va neʼmatlanish jannati bordir.
Moʻmin va moʻminalarning oldilarida va oʻng tomonlarida qilgan yaxshi amal nurlari yoʻllarini yoritib ketayotganini koʻradigan kunni eslang! Oʻsha kunda ularga: “Sizlar uchun bugungi xushxabar – ostidan anhorlar oqib turadigan, mangu qolinadigan jannatlardir. Ana shu katta yutuqdir!” – deyiladi.
Ey insonlar, Robbingiz tomonidan boʻladigan mag‘firatga hamda Alloh va Uning payg‘ambarlariga iymon keltirgan kimsalar uchun tayyorlab qoʻyilgan, kengligi osmon va Yerning kengligi kabi boʻlgan jannatga shoshilinglar! Bu Allohning fazli boʻlib, uni Oʻzi xohlagan kishilarga ato qiladi. Alloh buyuk fazl sohibidir.
Ular oʻzlarining yolg‘on qasamlarini qalqon qilib olib, odamlarni Allohning yoʻlidan toʻsdilar. Bas, ular uchun xor qiluvchi azob bordir.
Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan qavmning Allohga va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilar bilan doʻstlashganlarini topmaysiz. Hatto ular oʻz otalari, yoki farzandlari, yoki aka-ukalari, yoki qarindosh urug‘lari boʻlsa ham. Aynan ularning qalblariga Alloh iymonni bitib qoʻygan va ularni oʻz tomonidan boʻlgan ruh bilan quvvatlantirgan. Alloh ularni taglaridan anhorlar oqib turadigan va u yerda mangu qoladigan jannatlarga kiritadi. Alloh ulardan rozi boʻladi va ular ham Allohdan rozi boʻladilar. Aynan ular Allohning hizbidirlar. Ogoh boʻlinglarki, albatta, Allohning hizbigina najot topuvchilardir!
Doʻzax ahli bilan jannat ahli hech qachon barobar boʻlmaydi. Jannat ahli yutuqqa erishgan zotlardir.
Doʻzax ahli bilan jannat ahli hech qachon barobar boʻlmaydi. Jannat ahli yutuqqa erishgan zotlardir.
Agar shunday qilsangizlar, Alloh sizlarning gunohlaringizni kechiradi hamda sizlarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga va Adn jannatlardagi pokiza maskanlarga kiritadi. Ana oʻsha ulkan yutuqdir.
Agar shunday qilsangizlar, Alloh sizlarning gunohlaringizni kechiradi hamda sizlarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga va Adn jannatlardagi pokiza maskanlarga kiritadi. Ana oʻsha ulkan yutuqdir.
Ular oʻzlarining musulmon ekanliklari haqida ichgan yolg‘on qasamlarini qalqon qilib olib, odamlarni Alloh yoʻlidan toʻsdilar. Ularning qilib yurgan amallari naqadar yomondir!
Alloh sizlarni toʻplaydigan “jamlanish kuni”ni eslanglar! Bu odamlar oʻzaro aldanib qoladigan kundir. Kimki Allohga iymon keltirgan va yaxshi amal qilgan boʻlsa, Alloh uning yomonliklarini oʻchiradi va uni ostidan anhorlar oqib turadigan, abadiy qolinadigan jannatlarga kiritadi. Bu esa ulkan mukofotdir.
Iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun sizlarga Allohning bayon qiluvchi oyatlarini tilovat qiladigan payg‘ambarni yubordi. Kimki Allohga iymon keltirsa va yaxshi amallar qilsa, Alloh uni tagidan anhorlar oqib turadigan hamda abadiy qolinadigan jannatlarga kiritadi. Haqiqatan, Alloh uning uchun goʻzal jannatning tuganmas rizqini ato qilgandir.
Ey iymon keltirganlar, Allohga xolis tavba qilinglar, shoyadki, Robbingiz yomonliklaringizni oʻchirib, sizlarni tagidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritsa! U kunda Alloh payg‘ambarni va u bilan birga iymon keltirganlarni sharmanda qilmaydi. Ularning nurlari oldilarida va oʻng tomonlarida yuradi. Ular: “Ey Robbimiz, Oʻzing bizlarga nurimizni batamom qilib bergin va bizlarni mag‘firat qilgin. Albatta, Sen har narsaga qodirdirsan”, – deydilar.
Alloh iymon keltirgan kimsalar haqida firʼavnning xotinini misol keltirdi. Oʻshanda u: “Ey Robbim, Oʻzing men uchun huzuringdagi jannatda bir uy bino qilgin, menga firʼavn va uning qilmishidan najot bergin. Meni zolimlar qavmidan xalos qilgin!” – dedi.
Ey Muhammad, siz Robbingizning neʼmati bois majnun emasdirsiz.