Albatta, Biz Makka ahlini avval bog‘ egalarini sinaganimizdek sinab koʻrdik. Oʻshanda ular, albatta, bu bog‘ hosilini erta tongda uzib olamiz deb qasam ichgan edilar.
Siz qidirgan ج ن ن masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 201 ta oyat mavjud.
jannatlar, jannatda, jannat, jannatga, bir bog'ga, bir bog'i, va jannatga, va jannatlardir, jannatlarga, jannatni
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Albatta, Biz Makka ahlini avval bog‘ egalarini sinaganimizdek sinab koʻrdik. Oʻshanda ular, albatta, bu bog‘ hosilini erta tongda uzib olamiz deb qasam ichgan edilar.
Albatta, taqvodorlar uchun Robbilari huzurida neʼmatlanish jannatlari bordir.
Albatta, kufr keltirgan kimsalar eslatma boʻlib kelgan Qurʼonni eshitgan vaqtlarida, Sizni koʻzlari bilan yiqitishlariga oz qolar edi va “U aniq majnundir”, – deydilar.
Oliy jannatda boʻladi.
Aynan oʻshalar jannatlarda ikrom qilinuvchilardir.
Yoki ulardan har bir kishi neʼmatlanish jannatiga kiritilishni tama qiladimi?!
Sizlarga mol-dunyo, farzandlar bilan madad beradi hamda sizlarga chiroyli bog‘lar ato qiladi va sizlarga anhorlarni ham ato qiladi.
Ey Muhammad: “Menga vahiy qilindiki, jinlardan bir necha nafari Qurʼon tilovat qilganimni eshitib, oʻz qavmlariga borib, “Darhaqiqat, bizlar ajoyib bir Qurʼonni eshitdik”, deganlarini ayting.
Bizlar esa, ins ham, jin ham Alloh shaʼniga aslo yolg‘on soʻzlamaydi, deb oʻylar edik.
Insdan boʻlgan ayrim kishilar jindan boʻlgan kimsalardan panoh tilashardi, Bas, insonlar u jinlarning yomonligini yanada ziyoda qildilar.
Ular jannatlarda bir-birlari bilan savol-javob qiladilar.
Yana sabrlari sababli ularni jannat va egnilariga ipak liboslar bilan mukofotlaydi.
Shuningdek, qalin bog‘larni ham yaratdik.
Bas, albatta, jannat unga joy boʻladi.
Jannat taqvodorlarga yaqin qilinganida,
Sizlarning sohibingiz Muhammad majnun emasdir.
Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalarga tagidan anhorlar oqib turadigan jannatlar bordir. Bu esa katta yutuqdir.
Ular oliy jannatdadirlar.
Hamda jannatimga kirgin!
Robbilari huzuridagi ularning mukofotlari tagidan anhorlar oqib turadigan Adn jannatlaridir. Ular oʻsha joyda abadiy qoluvchidirlar. Alloh ulardan rozi boʻladi, ular Allohdan rozi boʻladilar. Bu mukofot Robbisidan qoʻrqqan kishilar uchundir.