Bordi-yu qilolmasangiz, shundoq ham hech qachon qilolmaysizlar-da, u holda doʻzax olovidan qoʻrqinglar. Doʻzaxning yoqilg‘isi odamlar va toshlardan yasalgan butlar bilan toʻla boʻlib, kofirlar uchun tayyorlab qoʻyilgandir.
Siz qidirgan ح ج ر masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 21 ta oyat mavjud.
va toshlardir, toshga, tosh kabi, shunday tosh, birlashganingiz, tegib bo'lmaydi, tosh, toshlar, Hijr, haromdir
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Bordi-yu qilolmasangiz, shundoq ham hech qachon qilolmaysizlar-da, u holda doʻzax olovidan qoʻrqinglar. Doʻzaxning yoqilg‘isi odamlar va toshlardan yasalgan butlar bilan toʻla boʻlib, kofirlar uchun tayyorlab qoʻyilgandir.
Ey bani Isroil avlodlari, Muso oʻz qavmi uchun suv talabida boʻlganida, “asong bilan toshga urgin”, – deganimizni esga olinglar. Oʻshanda undan oʻn ikkita buloq otilib chiqqan edi. Shundan soʻng oʻn ikki qabilaning har bir odamlari oʻzlarining suv ichadigan joylarini bilib oldilar. Alloh ato etgan rizqidan yeb-ichinglar va Yer yuzida fasod tarqatuvchilardan boʻlib, buzg‘unchilik qilmanglar.
Mana shu moʻʼjizalarni koʻrgandan keyin ham qalblaringiz qattiq boʻldi. U koʻngillaringiz toshdek hatto undan ham qattiqroqdir. Chunki toshlardan shundaylari borki, undan daryolar otilib chiqadi, yana shundaylari ham borki, yorilib undan suv chiqadi va yana shundaylari ham borki, Allohdan qoʻrqqanidan dumalab yuqoridan pastga qulaydi. Alloh sizlar qilayotgan ishlaringizdan bexabar emasdir.

Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emishgan opa-singillaringiz, qaynonalaringiz, oʻzlari bilan jinsiy aloqada boʻlgan xotinlaringizning avvalgi erlaridan boʻlgan va hozirda sizning tarbiyangizda boʻlgan oʻgay qizlaringizga uylanish harom qilindi. Biroq ularning onalari bilan hali jinsiy aloqada boʻlmay turib taloq qilgan boʻlsangiz, avvalgi erlaridan tug‘ilgan qizlariga uylanishingizda sizlarga gunoh yoʻqdir. Shuningdek, yana pushtingizdan boʻlgan oʻg‘illaringizning xotinlari va opa-singilni birga qoʻshib nikohga olishingiz harom qilindi. Magaram, oldin boʻlib oʻtgan boʻlsa, u kechiriladi. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ular yana oʻzlaricha: “Bu hayvonlar va ekinlarning isteʼmoli man qilingandir. Uni faqat biz istaganlar yeyishi mumkin. Hamda hayvonlarning ustiga minish harom qilingandir. Baʼzi hayvonlar soʻyilayotganda ularga Allohning nomi aytilmaydi”, – deb, U Zotning shaʼniga boʻhton toʻqiydilar. Alloh qilayotgan tuhmatlari uchun yaqinda ularni jazolaydi.
Biz ularni qabila holida oʻn ikki guruhga boʻlib qoʻydik. Muso oʻz qavmi uchun suv talabida boʻlganida, “Asong bilan toshga urgin”, – deb vahiy qildik. Oʻshanda undan oʻn ikkita buloq otilib chiqqan edi. Darhaqiqat, oʻn ikki qabilaning har bir odamlari oʻzlarining suv ichadigan joyini bilib oldilar. Hamda jazirama issiqdan saqlanishlari uchun bulutni tepalariga soyabon qildik. Osmondan ularga shirinlik va bedanalar tushirib: “Sizlarga rizq qilib bergan toza narsalarimizdan yenglar”, – dedik. Bani Isroil avlodlari Bizga zulm qilmadilar, balki oʻzlariga zulm qilgan edilar.
Yana ularning: “Yo Alloh, agarda mana shu Qurʼon Sening huzuringdan, haqiqatan, nozil qilingan boʻlsa, u holda mayli, ustimizga samodan tosh yog‘dir yoki bizlarga alamli azobni keltir”, – deganlarini eslang.
Farmonimiz boʻlgan halokat kelganida u yerni ostin-ustun qilib yubordik va ularning ustiga sopoldan iborat qizitilgan toshlarni ketma-ket yog‘dirdik.
Bas, Biz u shaharni ostin-ustun qilib yubordik va ularning ustiga sopoldan iborat qizitilgan toshlarni ketma-ket yog‘dirdik.
Aniqki, Samud qavmining Hijr vodiysi egalari ham payg‘ambarlari Solihni yolg‘onchiga chiqargan edilar.
Ey Muhammad, ularga: “Xoh tosh boʻling xoh temir boʻling, baribir qayta tirilasizlar”, – deb ayting.
Ular farishtalarni koʻradigan qiyomat kunida jinoyatchilar uchun u kun hech qanday xushxabar yoʻqdir. Farishtalar ularga: “Sizlarga xushxabar butunlay haromdir”, – deydilar.
Ular farishtalarni koʻradigan qiyomat kunida jinoyatchilar uchun u kun hech qanday xushxabar yoʻqdir. Farishtalar ularga: “Sizlarga xushxabar butunlay haromdir”, – deydilar.
Alloh ikki dengizni bunisi chuchuk va shirin, unisi shoʻr va achchiq qilib oqizib qoʻygan va aralashib ketmasligi uchun ularning oʻrtasida toʻsiq va ochilmas parda qilib qoʻygan Zotdir.
Alloh ikki dengizni bunisi chuchuk va shirin, unisi shoʻr va achchiq qilib oqizib qoʻygan va aralashib ketmasligi uchun ularning oʻrtasida toʻsiq va ochilmas parda qilib qoʻygan Zotdir.
Ey Muhammad, albatta, ayollaringiz yashaydigan hujralar orqasidan turib, sizni chaqiradigan kimsalarning koʻplari aql ishlatmaydilar.
Loydan pishirilgan toshlarni ularning ustiga yog‘dirishimiz uchun keldik.
Ey iymon keltirganlar, oʻzlaringizni va oila aʼzolaringizni yoqilg‘isi odamlar va toshlar boʻlgan doʻzaxdan saqlanglar. U yerda qattiqqoʻl va darg‘azab, Alloh buyurgan narsaga osiylik qilmaydigan, faqat buyurilgan ishni qiladigan farishtalar turadilar.
Mana shu narsalarda aql egasi uchun yetarli qasam bormi?