Agar sizlardan bir toifa menga yuborilgan dinga iymon keltirib va boshqa bir toifa iymon keltirmagan boʻlsa, unda Alloh oramizda hukm chiqarguncha sabr qilib turinglar. U hukm qiluvchilarning yaxshirog‘idir.
Siz qidirgan ح ك م masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 210 ta oyat mavjud.
hokim bo'lgansan, hukm beradi, va hikmatini, Hokim bo'lgan, hokimlar(ning oldi)ga, hukm va hikmat egasidir, hukm qilmoq uchun, hokimdir, va Hikmat(dan), va hikmat
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Agar sizlardan bir toifa menga yuborilgan dinga iymon keltirib va boshqa bir toifa iymon keltirmagan boʻlsa, unda Alloh oramizda hukm chiqarguncha sabr qilib turinglar. U hukm qiluvchilarning yaxshirog‘idir.
Alloh sizlarga bu madadni xushxabar boʻlishi va qalblaringiz taskin topishi uchun qildi. Zero, g‘alaba faqat Alloh tarafidan boʻladi. Shubhasiz, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Munofiqlar va qalblarida illat boʻlgan kimsalar: “Hov anavi musulmonlarning dinlari ularni juda mag‘rurlantirib yuboribdi”, – deganlarini esga oling. Kimki Allohga suyansa, albatta, g‘olibdir. Shubhasiz, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Hamda moʻminlarning qalblarini oʻzaro birlashtirgan Zotdir. Agar siz Yer yuzidagi barcha narsani sarf qilsangiz ham, ularning qalblarini birlashtira olmas edingiz. Lekin Alloh ularning oralarini birlashtirdi. Shubhasiz, U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Biror bir Payg‘ambar uchun toki Yer yuzida dushmanlarga zarba berib kuchga toʻlmaguncha asirlarga ega boʻlib, keyin ularni fidya evaziga qoʻyib yuborish toʻg‘ri boʻlmaydi. Siz moʻminlar esa oʻtkinchi dunyoning manfaatini xohlaysiz. Holbuki, Alloh sizlarga oxirat neʼmatlarini berishni xohlaydi. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Ey Rasulim! Agar asirlar oʻz soʻzida turmay sizga xiyonat qilmoqchi boʻlishsa, tashvishlanmang, darhaqiqat, ular avval ham Allohga xiyonat qilgan edilar. Shuning uchun ham, Alloh sizga ularning ustidan g‘alaba imkonini berdi. Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Shuningdek, kofirlardan aziyat chekkan qalblarining alamlarini ketkazadi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, albatta, Allohga shirk keltirganlar nopok kimsalardir, bas, endi ular bu yillaridan keyin Masjid ul-Haromga yaqinlashmasinlar. Agarda sizlar mushriklarning haj mavsumida Makkaga keltiradigan oziq-ovqatlar va boshqa tijoratga oid narsalar toʻxtab qolishi sababli kambag‘allikdan qoʻrqsangizlar, Bas, agar Alloh xohlasa Oʻz fazli bilan tezda sizlarni boy-badavlat qilib qoʻyadi.
Agar sizlar Muhammad payg‘ambarga yordam qilmasangiz ham, darhaqiqat, Alloh unga yordam qilgan. Oʻshanda kufr keltirganlar uni bir hamrohi bilan, yaʼni ikki kishining biri boʻlgan holida uni yurtlari boʻlgan Makkadan chiqarganlarida, ikkovlari g‘orda turib, Muhammad sollallohu alayhi vasallam hamrohi Abu Bakr roziyallohu anhuga: “Tashvishlanma! Albatta, Alloh biz bilan birgadir!” – deb aytgan edi. Keyin Alloh uning ustiga xotirjamlik tushirdi va sizlar uni koʻrmagan lashkarlar bilan uni qoʻlladi. Shuningdek, kufr keltirganlarning botil soʻzini tuban qildi. Allohning soʻzi esa, u eng oliydir. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Sadaqalar va zakotlarni faqatgina faqirlar, miskinlar, sadaqa yig‘ishda ishlovchilar, koʻngillari islomga oshno qilinuvchi kishilar, haq toʻlab ozod etiluvchi qullar, qarzdorlar, Alloh yoʻlidagilar hamda yoʻlovchilarga berish Alloh tomonidan farz qilindi. Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Moʻmin erkaklar va moʻmina ayollar bir-birlariga doʻstdirlar. Ular insonlarni doimo yaxshilikka buyuradilar va yomonlikdan qaytaradilar, namozlarni toʻla-toʻkis ado etadilar, nisobga yetgan mollaridan zakotni beradilar hamda Alloh va Rasuliga itoat qiladilar. Aynan oʻshalarga Alloh tezda marhamat koʻrsatadi. Shubhasiz, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Odatda Madina atrofidagi choʻllarda koʻchmanchi hayot kechiradigan badaviylar oʻtroq hayot kechiradigan shaharliklarga qaraganda inkor va munofiqlikda ashaddiyroq hamda Alloh Rasuliga nozil qilgan narsalar hududini bilmasliklari aniqroqdir. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Shuningdek, ular orasida Allohning amriga havola qilingan boshqalar ham bor. Alloh ularni yo azoblaydi, yoki tavbalarini qabul qiladi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Qurgan binolari buzilib, oʻlim shiddati bilan to yuraklari yorilgungacha qalblarida gumonda boʻlib qolaveradi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Alif, Lom, Ro. Ushbular hikmat toʻla kitob oyatlaridir.
Ey Rasulim, ularga: “Sherik qilgan butlaringiz ichidan haq yoʻlga soladigani bormi?!” – deb ayting. Yana ularga: “Faqat Alloh haq yoʻlga boshlaydi”, – deng. Haq yoʻlga boshlaydigan Zot boʻlgan Alloh ergashilishga haqliroqmi yoki yoʻlga sola olmaydigan, balki oʻzi yoʻlga solinishga muhtoj kimsami?! Bas, ey qavmim, sizlarga nima boʻldi?! Qanday hukm chiqaryapsiz oʻzi?!
Ey Rasulim, siz, faqat oʻzingizga vahiy qilingan narsaga ergashing va toki Alloh hukm qilguncha sabr qiling. Albatta, U hukm qiluvchilarning eng yaxshisidir.
Ey Rasulim, siz, faqat oʻzingizga vahiy qilingan narsaga ergashing va toki Alloh hukm qilguncha sabr qiling. Albatta, U hukm qiluvchilarning eng yaxshisidir.
Alif, Lom, Ro. Bu oyatlari mustahkam qilingan, soʻngra hikmat sohibi – Hakim va barcha narsalardan xabardor boʻlgan – Xobir Zot tomonidan batafsil bayon qilingan kitobdir.
Alif, Lom, Ro. Bu oyatlari mustahkam qilingan, soʻngra hikmat sohibi – Hakim va barcha narsalardan xabardor boʻlgan – Xobir Zot tomonidan batafsil bayon qilingan kitobdir.