Shaytonga boʻysungan ana shunday kimsalarning borar yeri jahannamdir. Undan qutulib qoladigan bir joy topa olmaydilar.
Siz qidirgan ح ي ص masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 5 ta oyat mavjud.
qochish (imkoni), qochib sig'inadigan joy, qochadigan joy
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Shaytonga boʻysungan ana shunday kimsalarning borar yeri jahannamdir. Undan qutulib qoladigan bir joy topa olmaydilar.
Qiyomat kunida barcha odamlar Allohning huzuriga chiqdilar. Takabburlik qilgan kimsalarga bechorahol ergashuvchilar: “Bizlar dunyo hayotida sizlarga tobe edik, endi sizlar bizlarni Allohning biror azobidan qutqaruvchi boʻla olasizlarmi?” – dedilar. Shunda ular: “Agar Alloh bizni haq yoʻlga hidoyat qilganida, biz ham sizlarni hidoyat qilgan boʻlar edik. Endi esa, dod-faryod qilamizmi yoki sabr qilamizmi, biz uchun baribir. Bizga endi qochishga joy yoʻq”, – dedilar.
Oʻzlari oldin iltijo qilib oʻtgan narsalari ulardan g‘oyib boʻldi. Ular oʻzlari uchun Allohning azobidan qochadigan biror joy yoʻq ekanligiga toʻliq ishondilar.
Oyatlarimiz haqida tortishadigan kimsalar oʻzlari uchun Allohning azobidan qochib qutuladigan joy yoʻq ekanini bilib olsinlar!
Quraysh kofirlaridan oldin ulardan ham quvvatliroq qanchadan-qancha nasllarni halok qildik. Bas, ular halokatdan qochib qutiladigan joy bormi?” – deb shaharlarni kezib yurdilar.