Biz osmonlar va Yerni hamda ularning orasidagi narsalarni behudaga oʻynab yaratmaganmiz.
Siz qidirgan خ ل ق masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 261 ta oyat mavjud.
sizlarni yaratdi, yaratdi, bir nasibi, yaratilishida, nasibi, yaratganini, yaratadi, yaratayin, Uni yaratdi, bir ulushi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Biz osmonlar va Yerni hamda ularning orasidagi narsalarni behudaga oʻynab yaratmaganmiz.
Biz ularni faqat haq hikmat bilan yaratganmiz. Lekin ularning aksariyati bilmaydilar.
Hamda sizlarning yaratilishingizda va Alloh yer yuziga tarqatib yuborgan jonivorlardan iborat narsalarda ham aniq ishonadigan qavm uchun ibratli alomatlar bordir.
Alloh osmonlar va Yerni haq hikmat bilan, har bir jon qilgan kasbiga yarasha, zulm qilinmagan holida jazo yoki mukofot olishi uchun yaratgan.
Biz osmonlar va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi narsalarni faqat haq hikmat va qiyomatgacha belgilangan maʼlum muddat bilan yaratdik. Kufr keltirgan kimsalar esa oʻzlari ogohlantirilgan narsadan yuz oʻgiruvchidirlar.
Ey Muhammad, mushriklarga: “Sizlar Allohni qoʻyib iltijo qilayotgan butlaringiz haqida xabar berib menga koʻrsatinglar-chi, ular yerdan nimani yaratganlar?! Yoki ular uchun osmonlarni yaratishda sheriklik bormi?! Agar rostgoʻy boʻlsangizlar, menga ushbu Qurʼondan oldin nozil qilingan biror kitobni yoki biror ilmiy asarni keltiringlar-chi!” – deb ayting.
Axir, oxiratni inkor qiluvchilar osmonlar va Yerni yaratgan, ularni yaratishda behol boʻlmagan Alloh oʻliklarni tiriltirishga ham qodir ekanligini oʻylab koʻrmadilarmi?! Yoʻq! Albatta, U barcha narsaga qodir Zotdir.

Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishlaringiz uchun sizlarni turli-tuman xalqlar va qabila va elatlar qilib qoʻydik. Albatta, Alloh nazdida eng mukarramingiz taqvodorrog‘ingizdir. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Axir, Biz avvalgi yoʻqdan bor qilib yaratishga ojizlik qildikmi? Yoʻq, ular yangi yaralishdan shubhadalar.
Axir, Biz avvalgi yoʻqdan bor qilib yaratishga ojizlik qildikmi? Yoʻq, ular yangi yaralishdan shubhadalar.
Insonni Biz yaratganmiz, demak, uning nafsi vasvasa qiladigan, narsalarni ham bilamiz. Biz unga jon tomiridan ham yaqinroqmiz.
Biz osmonlar va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi barcha narsani olti kunda yaratdik va Bizga hech qanday charchoq yetmadi.
Sizlar eslatma olishlaringiz uchun Biz har bir narsani juft-juft qilib yaratdik.
Men jin va ins toifasini faqatgina Menga ibodat qilishlari uchun yaratdim.
Yoki ular hech narsasiz yaralib qolganmilar?! Yoki ular oʻzlari yaratuvchimilar?!
Yoki ular hech narsasiz yaralib qolganmilar?! Yoki ular oʻzlari yaratuvchimilar?!
Yoki ular osmonlar va Yerni ham yaratgandirlar?! Yoʻq, ular haq soʻzga ishonmaydilar!
Shubhasiz, erkak va ayol juftlarni ham yaratgan Uning Oʻzidir.
Albatta, Biz har bir narsani oʻlchov bilan yaratdik.