U insonni yaratdi.
Siz qidirgan خ ل ق masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 261 ta oyat mavjud.
sizlarni yaratdi, yaratdi, bir nasibi, yaratilishida, nasibi, yaratganini, yaratadi, yaratayin, Uni yaratdi, bir ulushi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
U insonni yaratdi.
U insonni sopolga oʻxshash quruq loydan yaratdi.
Jin va shaytonlarni esa olovdan yaratdi.
Ey insonlar, sizlarni axir Biz yaratdik-ku! Bas, yana qayta yarata olishimizga ishonmaysizlarmi?!
Uni sizlar inson qilib yaratasizlarmi yoki Biz yaratuvchimizmi?!
Uni sizlar inson qilib yaratasizlarmi yoki Biz yaratuvchimizmi?!
U osmonlar va Yerni olti kunda yaratib, soʻngra Oʻz ilmi va qudrati bilan Arshni egallagan Zotdir. U yerga kiradigan narsalarni ham, undan chiqadigan narsalarni ham, osmondan tushadigan narsalarni ham, unga koʻtariladigan yaxshi amal va duolarni ham biladi. Sizlar qaerda boʻlsangizlar, U sizlar bilan birgadir. Alloh barcha qilayotgan amallaringizni koʻrib turuvchidir.
U Alloh, barcha maxluqotni yaratuvchi – Xoliq, yoʻqdan bor qiluvchi – Boriy, barcha narsaga surat va shakl beruvchi – Musavvir Zotdir. Uning goʻzal ismlari bordir. Osmonlar va Yerdagi barcha narsa Unga tasbeh aytadi. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
U sizlarni yaratgan Zotdir. Bas, sizlardan baʼzilaringiz kofir va sizlardan baʼzilaringiz moʻmindir. Alloh barcha qilayotgan amallaringizni koʻrib turuvchidir.
U osmonlar va Yerni haq hikmat bilan yaratdi va sizlarga surat berdi shu bilan birga suratlaringizni goʻzal qildi. Qaytish faqat Uning huzurigadir.
Alloh yetti qavat osmonni va Yerdan ham oʻshancha miqdorni yaratgan Zotdir. Allohning amri u osmon va Yer oʻrtasida nozil boʻlib turadi. Bular toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanini va Alloh barcha narsani Oʻz ilmi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchundir.
U oʻlim va hayotni sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq amal qiluvchi ekaningizni sinash uchun yaratgan Zotdir. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur Zotdir.
U yetti osmonni qavatma-qavat qilib yaratgan Zotdir. Siz Rahmonning yaratishida biror tafovut va nuqsonni koʻrmaysiz. Bas, koʻzingizni yana osmonga qaytarib koʻring-chi, biror kamchilik koʻrarmikansiz?
U yetti osmonni qavatma-qavat qilib yaratgan Zotdir. Siz Rahmonning yaratishida biror tafovut va nuqsonni koʻrmaysiz. Bas, koʻzingizni yana osmonga qaytarib koʻring-chi, biror kamchilik koʻrarmikansiz?
Axir yaratgan zot Oʻzi yaratgan narsalarini bilmaydimi?! U nozik narsalarni koʻra oluvchi – Latif va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Albatta, siz buyuk xulq ustidasiz!
Darhaqiqat, inson betoqat qilib yaratilgandir.
Yoʻq, axir, Biz ularni oʻzlari biladigan narsadan yaratganmiz!
Holbuki, U sizlarni bosqichma-bosqich yaratdi.
Alloh yetti qavat osmonni qanday ustma-ust qilib yaratganini koʻrmadingizmi?!