Nihoyat vaqti kelib uni tuqqach hamda Alloh nima tuqqanini oʻzidan koʻra yaxshiroq biluvchi ekanini anglagani holda: “Ey Robbim, men oʻg‘il kutayotgan edim, uni qiz bola tug‘dim-ku!. Axir oʻg‘il bola qiz bola kabi emas. Darhaqiqat, men unga Maryam deb ism qoʻydim. Sendan unga va zurriyotiga badarg‘a qilingan shaytonning yomonligidan panoh berishingni soʻrayman”, – dedi.

