Ular yana: “Ey Robbimiz, nozil qilganing Injilga iymon keltirdik va payg‘ambar amrlariga ergashdik. Bas, bizni haqqa shohidlik qiluvchilar qatoriga yozgin”, – dedilar.
Siz qidirgan ر س ل masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 513 ta oyat mavjud.
payg'ambarlar, bir payg'ambar, va rosullariga, bir elchi, rosulingizdan, seni yubordik, rosulning (ham), Elchiga, yuborganimiz, bir Elchi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ular yana: “Ey Robbimiz, nozil qilganing Injilga iymon keltirdik va payg‘ambar amrlariga ergashdik. Bas, bizni haqqa shohidlik qiluvchilar qatoriga yozgin”, – dedilar.
Oʻshanda Alloh payg‘ambarlardan ahd olib: “Sizga kitob va hikmat berganimdan keyin oʻzingizdagi kitobni tasdiqlovchi Muhammad ismli bir Rasul kelsa, unga aniq ishonib, albatta, yordam qilasizlar!” – degan edi. Keyin yana: “Shunga iqror boʻlib, mazkur ahdnomaga koʻra masʼuliyati og‘ir yukimni qabul qildingizmi?!” – dedi. Ular: “Ha iqror boʻlib qabul qildik”, – deganlar. Shunda Alloh: “Unda barchangiz guvoh boʻlinglar, Men ham sizlar bilan mana shu ahdnomaga shohidlardanman”, – degan edi.
Iymon keltirib, Rasulni, shubhasiz, haq deb guvohlik berganlaridan va oʻzlariga ochiq-ravshan dalillar kelganidan keyin ham inkor qilib kufr keltirgan qavmni Alloh qanday qilib toʻg‘ri yoʻlga boshlasin?! Alloh zolim qavmlarni hidoyatga yetaklamaydi.
Sizlarga Allohning oyatlari oʻqib turilgan va orangizda Uning Rasuli boʻlgani holda qanday qilib kufr keltirasizlar?! Kimki Allohning dinini mahkam tutsa, darhaqiqat, u toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilinibdi.
Allohga va Rasulga itoat qilinglar. Shoyad, shunda Allohning rahmatiga sazovor boʻlasizlar.
Muhammad, faqat bir payg‘ambardir xolos. Darhaqiqat, undan oldin koʻplab payg‘ambarlar kelib ketgan. Agar u vafot etsa yoki oʻldirilsa, ortingizga qaytib ketasizlarmi? Kimki ortiga qarab kufrga qaytib ketsa, shuni bilib qoʻysin, u Allohga zarar yetkaza olmaydi. Alloh shukr qiluvchilarni mukofotlaydi.

Oʻshanda Rasul ortingizdan chaqirib tursa ham, hech kimga burilib qaramay, joyingizdan uzoqlashib ketganingizni eslang. Bundan keyin qoʻlingizdan ketgan narsaga ham, sizga yetgan musibatlarga ham mahzun boʻlmasligingiz uchun sizlarni g‘am ustiga g‘am bilan jazoladi. Alloh qilib turgan amallaringizdan xabardordir.
Darhaqiqat, Alloh oʻzlarini ichidan ularga oyatlarini oʻqib beradigan, shirk va gunohlardan tozalaydigan, kitob va hikmatdan taʼlim beradigan Payg‘ambar yuborib, moʻminlarga neʼmat berdi.
Ular jangda jarohat yetgandan keyin ham Alloh va Rasulning chaqirig‘iga javob berganlardir. U kimsalardan yaxshilik va taqvo qilganlar uchun ulkan ajrlar bordir.
Alloh moʻminlarni pokdan nopokni ajratmasdan, sizlarni hozirgi bu holatda tashlab qoʻymaydi. Shuningdek, Alloh sizlarni g‘aybdan xabardor qilib qoʻymadi. Biroq Alloh Oʻz Rasullaridan xohlagan kishisini tanlab oladi. Allohga va Uning Rasullariga iymon keltiringlar. Agar iymon keltirib, Allohdan qoʻrqsangiz, sizlar uchun ulkan ajr bordir.

Ular: “Bizga keltirgan bir qurbonlikni osmondan tushgan bir olov uni yeb qoʻymaguncha hech bir Rasulga iymon keltirmasligimiz haqida Alloh Tavrotda bizlardan ahd olgan”, – deb aytadilar. Ey Rasulim, ularga: “Mendan oldin ham sizning ajdodlaringizga dalillar va sizlar aytgan qurbonlik kabi moʻʼjizalar bilan koʻplab payg‘ambarlar kelgan edilar. Xoʻsh, agar gaplaringizda rostgoʻy boʻlsangizlar, nima uchun ularni qatl etdingiz?!” – deb ayting.

Ey Rasulim, agarda sizni yolg‘onchiga chiqarayotgan boʻlsalar, g‘amgin boʻlmang, darhaqiqat, sizdan oldin ochiq dalillar, sahifalar va nur tarqatuvchi kitob keltirgan Rasullar ham yolg‘onchiga chiqarilgan edilar.
Ey Robbimiz, bizga rasullaring orqali vaʼda qilganingni bergin va bizni qiyomat kuni sharmanda qilmagin. Darhaqiqat, Sen hech qachon vaʼdangga xilof qilmaysan.
Mana shu Allohning belgilab qoʻygan hududlaridir. Kim Alloh va uning Rasuliga itoat qilsa, uni tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlarga kiritadi. Ular u yerda abadiy qoluvchilardir. Mana bu katta yutuqdir.
Kim Alloh va Uning Rasuliga osiylik qilsa va Uning belgilab qoʻygan hadlaridan oshsa, uni u yerda mangu qoladigan doʻzaxga kiritadi. Hamda uning uchun u yerda xor qiluvchi azob bordir.
Kufr keltirganlar hamda Rasulga osiy boʻlganlar qiyomat kunida gunohlari tufayli yer bilan bir boʻlib ketishni istab qoladilar. Hamda Allohdan hech bir soʻzni yashira olmaydilar.
Ey iymon keltirganlar, Allohga itoat qilinglar. Hamda Payg‘ambarga va oʻzlaringizdan boʻlgan ahli iymon ishboshchi rahnamolarga ham itoat qilinglar. Agarda biror narsa haqida tortishib qolsangiz, uning yechimini Allohga va Rasulga qaytaringlar. Agarda Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan boʻlsangiz, shu yoʻlni tutinglar. Ana shunday qilishingiz xayrli va chiroyli natijadir.