Kunchiqar tomon boʻlgan sharq ham, kunbotar tomon boʻlgan g‘arb ham Allohnikidir. Demak, qaysi tarafga yuzingizni bursangiz, Allohning yuzi oʻsha yerdadir. Albatta, Alloh fazli karami keng – Vosiʼ va hamma narsani biluvchi – Aʼlim Zotdir.
Siz qidirgan أَيْنَ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 19 ta oyat mavjud.
qayerga, qayerda, qani qayerda?, qayerda?, qayersidir?, u holda qayerga?
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Kunchiqar tomon boʻlgan sharq ham, kunbotar tomon boʻlgan g‘arb ham Allohnikidir. Demak, qaysi tarafga yuzingizni bursangiz, Allohning yuzi oʻsha yerdadir. Albatta, Alloh fazli karami keng – Vosiʼ va hamma narsani biluvchi – Aʼlim Zotdir.
Har kimning unga qarab yuzlanadigan oʻz jihati bordir. Ey moʻminlar, sizlar xayrli ishlarni qilishda shoshilinglar. Dunyoning qaerida boʻlsangizlar ham, bir kun Alloh hammangizni hisob-kitob uchun mahsharda toʻplab keltiradi. Albatta, Alloh har narsaga kuchi yetadigan Zotdir.
Ular Allohning va musulmon insonlarning himoya tizginida boʻlmagan taqdirlarida, qaerda boʻlsalar ham, xorlikka mahkumdirlar. Ular Allohning g‘azabiga duchor boʻldilar. Hamda ularga xorlik tamg‘asi urib qoʻyilgandir. Buning sababi esa, Allohning oyatlarini inkor qilishlari va payg‘ambarlarni nohaq oʻldirishlaridir. Shuningdek, ularning qilgan isyonlari va haddan oshganlari sababidandir.
Qaerda boʻlsangiz ham oʻlim sizlarni topadi, hatto mustahkam qalʼalar ichida boʻlsangiz ham oʻlasizlar. Agar munofiqlarga biror bir yaxshilik yetib qolsa: “Bu Allohning huzuridandir”, – deb aytadilar. Bordi-yu ularga bir yomonlik yetib kelsa: “Bu sizning yuzingizdandir”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Hammasi Alloh taolo tomonidandir”, – deb ayting. Anavi qavmlarga nima boʻldiki, gap uqishni bilmaydilar?!
Biz u kunda ularning barchasini yig‘ib keyin shirk keltirgan kimsalarga qarata: “Iloh deb hisoblab yurgan sheriklaringiz qani?” – deymiz.
Allohning shaʼniga yolg‘on toʻqigan yoki Uning oyatlarini yolg‘onga chiqargan odamdan ham zolimroq kimsa bormi? Ularga oʻzlari uchun yozib qoʻyilgan kitobdagi nasibalari yetib keladi. Oqibatda farishtalarimiz ularga kelib jonlarini olayotganda: “Allohni qoʻyib, iltijo qilayotgan narsalaringiz qaerda?” – deydilar. Ular: “Bizdan yoʻqolib qoldilar”, – deydilar. Shunday qilib, kofir boʻlganliklari toʻg‘risida oʻzlariga qarshi guvohlik beradilar.
Soʻngra qiyomat kunida Alloh ularni yanada sharmanda qiladi va ularga: “U but-sanamlar haqida moʻminlar bilan siz tortishib yurgan “sherik”larim qaerda qolishdi?!” – deydi. Shunda ilm berilgan payg‘ambar va ulamolar: “Darhaqiqat, bugun sharmandalik va yomon oqibat kofirlargadir”, – deydilar.
Alloh yana boshqa ikki kishi haqida misol keltiradi: “Ulardan biri hech narsaga kuchi yetmaydigan soqov bir quldir. Shuningdek, u xoʻjayiniga ortiqcha yuk boʻlib egasi uni qaerga yuborsa, biror yaxshi naf keltirmaydi. Shunday odam bilan oʻzi toʻg‘ri yoʻlda boʻlib va boshqalarni ham adolatga buyuradigan kishi teng boʻladimi?!”
Hamda meni qaerda boʻlsam ham barakatli qildi va modomiki, hayot ekanman, menga namoz va zakotni ado qilishimni buyurdi.
Ularga: “Ibodat qilib yurgan narsalaringiz qani?” – deyiladi.
Alloh qiyomat kuni ularga: “Sizlar xudo deb oʻylab yurgan sheriklarim qani?!” – deb nido qiladi.
Alloh qiyomat kuni ularga: “Sizlar xudo deb oʻylab yurgan sheriklarim qani?!” – deb nido qiladi.
Yonma-yon tursalar ham laʼnatga duchor boʻlgan hollarida turadilar. Ular qaerda uchratilsalar ham, ushlanadilar va oʻldirib tashlanadilar.
Soʻngra ularga: “Sizlar shirk keltirib oʻtgan narsalaringiz qaerda qoldi?!” – deyiladi.
Qiyomat soatining qachon boʻlishi haqidagi ilm Allohning Oʻziga qaytariladi. Barcha mevalarning gulkosalaridan chiqishi ham, bir ayolning nimaga homila boʻlishi ham, nimani tug‘ishi ham, faqat Uning ilmi bilan boʻladi. Qiyomat kunida U zot mushriklarga: “Oʻzingiz toʻqib olgan Mening sheriklarim qani?! – deb nido qiladi. Mushriklar: “Senga bildiramizki, oramizda sheriklaring borligiga birorta ham guvoh yoʻq”, – deydilar.
U osmonlar va Yerni olti kunda yaratib, soʻngra Oʻz ilmi va qudrati bilan Arshni egallagan Zotdir. U yerga kiradigan narsalarni ham, undan chiqadigan narsalarni ham, osmondan tushadigan narsalarni ham, unga koʻtariladigan yaxshi amal va duolarni ham biladi. Sizlar qaerda boʻlsangizlar, U sizlar bilan birgadir. Alloh barcha qilayotgan amallaringizni koʻrib turuvchidir.
Alloh osmonlardagi va Yerdagi barcha narsani albatta, bilishini koʻrmadingizmi?! Uch kishining oʻzaro shivirlashlari boʻlsa, albatta, ularning toʻrtinchisi U Zotdir, besh kishining ham maxfiy suhbati boʻlsa, albatta, oltinchisi yana U Zotdir. Bundan oz boʻladimi yo koʻp boʻladimi, qaerda boʻlsalar ham, albatta, U ular bilan birgadir. Soʻngra qiyomat kuni ularga qilgan amallarining xabarini beradi. Albatta, Alloh barcha narsani biluvchidir.
Ana oʻsha kunda inson: “Jazodan qochadigan joy qaerda?” – deb qoladi.
Bas, sizlar uni inkor qilib qayoqqa ketmoqdasizlar?!