Ey Muhammad, quvvat va farosat egalari boʻlgan bandalarimiz Ibrohim, Ishoq va Yaʼqub payg‘ambarlarni yodga oling.
Siz qidirgan إِبْرَاهِيم masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 69 ta oyat mavjud.
Ibrohimni, Ibrohimning, Ibrohimga, Ibrohim, Ibrohim bilan, Ibrohim, va Ibrohim(ni yubordik), va Ibrohimdan, Ibrohim ham, va Ibrohimning
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey Muhammad, quvvat va farosat egalari boʻlgan bandalarimiz Ibrohim, Ishoq va Yaʼqub payg‘ambarlarni yodga oling.
Ey iymon keltirganlar, Alloh sizlar uchun din qilib Nuhga buyurgan narsani va Biz siz Muhammadga vahiy qilgan narsani, shuningdek, Biz Ibrohim, Muso va Iso payg‘ambarlarga buyurgan narsani shariat qildi va: “Dinni barpo qilinglar va unda firqalarga ajralmanglar”, – dedi. Ey Muhammad, mushriklarga siz unga daʼvat qilayotgan narsa og‘irlik qildi. Alloh dinga Oʻzi xohlagan kishilarni tanlab oladi va Oʻziga tavba qiluvchi kishilarni hidoyat qiladi.
Ibrohim otasiga va qavmiga qarab: “Men sizlar ibodat qilayotgan maʼbudalardan bezorman”, – deganini eslang.
Ey Muhammad, sizga Ibrohimning aziz va mukarram mehmonlari haqidagi xabar keldimi?
Yoki vafodor zot boʻlgan Ibrohimning sahifalaridan ham bexabarmi?!
Biz Nuh va Ibrohimni payg‘ambar qilib yubordik hamda payg‘ambarlik va kitobni ham ikkovining zurriyotlariga ato qildik. Bas, ularning orasida hidoyat topuvchi kishilar ham bor, ammo ularning orasida aksariyati fosiqlardir.
Sizlar uchun Ibrohim va u bilan birga boʻlgan iymonli kimsalarda goʻzal namuna bordir. Oʻshanda ular oʻz qavmlariga: “Bizlar sizlardan va Allohdan boshqaga ibodat qilayotgan narsalaringizdan bezormiz. Bizlar sizlarni inkor qildik. Toki, sizlar yolg‘iz Allohga iymon keltirmaguningizgacha, sizlar bilan bizning oʻrtamizda doimiy adovat va nafrat paydo boʻldi”, – dedilar. Faqat Ibrohimning otasiga: “Albatta, men Allohdan sen uchun mag‘firat soʻrayman, lekin senga Alloh tomonidan boʻladigan biror narsani qaytarishga kuchim yetmaydi”, – degan soʻzi bundan mustasnodir. Ibrohim va u bilan birga boʻlgan iymonli kimsalarning duosi: “Ey Robbimiz, Sengagina tavakkul qildik, Oʻzingga qaytdik va qaytishimiz ham faqat sening huzuringgadir”, – deyish edi.

Ibrohim va Muso sahifalarida ham bordir.