Ey Rasulim, ularga: “Alloh har doim rost aytadi, shunday ekan, haq yoʻldan toymagan Ibrohimning hanif diniga ergashinglar va u mushriklardan emas edi”, – deb ayting.
Siz qidirgan إِبْرَاهِيم masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 69 ta oyat mavjud.
Ibrohimni, Ibrohimning, Ibrohimga, Ibrohim, Ibrohim bilan, Ibrohim, va Ibrohim(ni yubordik), va Ibrohimdan, Ibrohim ham, va Ibrohimning
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey Rasulim, ularga: “Alloh har doim rost aytadi, shunday ekan, haq yoʻldan toymagan Ibrohimning hanif diniga ergashinglar va u mushriklardan emas edi”, – deb ayting.
U yerda ochiq-oydin alomatlar va Ibrohimning maqomi bor. U yerga kirgan har kim xavf-xatardan omonda boʻladi. Yoʻlga tushishga qodir boʻlgan odamlar zimmasida Alloh uchun Baytni haj qilish majburiyati bordir. Kimki Allohning amrlarini inkor qilib kufr keltirsa ham, bas, shubhasiz, Alloh butun olamlardan behojat boʻlgan Zotdir.
Yoki ular Alloh Oʻz fazlidan bergan neʼmatlarni koʻrolmay odamlarga hasad qilyaptilarmi? Darhaqiqat, Biz oldin ham Ibrohimning sulolasiga kitob, hikmat bergan va ulkan hukmronlikni ham ato etgan edik-ku!
Chiroyli ishlarni qiluvchi kimsa boʻlib, oʻzini Allohga taslim qilgan va Ibrohimning hanif diniga ergashgan kishidan ham toʻg‘ri dinda boʻlgan kim bor?
Chiroyli ishlarni qiluvchi kimsa boʻlib, oʻzini Allohga taslim qilgan va Ibrohimning hanif diniga ergashgan kishidan ham toʻg‘ri dinda boʻlgan kim bor?
Ey Rasulim, albatta, Biz Nuhga va undan keyingi payg‘ambarlarga vahiy qilganimizdek sizga ham vahiy qildik. Hamda Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub va uning avlodlari, Iso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymon payg‘ambarlarga ham vahiy yuborganmiz. Dovudga esa Zaburni berdik.
Ey Rasulim, Ibrohim otasi Ozarga: “But-sanamlarni iloh qilib olyapsanmi? Men seni va qavmingni aniq zalolatda ekanini koʻryapman”, – deb aytganini eslang.
Shunday qilib, Ibrohimga aniq ishonuvchilardan boʻlishi uchun osmonlar va Yerning ulkan saltanatini koʻrsatamiz.
Ana oʻshalar oʻz qavmiga qarshi Ibrohim uchun bergan hujjatlarimizdir. Biz xohlagan bandamizni yuqori darajalarga koʻtaramiz. Albatta, Robbing hikmat egasi – Hakim va hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Ey Muhammad, ularga: “Shubhasiz, Robbim meni toʻg‘ri yoʻlga, haq dinga, haq yoʻldan toymagan Ibrohimning hanif diniga yoʻllab qoʻygan, u mushriklardan emas edi”, – deb ayting.
Ularga oʻzlaridan oldingilarning, yaʼni Nuh, Od, Samud qavmlari va Ibrohimning qavmi, Madyan shahrining aholisi boʻlgan Shuʼayb qavmi hamda ostin-ustun boʻlib ketgan Lut qavmi shaharlarining xabarlari yetib kelmaganmidi?! Ularga payg‘ambarlari ilohiy dalillarni keltirgan edilar. Shunday ekan, Alloh ularga zulm qilmoqchi boʻlmadi, lekin ular oʻzlariga zulm qiluvchi boʻldilar.
Ibrohimning oʻz otasi uchun istig‘for soʻrashi esa faqat unga qilgan vaʼdasi tufayli edi. Unga otasining, shubhasiz, Allohning dushmani ekanligi aniq boʻlgandan keyin undan voz kechdi. Albatta, Ibrohim nola uruvchi qalbi yumshoq insondir.
Ibrohimning oʻz otasi uchun istig‘for soʻrashi esa faqat unga qilgan vaʼdasi tufayli edi. Unga otasining, shubhasiz, Allohning dushmani ekanligi aniq boʻlgandan keyin undan voz kechdi. Albatta, Ibrohim nola uruvchi qalbi yumshoq insondir.
Elchi farishtalarimiz Ibrohimga farzandli boʻlishi haqidagi xushxabarni keltirdilar va unga “Salom!” dedilar. U ham “Salom!” dedi-da, hech qancha vaqt oʻtmay, bir pishirilgan buzoq goʻshtini keltirdi.
Keyin Ibrohimdan qoʻrquv ketib, unga xushxabar kelgach, Biz bilan Lut qavmining halokati haqida bahslasha boshladi.
Albatta, Ibrohim yumshoqkoʻngil, nola uruvchi va Robbisiga tavba qilib qaytuvchi inson edi.
Farishtalar: “Ey Ibrohim, bunday bahsdan qayt. Zero, Robbingning Lut qavmiga atalgan azob amri kelib boʻlgan. Ularga qaytarib boʻlmaydigan azob, albatta, keluvchidir”, – dedilar.
Shunday ulug‘ tush koʻrishni nasib etgani kabi Robbing seni payg‘ambarlik uchun tanlab oladi va senga barcha tushlarning taʼbirini oʻrgatadi. Hamda xuddi ilgari ikki ajdodlaring Ibrohim va Ishoqqa komil qilib berganidek, senga va Yaʼqubning boshqa nasllariga ham, Oʻzining payg‘ambarlik neʼmatini toʻliq qilib beradi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Shuningdek, ota-bobolarim Ibrohim, Ishoq va Yaʼqub payg‘ambarlarning diniga ergashganman. Biz payg‘ambarlar uchun Allohga biror narsani sherik qilish aslo mumkin emasdir. Bu Allohning bizlarga va barcha odamlarga bergan fazlidir, lekin odamlarning koʻpchiligi shukr qilmaydilar.
Ey Muhammad, Ibrohimning: “Ey Robbim, Bu Makka shahrini omon qilgin, meni va avlodlarimni sanamlarga sig‘inishdan uzoq qilgin”, – deb aytganini eslang.