Ey Muhammad: Robbingiz farishtalarga: “Men qora balchiqdan olib, quritilgan loydan bir inson yaratuvchiman”, – deb aytganini eslang.
Siz qidirgan إِذ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 239 ta oyat mavjud.
bir zamonda, xani, va xani, xani bir zamon, zamon, o'shanda, mana, va bir zamon, , bir zamon
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey Muhammad: Robbingiz farishtalarga: “Men qora balchiqdan olib, quritilgan loydan bir inson yaratuvchiman”, – deb aytganini eslang.
Oʻshanda inson qiyofasidagi farishtalar uning huzuriga kirib: “Salom”, – dedilar. Ibrohimning ularga pishirib kelgan taom uchun qoʻl choʻzishmagach ularga: “Biz sizlardan hadiksirayapmiz, kimsiz oʻzi?” – dedi.
Biz ular sizning qiroatingizga quloq tutayotgan paytlarida unga nima sababdan quloq tutayotganlarini va zolimlar oʻzaro pichirlashib: “Chindan ham siz sehrlangan va aqldan ozgan kishiga ergashmoqdasiz”, – deb aytayotganlarini juda yaxshi biluvchimiz.
Biz ular sizning qiroatingizga quloq tutayotgan paytlarida unga nima sababdan quloq tutayotganlarini va zolimlar oʻzaro pichirlashib: “Chindan ham siz sehrlangan va aqldan ozgan kishiga ergashmoqdasiz”, – deb aytayotganlarini juda yaxshi biluvchimiz.
Biz ular sizning qiroatingizga quloq tutayotgan paytlarida unga nima sababdan quloq tutayotganlarini va zolimlar oʻzaro pichirlashib: “Chindan ham siz sehrlangan va aqldan ozgan kishiga ergashmoqdasiz”, – deb aytayotganlarini juda yaxshi biluvchimiz.
Ey Muhammad, sizga: “Robbingiz barcha odamlarni qamrab olgan”, – deb aytganimizni eslang. Biz sizga koʻrsatgan tushni va Qurʼonda laʼnatlangan zaqqum nomli daraxtni odamlar uchun faqat sinov qildik. Biz mushriklarni shu kabi xabarlar bilan qoʻrqitamiz, lekin bu ularning tug‘yonlarini yanada koʻp orttiradi.
Vaqtiki, Biz farishtalarga: “Odamga sajda qilinglar”, – dedik. Keyin barchalari sajda qildilar. Faqat iblis kibrlanib sajda qilmadi va: “Sen loydan yaratgan kimsaga sajda qilamanmi?” – dedi.
Odamlarga hidoyat kelgan paytda iymon keltirishidan toʻsgan narsa – bu ularning: “Alloh farishtalarni emas, balki odamzotni payg‘ambar qilib yuboribdimi?!” – deyishlari edi.
Biz Muso payg‘ambarga toʻqqiz xil aniq moʻʼjizalarni berdik. Keyin Muso firʼavn oldiga kelgan paytida, unga: “Bani Isroil avlodlarini oʻz yurtlari boʻlgan Shom diyoriga qoʻyib yuborishini undan soʻragin”, – deb amr qildik. Shunda firʼavn unga: “Ey Muso, haqiqatan, men seni sehrlangan, deb oʻylamoqdaman”, – dedi.
Qachonki, yigitlar g‘orga panoh istab borib: “Ey Robbimiz, bizlarga Oʻz huzuringdan rahmat ato etgin va maqsadimizga erishishimiz uchun bu ishimizni bizlarga oson qilgin”, – dedilar.
Biz ularning qalblarini iymon bilan quvvatlantirdik. Oʻshanda ular zolim shoh qarshisida turib: “Bizning Robbimiz osmonlar va Yerning Parvardigoridir. Undan boshqa Ilohga aslo iltijo qilmaymiz. Aks holda, nohaq soʻzni aytgan boʻlamiz”, – dedilar.
Ularga: “Modomiki mushriklardan va Allohdan boshqaga sig‘inayotgan narsalaridan uzoqlashmoqchi ekansizlar, unda g‘orga qochib, panoh izlanglar. Shunda Robbingiz sizlarga Oʻz rahmatini yoyadi va sizga ishingizda osonlik yaratadi”, – deb aytildi.
Shunday qilib, ularga Allohning qayta tiriltirish haqidagi vaʼdasi haq ekanini va qiyomat soatining kelishi, shubhasiz ekanini bilishlari uchun g‘or egalari voqeasidan odamlarni xabardor qildik. Ular vafot etgan paytda odamlar oʻzaro ularning ishlari haqida tortisha boshladilar. Baʼzi kishilar: “Bas, ularning ustiga xotira uchun binolar quringlar. Robbilari ularni yaxshi biluvchidir”, – dedilar. Ishlari yuzasidan ularga ustun kelganlari esa: “Aksincha, biz, albatta, ularning ustiga bir masjid qurib olamiz”, – dedilar.
Sen bog‘ingga kirganingda: “Bu Allohning irodasi, kuch-quvvat faqat Alloh bilandir”, – deganingda edi, durust boʻlardi. Agarda sen meni mol-dunyo va bola-chaqa jihatidan oʻzingdan kamroq deb bilsang.
Vaqtiki, farishtalarga Odamga sajda qiling, – deyishimiz bilan barchalari sajda qildilar. Faqat iblis sajda qilmadi. U jinlardan edi. Bas, iblis Robbisining amridan tashqariga chiqdi. Ey Odam bolalari, Meni qoʻyib, u iblisni va zurriyotlarini doʻst qilib olasizlarmi?! Axir ular sizlarga dushman-ku! Allohni qoʻyib va shaytonni doʻst tutish zolimlar uchun qanday yomon almashishdir.
Odamlarni ularga hidoyat kelganida iymon keltirishlaridan va Robbilaridan mag‘firat soʻrashlaridan faqatgina avvalgi ummatlarning boshiga tushgan halokatli yoʻlining kelishi yoki ularga ochiqchasiga azob kelishini kutishlari toʻsdi, xolos.
Bir zamonlar Muso oʻzining xizmatkor yigiti Yushoga: “To ikki dengiz birlashgan joyga yetmagunimcha, hatto koʻp yillar oʻtib ketsa ham, yuraveraman”, – degan edi.
Shunda yigit: “Buni qarang, biz dengiz sohilidagi qoyaga joylashib dam olgan paytimizda, men baliqni unutib qoldiribman. Uni sizga eslatishimni faqat shayton yodimdan chiqardi. Baliq esa dengizga ajoyib tarzda yoʻlini topib suzib ketibdi.
Oʻsha payt Zakariyo Robbisiga xufyona duo qildi.
Ey Muhammad, bu kitobda Maryamni yodga oling. U oʻz oilasidan chetga, sharq tomonga chekildi.