Allohdan har qandoq holda ham sabr qilib va namoz oʻqish bilan yordam soʻranglar. Albatta, u namozni toʻliq ado etish qiyin bir amaldir. Biroq namoz oʻqish yolg‘iz Allohdan qoʻrquvchi kimsalargagina mashaqqatli ish emasdir.
Siz qidirgan ص ب ر masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 103 ta oyat mavjud.
sabr bilan, biz chiday olmaymiz, sabr bilan, sabr qiluvchilar bilan, sabr qiluvchilarni, jasurdilar, va sabr qiladilar, sabr, sabr qiluvchilar, sabr qiladi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Allohdan har qandoq holda ham sabr qilib va namoz oʻqish bilan yordam soʻranglar. Albatta, u namozni toʻliq ado etish qiyin bir amaldir. Biroq namoz oʻqish yolg‘iz Allohdan qoʻrquvchi kimsalargagina mashaqqatli ish emasdir.
Shuncha moʻʼjizalarga qaramay Musoga qarata: “Ey Muso, faqat bir xil taomga sabr qilib, toqat qilolmaymiz. Biz uchun Robbingga duo qilib soʻra, endi U bizga Yer undirib chiqaradigan narsalardan ham, yaʼni sabzavot, bodring, sarimsoq, mosh, piyoz kabilarni chiqarib bersin”, – deganlaringizni eslanglar. Shunda Muso qavmiga qarab: “Xayrli boʻlgan narsani past narsaga almashtirishni xohlaysizlarmi?! Unda, har qanday bir shaharga tushing u yerda shundoq ham siz soʻragan narsalaringiz bor!” – degan edi. Bani Isrol avlodlarining bu qilmishlari uchun ularga xorlik va zorlik tamg‘asi urildi hamda Allohning g‘azabiga duchor boʻldilar. Bunga esa, Allohning oyatlarini inkor qilganlari va payg‘ambarlarni nohaq oʻldirganlari sabab boʻldi. Yana bir sababi esa, ularning isyon qilganlari va haddan oshganlari edi.
Ey moʻminlar, musibatlarga sabr qilish va namoz oʻqish bilan Mendan yordam istanglar. Shubhasiz, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.
Ey moʻminlar, musibatlarga sabr qilish va namoz oʻqish bilan Mendan yordam istanglar. Shubhasiz, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.
Albatta, Biz sizlarni biroz qoʻrquv solish, ochlik hamda mol-mulk, jon va meva-chevalardan hosilini kamaytirish kabi narsalar bilan imtihon qilib koʻramiz. Ey Rasulim, shu sinovlarga sabr qilganlarga xushxabar bering.
Ana oʻsha kimsalar hidoyat oʻrniga zalolatni, mag‘firat oʻrniga azobni sotib olgan kimsalardir. Voajab, doʻzax oʻtiga naqadar chidamli boʻlmasalar!
Yaxshilik ibodatlarda taraf tortishib yuzingizni sharq yoki g‘arb tomonga burishingizdan iborat emas. Balki yaxshilikning belgisi, Allohga, oxirat kuniga, maloikalarga, kitoblarga, payg‘ambarlarga iymon keltirgan hamda oʻzi u molni yaxshi koʻrishiga qaramay, mol-dunyosidan qarindoshlariga, yetim-esirlarga, miskinlarga, musofirlarga, tilanchilarga va qul ozod qilish uchun beradigan, namozni toʻliq ado etib, zakotni berib yuradigan kimsalarda namoyondir. Shuningdek, yana yaxshilikning namunasi ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar, mashaqqatli va dardli kunlarda hamda jangu jadaldagi qiyinchilik onlarida sabr-toqat qiluvchi kimsalarda bilinadi. Ana shunday kimsalar iymonda sodiq boʻlganlar va aynan oʻshalar Allohdan qoʻrquvchi taqvodorlardir.
Podshohlikni qoʻlga olgan Tolut oʻz askarlari bilan shahardan ayrilgach, ularga qarata: “Alloh sizlarni qarshingizga chiqqan bir daryo bilan sinab koʻradi. Sinovga koʻra kim undan ichsa demak, u menga ergashganlardan emas, kimki u suvdan totib koʻrmasa, albatta, u menga ergashganlardandir. Lekin kim qoʻli bilan bir hovuch botirib olib ichsa, ruxsat bordir”, – dedi Shundan keyin koʻpchilik sinovdan oʻtolmay undan ichdi, faqat ulardan oz kishi ichmadi. Tolut iymon keltirgan kishilar bilan birga daryoni kechib oʻtgach, askarlar unga: “Bugun bizda dushman Jolut va uning lashkari bilan jang qilishga toqat yoʻq”, – dedilar. Shunda Allohga qiyomat kunida yuzma-yuz kelishlariga ishonadigan iymonli kimsalar: “Qanchadan-qancha kam sonli guruhlar Allohning izni bilan koʻp sonli guruhlar ustidan g‘alaba qozongandirlar. Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir”, – deb aytdilar.
Ular Jolut va uning askarlariga toʻqnash kelganlarida: “Ey Robbimiz, ustimizga sabr-toqatni yog‘dirgin, qadamlarimizni sobit qil va kofir boʻlgan qavmlar ustidan bizga g‘alaba ato et”, – dedilar.
Ular musibatlarga sabr qiluvchi, iymonlariga sodiq qoluvchi, din amrlariga chin dildan itoat qiluvchi, xayru ehson va nafaqa qiluvchi va sahar vaqtlarida Robbilaridan qoʻl ochib mag‘firat tilovchilardir.
Siz moʻminlarga biror bir yaxshilik yetib qolgudek boʻlsa, ular siqilib xafa boʻladilar. Bordi-yu sizga bir yomonlik tegib qolsa, undan shodlanib ketadilar. Agar sabr qilsangiz va, faqat Allohdan qoʻrqsangiz, ularning makrlari sizlarga hech qanday zarar yetkazolmaydi. Shubhasiz, Alloh ularning qilayotgan ishlarini qamrab oluvchidir.
Ha, kifoya qiladi. Agar siz sabr-toqat qilib, yolg‘iz Allohdan qoʻrqsangiz, u dushmanlar toʻsatdan sizlarga yurish qilib qolsalar ham, Robbingiz sizga alohida belgilari boʻlgan besh mingta farishta bilan yordam beradi.
Yoki Alloh sizlardan haqiqiy jihod qilganlarni va musibatlarga sabrli kishilarni aniqlamay turib, jannatga kiramiz, deb hisoblaysizmi?!
Qanchadan-qancha nabiylar bilan birga koʻplab Allohga itoat qiluvchi, Robboniy kimsalar jang qilganlar. Ular hech qachon Alloh yoʻlidagi janglarda yetgan musibatlar qarshisida sustkashlik qilmaganlar va dushmanga taslim boʻlmaganlar. Alloh shunday sabrli kimsalarni sevadi.
Albatta, molu davlat va jonlaringiz bilan imtihon qilinasizlar. Sizlardan avvalgi kitob berilgan yahudiy va nasroniylar va mushriklar tomonidan koʻplab ozor eshitasizlar. Agar mana shu hollarga sabr qilib, Allohdan qoʻrqsangizlar, bu qilganlaringiz ishlarning muqarrarligidandir.
Ey iymon keltirganlar, musibatlarga sabr qilinglar, sabrda bardavom boʻlinglar va Alloh yoʻlida bel bog‘lab turinglar. Hamda Allohdan qoʻrqinglar, shoyad, shunda najot topsangiz.
Ey iymon keltirganlar, musibatlarga sabr qilinglar, sabrda bardavom boʻlinglar va Alloh yoʻlida bel bog‘lab turinglar. Hamda Allohdan qoʻrqinglar, shoyad, shunda najot topsangiz.
Agar sizlardan kimda-kim hur moʻmina ayollarni nikohiga olishga moddiy imkon topmasa unda, qoʻl ostingizdagi moʻmina joriyalarga uylaninglar. Alloh iymonlaringizni eng yaxshi biluvchi Zotdir. Zero, sizlar bir-biringizdan tarqagandirsizlar. U joriyalardan or-nomusli, fohishalik qilmaydigan va yashirincha jazman tutmaydiganlariga egalarining ruxsati bilan mahrlarini yaxshilik bilan berib nikohingizga olaveringlar. Bordi-yu ular nikohlangandan keyin fohishalik qilsalar, ularga hur ayollarga beriladigan jazoning yarmi tatbiq qilinadi. Bu joriyalarga uylanish xotinsizlikdan mashaqqat chekadigan kimsalar uchundir. Agarda uylanmay qiyinchiliklarga sabr qilsangiz, bu siz uchun yaxshidir. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Sizdan burungi payg‘ambarlar ham yolg‘onchiga chiqarilgan edilar. Ularga yordamimiz kelgunga qadar yolg‘onchiga chiqarilganlariga va berilgan aziyatlarga sabr qildilar. Allohning soʻzlarini oʻzgartiruvchi kimsa yoʻq. Albatta, sizga Alloh tomonidan payg‘ambarlarning xabarlaridan bir qismi kelgandir.
Agar sizlardan bir toifa menga yuborilgan dinga iymon keltirib va boshqa bir toifa iymon keltirmagan boʻlsa, unda Alloh oramizda hukm chiqarguncha sabr qilib turinglar. U hukm qiluvchilarning yaxshirog‘idir.