Ular zolimlarning ozorlariga sabr qilgan va Robbilariga suyanadiganlardir.
Siz qidirgan ص ب ر masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 103 ta oyat mavjud.
sabr bilan, biz chiday olmaymiz, sabr bilan, sabr qiluvchilar bilan, sabr qiluvchilarni, jasurdilar, va sabr qiladilar, sabr, sabr qiluvchilar, sabr qiladi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ular zolimlarning ozorlariga sabr qilgan va Robbilariga suyanadiganlardir.
Sizlarning oldingizdagi narsalar tugab ketadi. Biroq Alloh huzuridagi narsalar esa boqiy qoluvchidir. Biz, albatta, musibatlarga sabr qilganlarga dunyoda qilib oʻtgan amallarining ajrlarini eng goʻzali bilan mukofotlarmiz.
Albatta, Robbingiz fitnalarga duchor qilinganlaridan soʻng Makkadan Madinaga hijrat qilganlar, keyin Alloh yoʻlida jihod qilib, bunday mashaqqatlarga sabr qilganlar uchun yordamchidir. Albatta, Robbingiz gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, agar sizlar oʻzingizga yetkazilgan zarar uchun intiqom olmoqchi boʻlsangiz, u holda, faqat sizlarga yetkazilgan ziyon barobarida intiqom olinglar. Biroq intiqom olmay sabr qilsangiz, albatta, sabr qiluvchilar uchun bu intiqomni olmoqdan yaxshiroqdir.
Ey iymon keltirganlar, agar sizlar oʻzingizga yetkazilgan zarar uchun intiqom olmoqchi boʻlsangiz, u holda, faqat sizlarga yetkazilgan ziyon barobarida intiqom olinglar. Biroq intiqom olmay sabr qilsangiz, albatta, sabr qiluvchilar uchun bu intiqomni olmoqdan yaxshiroqdir.
Ey Muhammad, bu daʼvat yoʻlida aziyatlarga sabr qiling. Sabr qilishingiz esa faqat Allohning yordami bilan boʻladi. Ularning qilmishlari yuzasidan g‘amgin boʻlmang va ularning qilayotgan makrlaridan ezilmang.
Ey Muhammad, bu daʼvat yoʻlida aziyatlarga sabr qiling. Sabr qilishingiz esa faqat Allohning yordami bilan boʻladi. Ularning qilmishlari yuzasidan g‘amgin boʻlmang va ularning qilayotgan makrlaridan ezilmang.
Siz oʻzingizni ertayu kech Uning yuzini iroda qilib, Robbilariga iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting. Oʻtkinchi dunyo hayotining ziynatini xohlab, ulardan ikki koʻzingizni burmang. Qalbini Oʻz zikrimizdan g‘ofil qilib qoʻyganlarimizga va havoyi nafsiga ergashib, ishi izdan chiqqanlarga itoat qilmang.
Xizr Muso payg‘ambarga: “Aniqki, sen men bilan bu yoʻlda sabr qila olmaysan”, – dedi.
Axir oʻzing egallab xabardor boʻlmagan narsaga qanday sabr qila olasan?!
Muso unga: “Alloh xohlasa, sen mening sabrli ekanimni koʻrasan. Men senga biror ishda itoatsizlik qilmayman”, – dedi.
Xizr Musoga: “Men bilan birga sabr qilishga aslo toqating yetmaydi, demaganmidim?!” – dedi.
Xizr Musoga: “Men bilan birga sabr qilishga aslo toqating yetmaydi, – deb senga aytmaganmidim?!” – dedi.
Xizr Musoga: “Mana shu sen va mening oramdagi ayrilishdir. Endi senga sabr qilishga toqating unga yetmagan narsalarning taʼvilidan xabardor qilaman”, – dedi.
Endi devor esa, shu shahardagi ikki yetim bolaniki boʻlib, uning ostida ular uchun bir xazina koʻmilgan edi. Ularning marhum otasi solih kishi edi. Bas, Robbing ular voyaga yetishgach, Robbingdan rahmat boʻlib xazinalarini chiqarib olishlarini iroda qildi. Men bu ishlarni oʻzimcha qilganim yoʻq. Mana shu unga sabr qilishga toqating yetmagan narsalarning taʼvilidir.
Alloh osmonlar, Yer va ularning orasidagi barcha narsalarning Robbisidir. Bas, Unga ibodat qiling va ibodatida bardoshli boʻling. Axir Unga teng biror ismni bilasizmi?!
Bas, ey Rasulim, ular aytayotgan soʻzlarga sabr qiling va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Robbingizga hamd bilan tasbeh ayting. Tunning boshi va oxirgi vaqtlarida hamda kunduzning avvalgi va oxirgi taraflarida ham tasbeh ayting shoyad, shunda rozilikka erishsangiz.
Ahlingizni namoz oʻqishga buyuring va oʻzingiz ham unga bardoshli boʻling. Biz sizdan rizq soʻramaymiz, aksincha, Biz sizga rizq beramiz. Chiroyli oqibat esa taqvo ahli uchundir.
Ismoil, Idris va Zulkifl nomli payg‘ambarlarni eslang. Barchalari sabr qiluvchi bandalardan edi.
Ular Alloh zikr qilinganida qalblari titraydigan, oʻzlariga yetgan kulfatlarga sabr qiladigan, nomozni toʻliq ado etadigan va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan ehson qiladigan kimsalardir.