Agar koʻzlari doʻzax egalari tomoniga burilsa: “Ey Robbimiz, bizlarni zolim qavmlar bilan birga qilmagin”, – deb aytadilar.
Siz qidirgan ص ح ب masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 97 ta oyat mavjud.
xalqidir, xalqidan, va do'stga, odamlarini, do'stlarining esa, bir juft, xalqi, xalqiga, do'stlarida, do'stiga
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Agar koʻzlari doʻzax egalari tomoniga burilsa: “Ey Robbimiz, bizlarni zolim qavmlar bilan birga qilmagin”, – deb aytadilar.
Aʼrof ahli siymolaridan tanigan kishilarga qarata: “Sizlarni dunyoda toʻplagan boyliklaringiz va takabburlik qilganlaringiz foyda bermadi”, – deb nido qiladilar.
Doʻzax ahli jannat ahliga qarata: “Bizning ustimizga suv yoki Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalaridan bizlarga ham yog‘diringlar”, – deb nido qiladi. Ular esa: “Alloh kofirlarga bu ikkisini ham harom qilgandir”, – deb aytadilar.
Doʻzax ahli jannat ahliga qarata: “Bizning ustimizga suv yoki Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalaridan bizlarga ham yog‘diringlar”, – deb nido qiladi. Ular esa: “Alloh kofirlarga bu ikkisini ham harom qilgandir”, – deb aytadilar.
Ularning hamsuhbatlari Muhammadda jinnilikdan hech qanday asar yoʻqligini oʻylab koʻrmaydilarmi?! U faqatgina Allohning azobidan ochiq-oydin ogohlantiruvchidir.
Agar sizlar Muhammad payg‘ambarga yordam qilmasangiz ham, darhaqiqat, Alloh unga yordam qilgan. Oʻshanda kufr keltirganlar uni bir hamrohi bilan, yaʼni ikki kishining biri boʻlgan holida uni yurtlari boʻlgan Makkadan chiqarganlarida, ikkovlari g‘orda turib, Muhammad sollallohu alayhi vasallam hamrohi Abu Bakr roziyallohu anhuga: “Tashvishlanma! Albatta, Alloh biz bilan birgadir!” – deb aytgan edi. Keyin Alloh uning ustiga xotirjamlik tushirdi va sizlar uni koʻrmagan lashkarlar bilan uni qoʻlladi. Shuningdek, kufr keltirganlarning botil soʻzini tuban qildi. Allohning soʻzi esa, u eng oliydir. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Ularga oʻzlaridan oldingilarning, yaʼni Nuh, Od, Samud qavmlari va Ibrohimning qavmi, Madyan shahrining aholisi boʻlgan Shuʼayb qavmi hamda ostin-ustun boʻlib ketgan Lut qavmi shaharlarining xabarlari yetib kelmaganmidi?! Ularga payg‘ambarlari ilohiy dalillarni keltirgan edilar. Shunday ekan, Alloh ularga zulm qilmoqchi boʻlmadi, lekin ular oʻzlariga zulm qiluvchi boʻldilar.
Na payg‘ambarga va na iymon keltirgan kimsalarga kofir holda oʻlib, ularning doʻzax ahllari ekanligi maʼlum boʻlgandan keyin mushriklar uchun garchi ular qarindoshlari boʻlsa ham, gunohlarining kechirilishi uchun istig‘for soʻrashlari joiz emas.
Chiroyli ish qilganlarga yanada goʻzallik boʻlgan jannat va bundan tashqari Alloh jamolini koʻrishdek ziyodalik bordir. Ularning yuzlarini qoralik ham, xorlik ham qoplamaydi. Aynan oʻshalar jannat egalaridir, ular u yerda abadiy qoluvchilardir.
Alloh qaytargan yomon ishlarni qilganlarga esa, har bir gunohga uning barobaricha jazo beriladi va ularni xorlik qoplaydi. Ular uchun Alloh tarafidan saqlovchi ham yoʻq. Ularning yuzlari xuddi zulmatli tunning bir boʻlagi bilan qoplangandek timqaro boʻladi. Ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular u yerda mangu qoluvchidirlar.
Albatta, iymon keltirgan, solih amallar qilgan va Robbilariga itoat qilib boʻysungan kimsalar – ana oʻshalar, jannat egalari boʻlib, ular u yerda abadiy qoluvchilardir.
Ey zindondagi ikki doʻstim, turli-tuman “ilohlar” yaxshimi yoki yagona va har narsadan ustun boʻlgan g‘olib Allohmi?
Ey zindondagi ikki doʻstim, endi sizlardan birinchingizning koʻrgan tushiga kelsak, u zindondan ozod qilinib yana xoʻjayiniga soqiylik qiladi. Lekin boshqa ikkinchingiz esa dorga osiladi va uning boshidan qushlar choʻqib yeydi. Sizlar u haqida javobini soʻragan ish bitib boʻldi, endi bu taʼbirim oʻzgarmaydi.
Ey Muhammad, agar bu ajoyib goʻzalliklardan hayratga tushib ajablanayotgan boʻlsangiz, unda u kofirlarning: “Tuproq boʻlib ketgach, yangidan yaratilamizmi?” – degan gaplari yanada ajablanarlidir. Ana oʻshalar Robbilariga kufr keltirganlardir. Qiyomat kunida ana ularning boʻyinlarida kishanlar boʻladi. Ana oʻshalar doʻzax ahli boʻlib, u yerda mangu qoladilar.
Shubhasiz, daraxtzor egalari boʻlgan Shuʼayb qavmi ham zolimlardan boʻlgan edi.
Aniqki, Samud qavmining Hijr vodiysi egalari ham payg‘ambarlari Solihni yolg‘onchiga chiqargan edilar.
Balki, siz g‘or va ularning qissalari yozilgan bitik egalari haqidagi rivoyatdan xabardor boʻlgach, bu Bizning oxirat rost ekanligi toʻg‘risidagi oyatlarimizning eng ajoyibi, – deb oʻylagandirsiz?
Yana uning boshqa boyligi ham bor edi. Bas, u oʻrtog‘i bilan suhbat qurayotib: “Mening boyligim senikidan koʻproq va odamlarim sanog‘i ham kuchliroq”, – dedi maqtanib.
U bilan suhbatlashib turgan oʻrtog‘i unga: “Seni tuproqdan, soʻng bir tomchi suvdan yaratib, keyin inson qilib rostlagan Zotga kufr keltirdingmi?!” – dedi.
Shunda Muso: “Agar bundan keyin ham sendan biror narsa haqida soʻrasam, meni oʻzingga hamroh qilmagin. Chunki men tomondan uzrda meʼyorga yetgan boʻlasan”, – dedi.