Ey Muhammad, “Bir zamonlar Ibrohim payg‘ambarning Robbim menga oʻliklarni qanday qilib tiriltirishingni koʻrsat”, – deganini eslang. Oʻshanda Alloh: “Nima, tiriltirishimga ishonmaysanmi?” – degan. Keyin Ibrohim: “Yoʻq, albatta, ishonaman, lekin qalbim yanada xotirjam boʻlishi uchun soʻradim”, – deb aytgan. Alloh unga: “Unday boʻlsa, qushlardan toʻrt xilini ushlaysan va ularni oʻzingga oʻrgatib, keyin kesib maydalaysan. Soʻngra ulardan biror boʻlakni har bir tog‘ boshiga alohida qoʻyib chiqib, yoningga chaqirgin. Ana oʻshanda qushlar tirik holda, senga harakatlanib keladi. Shubhasiz, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi – Hakim Zot ekanini bilgin”, – dedi.

