Zakariyo hayron qolib: “Robbim, menga oʻg‘il bola qayoqdan boʻlsin?! Menga keksalik yetib qarigan boʻlsam, xotinim ham tug‘mas boʻlsa?!” – dedi. Shunda unga: “Ha shunday, Alloh oʻzi xohlagan ishini qiladi”, – dedi.
There are 13 verses derived from the masdar-o'zak غ ل م you searched for.
o'g'lim, bir o'g'lon!, bir bola, bir bolaga, bolaga, bolaning, bir o'g'il, bir o'g'il bola, bir o'g'il bola, bir o'g'lon bola
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Zakariyo hayron qolib: “Robbim, menga oʻg‘il bola qayoqdan boʻlsin?! Menga keksalik yetib qarigan boʻlsam, xotinim ham tug‘mas boʻlsa?!” – dedi. Shunda unga: “Ha shunday, Alloh oʻzi xohlagan ishini qiladi”, – dedi.
Yusuf quduqda qiynalib uch kun yotgach bir karvon keldi. Keyin quduqdan suv tortib keltiruvchini yubordilar va u chelagini quduqqa tashladi shunda: “Xushxabar! Axir bu bola-ku!” – dedi. Darhol uni sotiladigan narsalari qatori berkitib qoʻydilar. Alloh esa ularning qilayotgan ishlarini biluvchi Zotdir.
Ular: “Qoʻrqmagin, biz farishtalarmiz, senga bir bilimdon oʻg‘il koʻrishing haqida xushxabarini keltiryapmiz”, – dedilar.
Keyin ular yana yoʻlga tushdilar. Nihoyat, bir bolani uchratganlarida, Xizr uni oʻldirdi. Muso Xizrga qarab: “Hech kimni oʻldirmagan pokiza jonni oʻldirasanmi?! Haqiqatan, juda xunuk narsa qilding-ku?!” – dedi.
Haligi oʻldirilgan bolaning esa, ota-onalari moʻmin kishilar edilar. Bas, biz u bola kelajakda tug‘yon va kufr yoʻlida yurib ularni qiynab qoʻyishidan qoʻrqdik.
Endi devor esa, shu shahardagi ikki yetim bolaniki boʻlib, uning ostida ular uchun bir xazina koʻmilgan edi. Ularning marhum otasi solih kishi edi. Bas, Robbing ular voyaga yetishgach, Robbingdan rahmat boʻlib xazinalarini chiqarib olishlarini iroda qildi. Men bu ishlarni oʻzimcha qilganim yoʻq. Mana shu unga sabr qilishga toqating yetmagan narsalarning taʼvilidir.
Alloh unga: “Ey Zakariyo, Biz senga bir bola xushxabarini beramiz. Uning ismi Yahyo boʻlib, ilgari unga hech kimni ismdosh qilmaganmiz”, – deb vahiy qildi.
Shunda Zakariyo: “Ey Robbim, xotinim tug‘mas boʻlib qolgan, oʻzim esa keksalikning poyoniga yetib qolgan boʻlsam, menda farzand qayoqdan boʻlsin?” – dedi.
Jabroil unga: “Qoʻrqma senga zarar bermayman, men faqat senga bir pokiza oʻg‘il hadya qilish uchun kelgan Robbingdan elchiman, xolos”, – dedi.
Maryam unga: “Menga hali odamzot tegmagan boʻlsa, buzuq ayol ham boʻlmasam, menga qayoqdan farzand boʻlsin?!” – dedi.
Bas, Biz unga bir yumshoqkoʻngil oʻg‘ilning xushxabarini berdik.
Lekin ular ovqatga qoʻl uzatishmagach, ulardan xavfsiray boshladi. Shunda ular: “Qoʻrqmagin, biz farishtalar taom yemaymiz”, – dedilar va Ibrohimga bir bilimdon oʻg‘il koʻrishi haqidagi xushxabarni aytdilar.
Ularning atroflarida goʻyo sadaf ichida yashiringan durdek pok va xushsurat g‘ulomlar aylanib xizmat qilib yuradi.