Ana oʻsha iymonli kimsalar Robbilari tarafidan berilgan hidoyat yoʻlidalar va aynan ulargina oxiratda najot topuvchilardir.
There are 40 verses derived from the masdar-o'zak ف ل ح you searched for.
umidlariga yetganlar, najotga erishasiz, najotga erishganlardir, muvaffaqiyatga erishingiz, najotga erishingiz, najot yuzi ko'rmasliklari, qutulishmaydi, qutulganlardir, muvaffaqiyatga erishasiz, falohga erishganlardir
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ana oʻsha iymonli kimsalar Robbilari tarafidan berilgan hidoyat yoʻlidalar va aynan ulargina oxiratda najot topuvchilardir.
Sizdan yangi chiqqan oylar haqida soʻrashadi. Ularga: “U oy odamlar uchun yil hisoblari va haj vaqtini belgilashga oʻlchovdir”, – deb ayting. Kaʼba ziyoratidan qaytishda uylaringizning orqa tomonidan kirib kelishingiz yaxshi ish emas, kim Allohdan qoʻrqsa oʻsha yaxshi ishdir. Demak, uylarga eshiklaridan kirib boringlar va Allohdan qoʻrqinglar. Shoyad, shunda najot topsangizlar.
Ey moʻminlar, orangizdan xayrga chaqiradigan, yaxshilikka buyuradigan va yomonlikdan qaytaradigan bir jamoat boʻlsin. Ana oʻsha kimsalar najot topuvchilardir.
Ey iymon keltirganlar, bergan qarzlaringizni bir necha barobar qilib olish niyatida sudxoʻrlik illati boʻlgan riboni yemanglar. Allohdan qoʻrqinglar, shoyad, shunda najot topsangizlar.
Ey iymon keltirganlar, musibatlarga sabr qilinglar, sabrda bardavom boʻlinglar va Alloh yoʻlida bel bog‘lab turinglar. Hamda Allohdan qoʻrqinglar, shoyad, shunda najot topsangiz.
Ey iymon keltirganlar, Allohdan qoʻrqinglar va Unga yaqinlashish uchun yoʻl axtaringlar. Hamda Uning yoʻlida jihod qilinglar. Shoyad, shunda najot topsangizlar.
Ey iymon keltirganlar, aroq va sharob kabi mast qiluvchi ichimliklar, qimor oʻynash, but-sanamlar, fol ochadigan choʻplar shaytonning amalidan boʻlgan iflos ishdir. Bas, undan uzoqlashing shoyad, shunday qilib najot topsangiz.
Ey Rasulim, ularga: “Agar nopok narsalarning koʻpligi seni hayron qoldirsa ham, iflos va pokiza narsalar barobar boʻlmaydi”, – deb ayting. Ey aql egalari, Allohdan qoʻrqinglar, shoyad, shunda najot topsangizlar.
Allohning shaʼniga nisbatan yolg‘on toʻqigan yoki Uning oyatlarini yolg‘onga chiqargan kimsadan ham zolimroq kishi bormi?! Shubhasiz, zolimlar najot topmaydilar.
Ey Rasulim, ularga: “Ey qavmim, qoʻlingizdan kelgan imkoniyatga qarab, buzuq aqidangizga koʻra amal qilaveringlar. Men ham oʻzimga buyurilgandek amal qiluvchiman. Oxirat diyorining chiroyli oqibati kimga nasib qilishini yaqinda bilib olasizlar. Chunki zolimlar, albatta, najot topmaydi”, – deb ayting.
Oʻsha qiyomat kuni amallaringizni tortadigan oʻlchov tarozisi haqdir. Kimning tarozilari og‘ir bossa, ana oʻshalar najot topuvchilardir.
Sizlarni ogohlantirish uchun Robbingiz tarafidan kelgan eslatma oʻz orangizdan boʻlgan kishiga berilganidan hayron qoldingizmi? Alloh sizlarni Nuh payg‘ambar qavmidan keyin Yer yuzida oʻrinbosar qilib qoʻyganini va yaratilish bobida sizlarning kuch-quvvatingizni ziyoda qilganini ham eslanglar. Shunday ekan, Allohning sizga bergan neʼmatlarini yodga olinglar shoyad, shunda najot topasizlar.
U kimsalar esa huzurlaridagi Tavrot va Injilda nomi yozilgan, deb topgan va oʻqish yozishni bilmaydigan ummiy – Rasul va Nabiyga ergashadiganlardir. Bu payg‘ambar esa ularni yaxshi ishlarni qilishga buyuradi va yomon ishlardan qaytaradi. Ularga pokiza rizqlarni halol qiladi va nopok narsalarni harom qiladi. Hamda gardanlaridagi og‘ir yuklarni va boʻyinlaridagi zillat zanjirlarini ulardan olib tashlaydi. Shuningdek, u kimsalar unga iymon keltirgan, payg‘ambarga hurmat bajo qilgan va unga yordam koʻrsatganlardir. Hamda Rasulga nozil qilingan nur boʻlmish Qurʼon hukmlariga ergashgan zotlardir. Aynan oʻshalar najot topganlardir.
Ey iymon keltirganlar! Biror bir dushman toʻdasiga duch kelib qolsangiz, matonat va sabot bilan turinglar. Shuningdek, Allohni koʻp esga olinglar. Shoyad, shunda zafar quchsangizlar.
Lekin Rasul va u bilan birga haqiqiy iymon keltirganlar jonlari va mollari bilan jihod qildilar. Yaxshiliklar ana shular uchundir hamda ular zafar quchuvchilardir.
Allohga nisbatan yolg‘on toʻqigan yoki oyatlarini yolg‘onga chiqargan kimsadan ham zolimroq kishi bormi?! Shubhasiz, u jinoyatchilar najot topmaydilar.
Ey Muhammad, ularga: “Shubhasiz, Alloh shaʼniga yolg‘on toʻqiydigan kimsalar aslo najot topmaydilar”, – deb ayting.
Muso ularga: “Sizlarga haqiqat kelgan paytda bu sehrmi, deysizlar? Axir sehrgarlar aslo muvaffaqiyat qozonmaydilar”, – dedi.
Yusuf yashaydigan uyida boʻlgan ayol undan jinsiy yaqinlik qilishni nafsi xohlab qoldi va eshiklarni berkitib: “Qani, kelaqol”, – dedi. Yusuf Zulayhoga: “Alloh saqlasin, axir, u ering menga turar joyimni yaxshilab bergan xojam-ku?! Zinokor boʻlgan zolimlar, hech qachon najot topmaydilar”, – dedi.
Allohga nisbatan yolg‘on toʻqish uchun tillaringizga kelgan yolg‘onni gapirib: “Bu halol va bu harom”, – deb aytmanglar. Albatta, Allohga nisbatan yolg‘on toʻquvchi kimsalar najot topmaydilar.