Faqat tavba qilib, xatolarini tuzatgan va odamlarga haqiqatni bayon qilgan kimsalarning tavbasini qabul qilaman. Shubhasiz, Men tavbalarni koʻp qabul qiluvchi – Tavvob va marhamati ziyoda boʻlgan – Rahim Zotdirman.
There are 68 verses derived from the masdar-o'zak اَنَا۬ you searched for.
chunki men, men ham, men, va men, va men ham, faqat men, men shunday, mendan, meni, shubhasiz mening
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Faqat tavba qilib, xatolarini tuzatgan va odamlarga haqiqatni bayon qilgan kimsalarning tavbasini qabul qilaman. Shubhasiz, Men tavbalarni koʻp qabul qiluvchi – Tavvob va marhamati ziyoda boʻlgan – Rahim Zotdirman.
Alloh unga saltanat berganidan mag‘rurlanib, Ibrohim payg‘ambar bilan uning Robbisi haqida talashib, tortishgan kimsaning ahvolini koʻrmadingizmi?! Zolim kimsa bilan bahslashgan Ibrohim payg‘ambar: “Robbim istaganiga hayot beradi va istaganini oʻldiradi”, – degan edi. U podshoh esa: “Men ham hayot berib, oʻldira olaman”, – deb aytdi. Keyin Ibrohim esa: “Alloh quyoshni sharqdan chiqaradi, sen uni g‘arbdan chiqarib koʻrchi?!” – deb aytgan. Ana oʻshanda u kufr keltirgan odam esankirab qolgan. Alloh zolim qavmlarni hidoyatga boshlamaydi.
Oʻshanda Alloh payg‘ambarlardan ahd olib: “Sizga kitob va hikmat berganimdan keyin oʻzingizdagi kitobni tasdiqlovchi Muhammad ismli bir Rasul kelsa, unga aniq ishonib, albatta, yordam qilasizlar!” – degan edi. Keyin yana: “Shunga iqror boʻlib, mazkur ahdnomaga koʻra masʼuliyati og‘ir yukimni qabul qildingizmi?!” – dedi. Ular: “Ha iqror boʻlib qabul qildik”, – deganlar. Shunda Alloh: “Unda barchangiz guvoh boʻlinglar, Men ham sizlar bilan mana shu ahdnomaga shohidlardanman”, – degan edi.
Agar meni oʻldirish uchun qoʻlingni menga uzatsang ham, men seni oʻldirish uchun senga qoʻl uzatuvchi emasman. Men gunoh qilishga olamlar Robbisidan qoʻrqaman.
Ey Rasulim, ularga: “Men Allohdan boshqa sizlar iltijo qilayotganingizga ibodat qilishdan qaytarilganman”, – deb ayting. Yana ularga: “Sizlarning havoyi nafslaringizga ergashmayman. Unda men ham sizlardek toʻg‘ri yoʻldan adashgan boʻlaman va hidoyat topganlardan boʻlmay qolaman”, – deb ayting.
Men yuzimni haq yoʻldan toymaydigan hanif boʻlib, osmonlar va Yerni yoʻqdan bor qilgan Zotga burdim hamda men mushriklardan emasman.
Robbingizdan sizlarga ravshan dalillar kelgan. Kimki ibrat bilan koʻra olsa, bu oʻzining foydasigadir. Kimki haqiqatga koʻr boʻlsa, oʻzining zararigadir. Ey Rasulim, ularga: “Men tepangizda qoʻriqchi emasman”, – deb ayting.
Uning aslo sherigi yoʻqdir. Men mana shunga buyurilganman va men Allohga taslim boʻlganlarning avvaliman.
Alloh: “Senga buyurganimda sajda qilishingga nima toʻsqinlik qildi?” – deb soʻradi. Shayton esa: “Men undan yaxshiroqman, chunki meni olovdan yaratgansan uni esa loydan yaratgansan”, – deb aytdi.
Sizlarga Robbimning yuborgan buyruqlarini yetkazaman va men sizlarga ishonchli nasihatgoʻyman.
Muso belgilagan vaqtimizda Tur tog‘iga kelgach, Robbisi unga gapirdi. Keyin Muso: “Ey Robbim, menga Oʻzingni koʻrsat, Senga bir qarayin”, – dedi. Alloh taolo: “Meni bu dunyoda hargiz koʻra olmaysan. Lekin anavi toqqa nazar sol, agar u tog‘ jilvamdan keyin joyida tura olsa, demak, sen ham Meni koʻra olasan”, – dedi. Robbisi toqqa jilva qilgan edi uni parcha-parcha qilib yubordi. Muso esa behush boʻlib yiqildi. Hushiga kelgandan keyin esa: “Senga tasbeh aytaman, Senga tavba qildim va men Senga ishonganlarning eng birinchisiman”, – dedi.
Ey Rasulim, ularga: “Alloh iroda qilganidan tashqari oʻz nafsimga na bir foyda keltirishga, na bir zararni daf qilishga qodir emasman. Agarda g‘aybni bilganimda edi, xayrli ishlardan koʻp qilgan boʻlar edim. Shuningdek, menga yomonlik ham yetmagan boʻlardi. Men faqat iymon keltiradigan qavmlarga jahannamdan ogohlantiruvchi va jannatdan xushxabar beruvchi elchidirman xolos”, – deb ayting.
Ey Rasulim, agar ular sizni yolg‘onchiga chiqarsalar, ularga: “Mening ishim – oʻzimga. Sizlarning ishlaringiz – oʻzingizga! Sizlar mening qilayotgan ishimga aloqador emassiz, men ham sizlarning ishlaringizga aloqador emasman”, – deb ayting.
Biz bani Isroil avlodlarini dengizdan oʻtkazganimizdan keyin ularga zulm va dushmanlik qilish uchun firʼavn va uning lashkari ortlaridan quvib yetdi. Endi unga dengizda g‘arq boʻlish vaqti yetganida firʼavn: “Hech qanday iloh yoʻq, faqatgina bani Isroil avlodlari iymon keltirgan Zot – Allohgina borligiga iymon keltirdim hamda men musulmonlardanman”, – dedi.
Ey Muhammad, “Ey odamlar, chindan ham sizlarga Robbingizdan haqiqat boʻlgan Qurʼon va Payg‘ambar keldi. Bas, kim hidoyat yoʻlida yursa, faqat oʻz foydasiga yurgan boʻladi. Kim hidoyat yoʻlidan adashsa, faqat oʻzining ziyoniga adashgan boʻladi. Men sizlarning ustingizda vakil emasman”, – deb ayting.
Ey qavmim, sizlardan bu payg‘ambarlik daʼvati uchun mol-dunyo soʻramayman. Mening mukofotim faqat Allohning zimmasidadir. Men sizning talabingiz bilan Allohga iymon keltirganlarni yonimdan quvib haydovchi emasman. Shubhasiz, ular Robbilari bilan yuzma-yuz boʻluvchilardir. Lekin sizlarni johillik qilayotgan qavm ekaningizni koʻrib turibman.
Yoki kofirlar: “Uni Nuh toʻqib oldimi?” – deydilar. Ularga: “Bordi-yu uni toʻqigan boʻlsam, bas, jinoyatim oʻzimga boʻladi. Men sizlarning qilayotgan jinoyatingizdan uzoqman”, – deb ayt.
Bularni eshitgan Sora: “Voy, oʻlmasam! Men kampir va bu erim esa qari chol boʻlaturib, tug‘amanmi?! Axir, bu juda qiziq narsa-ku!” – deb yubordi.
Agar siz Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchilar boʻlsangiz, halol savdo natijasida Allohning sizga qoldirgan nasibalari yaxshiroqdir. Agar nasihatlarimga amal qilmasangiz, men sizning ustingizda qoʻriqchi emasman.
U ikki mahbuslardan ozod boʻlgani ancha muddat oʻtgandan keyin Yusuf yodiga tushdi va: “U tushning taʼbirini men aytib beraman. Bas, meni darhol Yusufning yoniga yuboringlar”, – dedi.