Uni ularga yaqin qilib: “Qani, taomdan yemaysizlarmi?” – dedi.
There are 96 verses derived from the masdar-o'zak ق ر ب you searched for.
yaqinlash-, yaqinlarga, va yaqinlarga, (ularga) yaqinman, bularga yaqinlashmang, yaqindir, va yaqinlar, ularga yaqinlashmang, yanada yaqinroqdir, va (Allohga) yaqin bo'lganlardandir
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Uni ularga yaqin qilib: “Qani, taomdan yemaysizlarmi?” – dedi.
Qiyomat soati yaqinlashib qoldi. Mana oy ham boʻlindi.
Aynan oʻshalar neʼmat bog‘larida Allohga yaqin boʻlgan zotlardir.
Biz esa unga sizlardan koʻra yaqinroqmiz, lekin sizlar buni koʻrmaysizlar.
Bas, ammo oʻsha vafot etgan kimsa Allohga yaqinlardan boʻlsa,
Alloh qishloq va shaharlarning kofir aholisidan payg‘ambariga oʻlja qilib bergan narsalar – toki sizlardan boy-badavlat kishilar oʻrtasidagina qoʻlma-qoʻl boʻlib yuraveradigan narsa boʻlib qolmasligi uchun – Allohga, Payg‘ambarga va u zotning qarindoshlari, yetimlar, miskinlar va musofirlarga tegishlidir. Payg‘ambar sizlarga nimani keltirgan boʻlsa olinglar, sizlarni nimadan qaytargan boʻlsa undan qaytinglar va Allohdan qoʻrqinglar! Albatta, Alloh jazosi qattiq Zotdir.
Ular xuddi oʻzlaridan ozgina oldin, oʻz qilmishlarining uqubatini tatigan, Badr jangida yengilgan mushriklar kabidir. Ularga oxiratda ham alamli azob bor.
Alloh sizlarga yana boshqa sizlar uni yaxshi koʻradigan bir neʼmatni ham beradi. U Alloh tomonidan boʻladigan g‘alaba va yaqinda roʻy beruvchi fathdir. Ey Rasulim, moʻminlarga mana shu xushxabarni yetkazing.
Sizlardan biringizga oʻlim oni kelganda: “Ey Robbim, meni ozgina hayotda qoldirsang, men sadaqa qilib, solih bandalardan boʻlsam”, – deb aytib qolishidan oldin, Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilinglar!
Biz esa uni yaqin deb bilamiz.
Ey Muhammad, kofirlarga: “Sizlarga vaʼda qilinayotgan azob yaqinmi yoki Robbim unga uzoq muhlat qilganmi, bilmayman”, – deb ayting.
Darhaqiqat, Biz sizlarni yaqin kelajakda boʻladigan azobdan ogohlantirdik. U kunda har bir kishi oʻzi qilib oʻtgan narsani koʻradi. Kofir kimsa esa: “Eh, koshki edi, tuproq boʻlib ketsam”, – deydi.
Unga Allohga yaqin farishtalar guvoh boʻladilar.
Tasnim – Allohga yaqin bandalar ichadigan bir chashmadir.
Xoh u qarindosh yetim boʻlsin.
Yoʻq! Ey Muhammad, siz unga itoat qilmang va yolg‘iz Allohga sajda qilib, Unga yaqin boʻling!