Lekin aʼrobiylar ichida Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan, qilgan xayru ehsonlarini Alloh huzurida yaqinlik va Rasulning xayr duolari deb tutadiganlari ham bor. Albatta, u ular uchun Allohga yaqinlik bordir. Yaqinda Alloh ularni, qilgan ezgu amallari uchun Oʻz rahmati bilan jannatiga kirgizadi. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.

